• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Mourinyo, Gvardiola, Anchelotti. APL bosh sovriniga ega chiqqan eng yosh murabbiylar haqida

    “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi bilan Angliya Premyer Ligasi 2022/23-yilgi mavsumida g‘olib chiqsa, musobaqani yutgan eng yosh murabbiyga aylanadi. Ispaniyalik mutaxassis ayni vaqtda 41 yoshda.

    “Kanonirlar”ning so‘nggi o‘yinlari va natijalaridan keyin bu ssenariy amalga oshishiga ishonch kamayib bormoqda. Lekin hali Artetada rekord o‘rnatish uchun imkon bor.

    Ayni vaqtdagi rekord Joze Mourinyoga tegishli. Portugaliyalik murabbiy 2004/05-yilgi mavsumda “Chelsi” bilan APLda g‘olib chiqqanda 42 yosh-u 94 kunlik bo‘lgan.

    APLda g‘olib bo‘lgan eng keksa murabbiy esa Aleks Fergyuson hisoblanadi. Mutaxassis “Manchester Yunayted” bilan so‘nggi marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritganda 71 yosh-u 112 kunlik bo‘lgan. Fergyuson ilk chempionligini 51 yosh-u 122 kunlik bo‘lganida nishonlagan.

    Foto: Getty Images

    Quyida Angliya Premyer Ligasida g‘olib bo‘lgan eng yosh murabbiylar haqida so‘z boradi.

    Joze Mourinyo (42 yosh-u 94 kunlik) — “Chelsi” (2004/05)

    Joze Mourinyo Angliyaga kelishi bilan o‘zini “Benazir” (Special One) deb atadi. Bungacha murabbiy “Portu” bilan muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazgandi. O‘zining birinchi mavsumidayoq APL chempionligini qo‘lga kiritgan eng yosh murabbiyga aylandi.

    “Chelsi” mavsum davomida faqat 1 marta mag‘lub bo‘ldi va turnir jadvalida 2-o‘rindagi “Arsenal”ni 12 ochkoga ortda qoldirdi. Mourinyoning himoyaviy uslubi mavsum davomida to‘liq ishladi va jamoa 38 o‘yinda 15 ta gol o‘tkazib yubordi.

    Joze Mourinyo (43 yosh-u 93 kunlik) — “Chelsi” (2005/06)

    Mourinyo muvaffaqiyatli yurishini ikkinchi mavsumida ham davom ettirdi va yana chempionga aylandi. Bu portugaliyalik murabbiyning cho‘qqisi edi. London klubi “Lion” futbolchisi Maykl Essiyenni, “Manchester Siti”dan Shon Rayt-Fillipsni o‘z safiga qo‘shib oldi. Jamoa nafaqat Premyer Ligani balki Chempionlar Ligasini ham yutishni xohlayotgandi. Ammo “Chelsi” pley-offning birinchi bosqichidayoq “Barselona”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

    “Aristokratlar” APLda 4 marta durang o‘ynadi va 5 marta mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay “Chelsi” ikkinchi o‘rindagi “Manchester Yunayted”ni 8 ochkoga ortda qoldirib, chempionga aylangandi.

    Foto: Getty Images

    Kenni Dalglish (44 yosh-u 71 kunlik) — “Blekbern” (1994/95)

    Ushbu mavsumda chempionlik taqdiri so‘nggi turda hal qilingan. Dalglishning “Blekbern”i oxirgi turda “Enfild”da “Liverpul” mehmoni bo‘lishi kerak edi. Chempionlik uchun kurashayotgan “Manchester Yunayted” esa “Vest Hem” maydoniga safar qilishi kerak edi. “Blekbern” g‘alaba qozonsa, “qizil iblislar” qanday natija qayd etsa ham chempionga aylanardi. Biroq Dalglish shogirdlari 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

    Ammo “Manchester Yunayted” “Vest Hem”ni mag‘lub eta olmadi va “Blekbern” Angliya chempioniga aylandi. Dalglish shogirdlari 89 ochko to‘plab, Manchester klubini 1 ochkoga ortda qoldirdi.

    Foto: Getty Images

    Pep Gvardiola (47 yosh-u 86 kunlik) — “Manchester Siti” (2017/18)

    Ispaniyalik murabbiy Angliyaga “Barselona” va “Bavariya”da o‘tkazgan 6 muvaffaqiyatli mavsumidan so‘ng kelgan. Pep allaqachon 3 martadan La Liga va Bundesliga, shuningdek, 2 marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgandi.

    “Manchester Siti” 2017/18-yilgi mavsumda ikkinchi o‘rindagi “Manchester Yunayted”ni 19 ochkoga ortda qoldirgandi.

    Roberto Manchini (47 yosh-u 167 kunlik) — “Manchester Siti” (2011/12)

    Roberto Manchini “Manchester Siti”ga 2009-yilning dekabrda Mark Hyuz iste’foga chiqarilganidan keyin kelgan. Italiyalik murabbiy dastlabki 2 mavsumida uchinchi va beshinchi o‘rinlarni egalladi. Manchini uchinchi mavsumiga kelibgina g‘alaba formulasini topa oldi.

    “Manchester Siti” APL chempionligini musobaqaning so‘nggi turida chempionatda jon saqlab qolish uchun kurashayotgan “Kuinz Park Renjers”ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritgandi. “Manchester Yunayted” o‘z o‘yinida g‘alaba qozongandi va agar “shaharliklar” ochko yo‘qotsa chempionlikni boy berardi. “KPR”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘layotgan “Manchester Siti” asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda ikkita gol urib, g‘alabani, jumladan, chempionlikni ilib ketgandi.

    Foto: Getty Images

    Antonio Konte (47 yosh-u 285 kunlik) — “Chelsi” (2016/17)

    Antonio Konte Angliyaga Italiyada “Yuventus” bilan 3 karra A Seriya chempioni bo‘lganidan so‘ng kelgandi. Mutaxassis “Chelsi” bilan Angliya chempioni bo‘ldi va Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi.

    “Chelsi” aprel oyida “Kristal Pelas” va “Manchester Yunayted”ga mag‘lub bo‘ldi. Biroq mavsumni qatorasiga 6 ta o‘yinda g‘alaba qozonib yakunladi. Konte jamoasi ikkinchi o‘rindagi “Tottenhem”ni 7 ochkoga ortda qoldirgandi.

    Foto: Getty Images

    Pep Gvardiola (48 yosh-u 113 kunlik) — “Manchester Siti” (2018/19)

    Ispaniyalik murabbiyning Angliya Premyer Ligasidagi ikkinchi chempionligi osonlikcha qo‘lga kiritilmagan. “Liverpul” “Manchester Siti”ni so‘nggi turgacha ta’qib qilgan. So‘nggi turdan oldin ham jamoalar orasidagi farq 1 ochkoni tashkil qilardi. Gvardiola jamoasi oxirgi turda mehmonda “Brayton”ni mag‘lub etgan va chempionlikni nishonlagan.

    Arsen Venger (48 yosh-u 193 kunlik) — “Arsenal” (1997/98)

    Arsen Venger “Arsenal” murabbiyiga aylanganidan keyingi ikkinchi mavsumida jamoani chempionlik sari yetaklagan. Bu APL tarixidagi eng uzoq boshqaruvlardan birining boshlanishi edi. Venger London klubi bilan 2 marta titul yutdi, biroq klubni xalqaro maydonda va ichki chempionatda raqobatbardosh jamoaga aylantirdi.

    Foto: Getty Images

    Pep Gvardiola (50 yosh-u 112 kunlik) — “Manchester Siti” (2020/21)

    Gvardiola 50 yoshida faoliyati davomidagi to‘qqizinchi, “Manchester Siti” murabbiyi sifatidagi uchinchi  titulini qo‘lga kiritgan. “Shaharliklar” 86 ochko to‘plab eng yaqin ta’qibchisi “Manchester Yunayted”ni 8 ochkoga ortda qoldirgan. O‘sha mavsumda Gvardiola shogirdlari 27 ta o‘yinda g‘alaba qozongandi.

    Foto: Getty Images

    Karlo Anchelotti (50 yosh-u 333 kunlik) — “Chelsi” (2009/10)

    Karlo Anchelotti Angliyaga Italiyada “Parma”, “Yuventus” va “Milan”dagi faoliyatidan keyin kelgan. Italiyalik mutaxassis “Chelsi”dagi birinchi mavsumidayoq muvaffaqiyat qozondi. “Aristokratlar” Anchelottining Italiyadan tashqarida boshqargan birinchi jamoasi edi. Shuningdek, bu “Chelsi” uchun Mourinyoning dublidan keyin Premyer Ligadagi uchinchi titul edi.

    Foto: Getty Images

    Angliya Premyer Ligasining 2022/23-yilgi mavsumi taqdiri katta ehtimol bilan so‘nggi turda hal bo‘ladi. 28-may kuni “Arsenal” “Vulverhempton”ga qarshi maydonga tushadi. U vaqtda Arteta 41 yosh-u 62 kunlik bo‘ladi. Ispaniyalik mutaxassis Joze Mourinyodan 397 kunlik kichik vaqtida musobaqa chempionligini qo‘lga kiritishi mumkin.

    Biroq oxirgi turlardagi ketma-ket uchta durangdan keyin ispaniyalik mutaxassis o‘zi va jamoasini qiyi ahvolga solib qo‘ydi. Ikkita zaxira o‘yiniga ega “Manchester Siti” “Arsenal”dan 5 ochko ortda qolmoqda. 26-aprel oqshomida bo‘lib o‘tadigan o‘zaro o‘yin ham ko‘p masalaga oydinlik kiritadi.

    25.04.2023, 16:21   Izoh (0)   4745
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Barselona” bilan qisqa vaqt ichida katta yutuqlarga erishgan va Messining omma oldida ilk bor ko‘z yosh to‘kishiga sababchi bo‘lgan Tito Vilanovani xotirlab 

    25.04.2023, 15:11

    O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionati oldidan Urugvay bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

    25.04.2023, 11:04

    Germaniya terma jamoasi o‘z tarixidagi 1000-o‘yinni Ukrainaga qarshi o‘tkazadi. O‘yindan tushgan mablag‘ urushdan jabr ko‘rganlarga xayriya qilinadi

    25.04.2023, 10:29

    O‘zbekistondan Afg‘onistongacha. Milliy terma jamoalar ishtirokida ilk bor o‘tkaziladigan CAFA musobaqasi ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

    25.04.2023, 09:11

    Superliga. “Nasaf” “Olimpik”ni yirik hisobda yutdi, “Andijon” raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi

    24.04.2023, 21:21

    Eshkak eshish bo‘yicha Olimpiada sovrindori bo‘lgan rossiyalik sportchi O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shilishi mumkin

    24.04.2023, 20:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.