O‘zbekiston fuqarolariga BAAga kirish taqiqlangani rad etilishi, haydovchilar uchun jarima ballari 1-maydan kuchga kirmasligi, Namanganda Damas‘da 25 nafar bola olib ketilayotgani aniqlanishi – “Daryo” nashri 28-aprelda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
O‘zbekiston fuqarolariga BAAga kirish taqiqlangani rad etildi
TIV ushbu davlat bilan vizasiz tartib o‘z kuchida qolayotganini bildirdi.
Rossiyadagi qurilishda yana bir o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
U 15 metr balandlikdan tushib ketgan.
Toshkentda qurilish mahsulotlari omborxonasida yong‘in chiqdi (video)
Uni o‘chirishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi.
O‘zbekistonning qator hududlarida umra haqida noqonuniy reklama joylashtirganlar jarimaga tortildi
Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi turoperatorlar litsenziyasi yo‘q bo‘lsa-da, shunday reklamalar e’lon qilgan.
O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari 1-maydan kuchga kirmaydi
YHXX ushbu tizim ishga tushishi bo‘yicha izoh berdi.
Namanganda Damas’da 25 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi (video)
Haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydoniga qo‘yilgan.
Toshkentda gullar festivali sabab ayrim ko‘chalar 5 kunga yopiladi
Ushbu ko‘chalarda transport vositalari harakati 3-maygacha cheklanadi.
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi
Yevro ham tushdi, rubl ko‘tarildi.
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yo‘ldagi temir to‘siqqa urildi
Hodisa oqibatida haydovchi kabinada qisilib qolgan.
Samarqandda 6 kishini Germaniya va Angliyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Shuningdek, Toshkentda 5 kishini Germaniyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan fuqaro ham qo‘lga olindi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda ish boshlagan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasini borib ko‘rdi (foto)
Davlat rahbari iqtisodiy kooperatsiya uchun katta salohiyat va yangi biznes g‘oyalar ishlab chiqishga yaxshi imkoniyatlar mavjudligini alohida taʼkidladi.
Sirdaryoda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘tgan yili ish joyidagi baxtsiz hodisa sabab 261 kishi halok bo‘lgan — Bandlik vazirligi
Yil davomida korxonalarda 868 ta baxtsiz hodisa yuz bergan.
Toshkentdagi bozorlardan birida to‘rt kishi janjallashdi
Hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan.
O‘zbekistonda OTMlarida xorijlik talabalar soni oshdi
10 yilda chet ellik talabalar soni qariyb 18 barobarga ko‘paygan.
Mart oyida O‘zbekistonda avtotransport vositalari savdosi 3 foizga kamaydi – tahlil
Yengil avtomobillarning birlamchi bozorida sotuvlar fevral oyiga nisbatan 6 foizga kamaydi.
Izoh (0)