Statistik tahlillar bilan shug‘ullanadigan Opta portali Angliya Premyer Ligasi yakunlariga oid navbatdagi taxminlarini eʼlon qildi. Unda hozirgi mavsum yakunida kuchli beshlikka kirib, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan jamoalar ko‘rsatib o‘tilgan.

Londonning “Arsenal” hamda “Liverpul” klublari allaqachon raqobatchilaridan ancha oldinda ketayotgani bois, bu safar kuchli yettilikkacha bo‘lgan besh klub taxminlar markazida bo‘ldi.
Eng katta imkoniyat hozirda 6 o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmayotgan “Manchester Siti”ga berilgan — 95,1%. Nashrning taxmincha, “shaharliklar” mavsumni 3-o‘rinda yakunlaydi. To‘rtinchi o‘rinda “Nottingem Forest” (80,1%), undan keyin “Nyukasl” (77,6%) qayd etilgan.
“Chelsi” va “Aston Villa” esa ro‘yxatning quyi qismida. “Ko‘klar”ga 29,7%, Unai Emeri shogirdlariga esa atigi 17,3% imkon berilgan.

Ayni payt APL turnir jadvalidagi top-7 o‘rinlardagi holat quyidagicha:
- “Liverpul” — 79 ochko (33 o‘yin)
- “Arsenal” — 67 ochko (34 o‘yin)
- “Manchester Siti” — 61 ochko (34 o‘yin),
- “Nottingem Forest” — 60 ochko (33 o‘yin),
- “Nyukasl” — 59 ochko (33 o‘yin),
- “Chelsi” — 57 ochko (33 o‘yin),
- “Aston Villa” — 57 ochko (34 o‘yin)
Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsum Angliya Premyer Ligasidan 5 ta jamoa Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.
Izoh (0)