Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi “Napoli” hujumchisi Viktor Osimhenni transfer qilish bo‘yicha muzokara boshladi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Hozircha ehtimoliy transfer tafsilotlari oshkor qilinmagan. Ammo Riyod klubi futbolchini qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat qilayotgani aytilmoqda. Nigeriyalik futbolchi hozirda Turkiyaning “Galatasaroy” klubida asosida o‘ynamoqda. Lekin u huquqiy jihatdan “Napoli”ga tegishli hisoblanadi.
Osimhenning Italiya jamoasi bilan shartnomasi 2026-yilning 30-iyunga qadar amal qiladi. U 2020-yilda Fransiyaning “Lill” klubidan Neapol jamoasi safiga o‘tgan edi. Ta’kidlash kerakki, futbolchining “Napoli” bilan shartnomasida 75 million yevrolik tovon puli mavjud.
Viktor joriy mavsum “Galatasaroy” tarkibida barcha musobaqalar doirasidagi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 31 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Izoh (0)