• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Sterlingdan Suaresgacha. Sobiq jamoasidan “qasos olgan” futbolchilar

    Futbolchilar o‘zi uchun sevimli bo‘lgan jamoada qadr topmasa, buni oson qabul qilmasligi tabiiy. Ba’zi futbolchilar borki, sobiq jamoasidan qoyilmaqom tarzda “qasos oladi”. “Daryo” jamoada qadrlanmagan va vaqt o‘tib, sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan qator futbolchilar haqida so‘z yuritadi.

    Darren Bent “Tottenhem”ga qarshi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    APLning 2005/06-yilgi mavsumida “Charlton” hujumchisi Darren Bent 36 o‘yinda 18 ta gol urdi va Tyerri Anri (27), Ruud van Nistelroydan (21) keyin uchinchi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Yorqin o‘yin namoyish etgan futbolchi “Tottenhem” e’tiborini qozonadi. “Shporlar” 2007-yilda futbolchi bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi. Bir yildan so‘ng London jamoasida Harri Rednapp bosh murabbiyga aylanadi. Mutaxassis Bentni ochiqchasiga tanqid qilar edi. “Portsmut”ga qarshi o‘yinda (2008/09-yilgi mavsum, o‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlangan) Darren raqib darvozasiga yaqin turgan bo‘lsa-da, boshi bilan to‘pni noaniq yo‘naltiradi. Rednapp ushbu vaziyat borasida: “Mening rafiqam ham bu yerdan gol urardi”, deya fikr bildiradi. Futbolchi g‘azabini ichiga yutadi.

    2009-yilda “Sanderlend” Bentni xarid qiladi. “Tottenhem” esa uning o‘rniga Roman Pavlyuchenko va Jermeyn Defoni olib keladi. O‘sha mavsumning 33-turida “Sanderlend” o‘z uyida “Tottenhem”ni qabul qiladi. Uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq Darren Bent “shporlar” darvozasini ishg‘ol qiladi va tribunaga qarata “jim turish” ishorasini ko‘rsatadi. 29-daqiqada esa penaltini aniq amalga oshirib, uni ham nishonlaydi. O‘yin 3:1 hisobida “Sanderlend”ning g‘alabasi bilan yakunlanadi.

    2009/10-yilgi mavsum oxirigacha Bent 24 ta gol uradi, “Tottenhem”ning yangi futbolchisi Defo esa 18 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Darren Rednappga ayta olmagan gaplarini natijalari orqali ko‘rsatdi.

    Mario Balotelli “Nitssa”ga qarshi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Super Mario” “Nitssa”da majoziy ma’noda “qayta tug‘ildi”. 2016-yilda erkin agent sifatida “Liverpul”dan Fransiyaga ko‘chib o‘tgan futbolchi 3 yil mobaynida 76 ta o‘yinda ishtirok etib, 43 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

    2018/19-yilgi mavsum oldidan “Nitssa” bosh murabbiyi Lusyen Favr o‘rnini Patrik Viyeyra egalladi. Mario Balotelli ham jamoadan ketish istagini bildirdi. Ammo “Marsel”ga amalga oshishi kerak bo‘lgan transfer barbod bo‘ldi. Futbolchining bundan jahli chiqdi. Mashg‘ulotlarga kech boradigan odat chiqardi, ortiqcha vazn yig‘di. Bosh murabbiy Mario bilan suhbatlashib oldi. Balotelli yana tarkibga qaytdi va 10 ta o‘yinda ishtirok etib, birorta golli vaziyatda qatnashmadi.

    2018-yil dekabr oyida, zaxiraga olinayotgan Mario murabbiyga jahl qildi. Bu esa oxirgi nuqta edi. 2019-yilning 23-yanvarida futbolchi “Marsel” bilan shartnoma imzoladi. Mart oyida esa “Nitssa”ga qarshi maydonga tushdi. 61-daqiqada gol urgan Balotelli golni maydon chetiga borib, jamoadoshi bilan “tosh, qog‘oz, qaychi” o‘yinini o‘ynagan holda nishonladi.

    Rahim Sterling “Liverpul”ga qarshi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2012-yilda Rahim Sterling “Liverpul” safida debyut qiladi. Mersisaydliklar yosh futbolchi jamoaning kelajagi ekaniga shubha qilmaydi. Lekin Rahim yangi shartnoma borasida “Liverpul” bilan kelisha olmaydi. Jamoa futbolchining maoshini ikki baravar oshirib berishni va’da qiladi. Shu orada shayxlar xo‘jayinlik qiladigan “Manchester Siti” Sterling uchun juda katta maosh to‘lash istagini bildiradi. 2015-yilda angliyalik futbolchi “shaharliklar” tarkibiga o‘tadi.

    Sterling Manchesterga ko‘chib o‘tgandan so‘ng bergan dastlabki intervyularidan birida “Men bolaligimdan APL chempioni bo‘lishni orzu qilganman. Shuning uchun ‘Manchester Siti’ga o‘tdim”, deb aytib o‘tadi. Bu esa “qizillar” muxlislarini g‘azabga keltiradi. Mana yillar mobaynida “Enfild”da Sterlingga nisbatan hushtakbozlik uyushtirib kelinadi. Rahim esa sobiq jamoasiga qarshi o‘yinlar gol ura olmasdi. Ammo 2019-yilga kelib, bu istagi amalga oshdi. Angliya Superkubogi doirasida “Manchester Siti” “Liverpul”ga qarshi bahs olib bordi. Sterling markaziy hujumchi pozitsiyasida o‘yinni boshladi va 12-daqiqada Alisson darvozasini ishg‘ol qildi. Darvozadan joy olgan to‘pning yoniga borib, unga yana bir marta zarba bergan Sterling o‘yindan so‘ng “Ularga gol urganimdan xursandman”, deb javob berdi.

    Mashmashali ketishidan 5 yil o‘tib, Sterling sobiq jamoasidan “qasos oldi”.

    Denni Uelbek “Manchester Yunayted”ga qarshi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Denni Manchesterga Ganadan ko‘chib kelgan immigrantlar oilasida tug‘ilgan. 2005-yilda “Manchester Yunayted” akademiyasiga qabul qilingan. 2006-yilda esa asosiy jamoada debyutini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ladi. Shundan keyin turli mavsumlarda turlicha ko‘rsatkichlar qayd etib kelgan hujumchi 2014-yilda jamoadan ketishiga to‘g‘ri keladi. “Qizil iblislar”ning yangi murabbiyi Lui van Gal Uelbekka ochiqchasiga “Sen asosiy tarkibga kirish uchun yetarlicha yaxshi futbolchi emassan”, deb aytadi. 23 yoshli futbolchi uchun bu qattiq zarba edi.

    Denni 2014-yil 1-sentabr kuni “Arsenal” bilan shartnoma imzolaydi. Londonliklar safidagi ilk mavsumidayoq Angliya Kubogi doirasida “Manchester Yunayted” darvozasini ishg‘ol qiladi (2:1). G‘alaba golini urgan Uelbek golni xursandchilik bilan nishonlaydi. “Arsenal” 2014/15-yilgi mavsumda Angliya Kubogini qo‘lga kiritadi.

    Serxio Ramos “Sevilya”ga qarshi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Serxio “Sevilya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2004/05-yilgi mavsumda himoyachi asosiy jamoada debyutini o‘tkazadi. Mavsum so‘ngida esa “chempionat kashfiyoti” deya e’tirof etiladi. “Sevilya”da atigi bir mavsum o‘ynagan bo‘lsa-da, Ramos muxlislarning yoqimtoyiga aylanadi. 19 yoshli futbolchiga bir nechta jamoa qiziqish bildira boshladi. “Sevilya”ning sobiq prezidenti Xose Mariya del Nido futbolchiga 12—15 million yevro atrofida pul taklif qilinsa, sotishga qarshi emasligini bildirdi. Madridning “Real” jamoasi Serxio Ramosni qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat qila boshladi. Buni kuzatib turgan prezident futbolchining tovon pulini to‘lagan jamoaga qo‘yib yuboramiz, deb aytib o‘tadi. Serxio Ramosning o‘sha paytdagi tovon puli — 27 million yevro edi. Del Nidoning ushbu xatti-harakatlari Ramosga yoqmaydi. 2005-yil 31-avgust kuni u “Real” bilan shartnoma imzoladi.

    Shundan so‘ng Serxio “Sevilya” darvozasini har safar ishg‘ol qilganda, golni nishonlashni an’anaga aylantirib oldi. Intervyularidan biri Ramos: “Bu yerga Rakitich yoki Dani Alves kelganda, muxlislar ularni iliq kutib oladi. Men kelganda esa o‘zim va oilamni haqorat qilishadi”, deb ochiqchasiga aytib o‘tgan edi. Albatta, Ramosning har safar golni nishonlashi muxlislarga ham yoqmaydi. Chunki himoyachi jamoadan ketayotgan vaqtda “Sevilya” butun umr yuragida qolishini ta’kidlagan. Lekin “Real” safida “Sevilya” darvozasi tomon yo‘llangan 7 ta to‘pini ham Ramos nishonlagan. Buni esa muxlislar kechira olmaydi.

    Anxel di Mariya “Manchester Yunayted”ga qarshi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Argentinalik futbolchi 2014-yilda “Real”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tadi. Angliya jamoasi di Mariyani o‘sha vaqtdagi o‘zi uchun rekord narx: 59,7 million yevroga xarid qiladi. Ammo Anxel mankunianliklar safida muvaffaqiyatsiz harakat qiladi. Bosh murabbiy Lui van Gal bilan kelishmovchiliklar ham di Mariyaning Manchesterni tark etishiga sababchi bo‘ladi.

    2015-yil 6-avgustda argentinalik yulduz “PSJ” bilan shartnoma imzolaydi. Di Mariyaning Parijdagi do‘stining aytishicha, “Manchester Yunayted”ning o‘yini boshlansa, u darhol televizorni o‘chirib qo‘yishni so‘ragan.

    2018/19-yilgi mavsum Chempionlar Ligasining nimchorak finalida “PSJ” “Manchester Yunayted” bilan to‘nash keladi. “Old Trafford”dagi muxlislar di Mariyaga turli buyumlar uloqtiradi. Mankunianliklar futbolchisi Eshli Yang esa tezlikda yugurib ketayotgan di Mariyani maydon chetiga itarib yuboradi. Bundan g‘azablangan Anxel 53-daqiqada burchak zarbasidan to‘p oshirib, Kimpembening goliga assistentlik qiladi. Golni jamoadoshlari bilan birga nishonlagan argentinalik, tribunadagi muxlislarga nomaqbul so‘zlar bilan murojaat qiladi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Kilian Mbappening gol urishiga ham yordamlashadi. Anxel o‘ziga nisbatan hurmatda bo‘lmagan jamoaga o‘ziga xos javob qaytaradi.

    Luis Suares “Barselona”ga qarshi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Luis Suares 2014-yilda “Barselona”ga o‘tgan. Lionel Messi, Neymar bilan birgalikda ajoyib uchlik hosil qilib, qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqqan. Kataloniyadagi 6 yili mobaynida urugvaylik hujumchi 284 ta o‘yinda 198 ta golga mualliflik qilgan.

    Ronald Kuman “Barselona” bosh murabbiyiga aylangach, jamoada jiddiy o‘zgarishlar qilmoqchi ekanligini aytdi. Luis Suares ham niderlandiyalik mutaxassisning rejalariga kirmadi va jamoani tark etishga majbur bo‘ldi. 2020-yil 24-sentabrda “Atletiko” bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan Suares o‘sha mavsumning o‘zida madridliklar bilan Ispaniya chempioniga aylandi. 2021/22-yilgi mavsumda esa La Liganing 8-turi doirasida “Atletiko” o‘z uyida “Barselona”ni qabul qildi. Uchrashuvning 44-daqiqasida Luis Suares sobiq jamoasiga gol urdi. To‘g‘ri, Suares ushbu golni nishonlamadi, lekin qo‘lini telefon shakliga keltirib, “salom yo‘lladi”. Suaresning o‘zi bu ishora bolalariga qaratilgani, u farzandlari bilan shu tariqa hazillashishini aytib o‘tgan bo‘lsa-da, aslida bu Ronald Kumanga qaratilganini ko‘pchilik tushundi. Kuman va Suares o‘rtasidagi telefon suhbatidan keyin Luisning katalon klubini tark etishi aniq bo‘lgandi. Suares esa shu tariqa Kumandan “qasos oldi”.

    19.04.2022, 23:44   Izoh (0)   32859
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tayson Fyuri bo‘lajak jangi haqida: “90 ming tomoshabin haqiqiy shou guvohi bo‘ladi”

    19.04.2022, 22:32

    Sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi birinchi kungi bahslarda 3 ta medalga ega chiqdi

    19.04.2022, 21:49

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Lokomotiv” “Xorazm”ni mag‘lub etdi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    19.04.2022, 20:35

    “Andijon” O‘zbekiston Kubogi doirasida “Aral Samali”ga qarshi o‘yinga borolmadi. Jamoaga texnik mag‘lubiyat yozildi

    19.04.2022, 18:08

    “Federatsiya bunga qadar 120 ming yevro topardi, endi esa 40 mln”. Xerard Pike RFEF va Saudiya Arabistoni o‘rtasida vositachilik qilganini tan oldi

    19.04.2022, 18:04

    Krishtianu Ronaldu farzandining vafoti sabab “Liverpul”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

    19.04.2022, 17:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga 859 dona zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 09:53

    AQSH generali: “NATO Kaliningradni misli ko‘rilmagan tezlikda egallashi mumkin”

    Dunyo | 18 iyul, 09:45

    Luis Dias qay holatda “Barselona”ga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 18 iyul, 09:35

    Eron prezidenti kortejidagi muammo sababli taksida ketishga majbur bo‘ldi

    Dunyo | 18 iyul, 09:25

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 09:12

    Trampga surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi (video)

    Dunyo | 18 iyul, 09:04

    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi

    Reklama | 18 iyul, 09:00

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 08:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.