Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Zarina Nizomiddinova milliarder Alisher Usmonovning sobiq rafiqasi Irina Viner bilan tanishdi hamda sahifasiga u bilan tushgan suratini joylashtirdi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yangi intervyusida Ozoda Nursaidovaning klipida yuz bergan baxtsiz hodisa haqida gapirib, bu vaziyatda hamkasbining aybi yo‘qligini bildirdi.
Xonanda Nilufar Usmonova sevimli kuchukchasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Vayner Dili.me tug‘ilgan kuni munosabati bilan otasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi hamda quvonchini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Xonanda Shahzoda kuzatuvchilarining iliq va samimiy izohlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Turk aktrisasi Neslihan Atagul kuzatuvchilariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Munisa Rizayeva yangi qo‘shig‘iga ishlanayotgan klip uchun imijini tubdan o‘zgartirdi.

Xonanda Malik otasi vafot etganini ma’lum qildi. Bundan bir necha kun avval u otasining betob ekanligini aytib, muxlislaridan duo so‘ragan edi.

Izoh (0)