• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Ronaldudan Gundo‘g‘angacha. Premyer Ligaga qaytgan mashhur futbolchilar

    Ko‘pchilik futbolchilar APLda o‘ynashni xohlaydi. Ba’zida Angliyada o‘ynab boshqa chempionatlarda ham omadini sinab ko‘rgisi kelgan futbolchilar yana futbol vatani havosini sog‘inib qaytib keladi.

    Masalan, ushbu yozning eng kutilmagan transferlaridan biri shubhasiz Gundo‘g‘an bo‘ldi. U “Manchester Siti”ga qaytdi. 

    Germaniyalik futbolchi APLga qaytgan birinchi top futbolchi emas.

    Foto: Getty Images

    Gundo‘g‘an 2023-yilda “Manchester Siti” sardori bo‘lganidan ko‘p o‘tmay “Barselona”ga o‘tgan edi, biroq La Liga klubining moliyaviy ahvoli tangligi sabab nemis futbolchisini qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi va “Manchester Siti” uni bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi.

    APLni tark etib yana qaytgan mashhur futbolchilar bilan tanishtiramiz.

    Krishtianu Ronaldu

    Foto: Getty Images

    “Qizil iblislar” tomonidan qaytarib olingan Ronalduning “Old Trafford”ga qaytishi ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy qabul qilindi. Ronalduning “Nyukasl”ga qarshi ikkinchi o‘yinida ikki marta gol urganidan keyin bu quvonch karrasiga ortdi.

    Biroq ishlar rejadagidek ketmadi. Ronaldu muntazam ravishda gol urdi, ammo jamoani chempionlik uchun kurashga ilhomlantira olmadi va 2022-yilning noyabrida klubni tark etdi.

    Tyerri Anri

    Foto: Transfermarkt

    2007-yilning yozida Anrining “Barselona”ga o‘tishini hech kim kutmagan edi. Ko‘pchilik 2006-yilgi Chempionlar Ligasi finalidagi “Arsenal”ning mag‘lubiyatidan so‘ng hujumchi bu harakatni amalga oshirishini kutgan. Buning o‘rniga u yangi shartnoma imzoladi, ammo baribir bir yil o‘tib ketdi.

    Oxir-oqibat “Nyu-York Red Bulls” jamoasiga qo‘shilgan Anri 2012-yilning yanvarida ikki oylik ijara asosida MLSdan Shimoliy Londonga qaytdi.

    Futbolchi Premyer Ligaga qisqa vaqtga qaytdi, ammo Angliya Kubogida “Lids Yunayted”ga va APL doirasida “Sanderlend”ga urilgan gollar uni muhim futbolchiga aylantirdi.

    Yurgen Klinsmann

    1994-yili Klinsmann Angliyaga yo‘l olganida unga yangi muxlislarni mehrini qozonishdek qiyin vazifa turardi. Sababi futbol olamida u “simulyant” (ayyorlik ishlatuvchi) futbolchi sifatida mashhur edi. Hattoki jurnalistlardan biri nemis futbolchisining Angliya tashrifi nega nafrat uyg‘otishi haqida maqola ham yozgan.

    Biroq atigi bir mavsumdan so‘ng Klinsmann “Bavariya”ga o‘tish uchun Germaniyaga yo‘l oldi.

    Ikki yildan so‘ng 1997/98-yilgi mavsumda “shporlar”ni quyi ligaga tushib ketishidan saqlab qolish uchun ijara asosida APLga qaytdi.

    Didye Drogba

    Foto: The Independent

    Drogba 2012-yilda Myunxenda Chempionlar Ligasi finalida penaltini aniq amalga oshirib, “Chelsi”dagi sakkiz yillik faoliyatini ajoyib tarzda yakuniga yetkazgan edi. Ammo ikki yil davomida Xitoy va Turkiyada vaqt o‘tkazib yana APLga qaytib keldi. 2014-yilda Kot d’ivuarlik forvard shunday degan edi:

    “Joze Mourinyo bilan yana ishlash imkoniyatini rad eta olmadim. Bu klubga qanchalik mehrim borligini hamma biladi va u har doim mening uyim bo‘lib kelgan. G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqim saqlanib qolgan va men bu jamoaga yordam berishni intiqlik bilan kutyapman. Faoliyatimning keyingi bosqichini intiqlik bilan kutyapman”.

    Drogba bir yil o‘tib Premyer Liga chempionligini qo‘lga kiritdi va “Chelsi”dagi faoliyatini yakunladi.

    Garet Beyl

    Foto: Goal

    Beyl 2013-yilda “Tottenhem”ni tark etib, “Real”ga o‘tganida o‘sha davrdagi eng qimmat futbolchiga aylangandi. 2020-yilda ijara asosida Angliyaga qaytganida, uning hisobida Chempionlar Ligasi g‘oliblari uchun beriladigan to‘rtta medal bor edi, ammo Bernabeuda futbolchi yetarli mashhurlikka erisha olmadi.

    Uning qaytishi, albatta, muvaffaqiyatsiz bo‘lmadi. Futbolchi 34 ta o‘yinda 16 ta gol urdi, ammo jamoasi bilan sovrin yuta olmadi.

    Pol Pogba

    Pogbaning “Manchester Yunayted”ga qaytishi turlicha qarashlar bilan kutib olindi.

    Fransiyalik futbolchi endi “Yuventus”dagi kabi tez-tez namoyon etadigan ajoyib qobiliyatlarga ega emas edi. Shu bilan birga, albatta, uning Angliya qaytishi katta xato deb ham bo‘lmaydi.

    6 yil davomida “Manchester Yunayted”da o‘ynagan futbolchi 154 uchrashuvda maydonga tushdi va 29 ta gol muallifiga aylandi.

    Nikolya Anelka

    Parijdan “Arsenal” klubiga ko‘chib o‘tgan futbolchi keyinchalik “Real Madrid” qo‘shiladi. Shundan keyin yana “PSJ” ga qaytadi. So‘ngra “Liverpul”da ijara asosida o‘ynagan futbolchi “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolaydi.

    Uch yildan so‘ng “Fenerbaxche” bilan Turkiyaga yo‘l oldi va bir yildan so‘ng “Bolton” bilan shartnoma imzoladi. Buning ortidan “Chelsi”ga o‘tdi. Shundan so‘ng u yana Angliyani tark etdi, bu safar Xitoyga — “Shanxay Shenxua” klubiga ko‘chib o‘tdi.

    Shundan so‘ng u Italiyada o‘ynadi va yana Angliyaga qaytdi. Bu safar —“Vest Bromvich”ga. Boshqa mamlakatlardan Premyer Ligaga qaytishlar soni bo‘yicha haqiqiy afsona. 

    Muhammad Saloh

    Foto: Getty Images

    “Liverpul”ga o‘tganidan so‘ng misrlik futbolchi Sky Sports News nashriga shunday degan edi:

    “Men har doim Premyer Ligaga qaytishni va birinchi marta [Chelsida] muvaffaqiyatga erisha olmaganimni aytganlarga hammasini isbotlashni o‘ylardim. Men har doim APLda o‘ynash haqida o‘ylaganman”.

    Ikki yil davomida London jamoasida o‘ynagan futbolchining o‘yini kutilganidek chiqmadi. Shundan so‘ng futbolchi “Fiorentina” va “Roma” klublarida o‘ynadi.

    2017-yilda “Liverpul”ga qaytgan futbolchi hozirgacha 253 uchrashuvda 157 ta golga mualliflik qildi va klubning eng yaxshi hujumchisiga aylandi.

    Jo Koul
    “Chelsi”dagi ajoyib faoliyatidan so‘ng Koul “Liverpul”ga o‘tdi, ammo transfer uning uchun unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi.

    “Liverpul” bilan bor-yo‘g‘i bir yil o‘ynagach, u 2011/12-yilgi mavsumda “Lill”ga ijaraga berildi. Shundan so‘ng u “Vest Hem”ga qaytdi. Keyin esa futbolchi “Aston Villa”da ham o‘ynadi.

    Maykl Ouen

    Ko‘pchilik “Real Madrid”ga ko‘chib o‘tgan Ouenning qobiliyatiga shubha bilan qaraydi. Ammo futbolchi zaxiradan tushishiga qaramay “qirollik klubi”da La Ligada 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

    Ispaniyadagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, 2005-yil yozgi transfer oynasida “Nyukasl”ga ko‘chib o‘tdi. Klub “Oltin to‘p” sohibiga katta umid bildirdi. Futbolchi keyinchalik “Manchester Yunayted” va “Stok Siti” klublarida o‘ynagan va 2013-yilda faoliyatini tugatdi.

    Jimmi Floyd Xasselbank

    Futbolchi ikki yil davomida “Lids Yunayted”da o‘ynadi. Ammo Jimmi yangi shartnomada juda katta maosh talab qildi va aynan shu sabab bilan klubni tark etdi. Futbolchi “Atletiko Madrid”ga ko‘chib o‘tdi va transferni yakunladi va Ispaniyada ajoyib mavsum o‘tkazdi va La Ligada 24 ta gol urdi.

    Bu esa “Chelsi”ning e’tiborini tortdi va Floyd Xasselbank yana Angliyaga qaytdi. Futbolchi “Midlsbro”, “Charlton” va “Kardiff Siti” klublarida o‘ynashdan oldn “aristokratlar” safida 177 uchrashuvda 87 ta gol urdi.

    Robbi Kin

    Kin “Koventri Siti” safida Premyer Ligada bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘ynadi va “Inter”ga o‘tib, Marchelo Lippi qo‘l ostida o‘ynadi. Ammo Lippining o‘rniga Marko Tardelli kelishi bilan uning “San-Siro”dagi muvaffaqiyatli faoliyati yakuniga yetdi. Yangi murabbiy qo‘l ostida bor-yo‘g‘i 14 ta o‘yin o‘tkazgan irlandiyalik futbolchi Angliyaga “Lids Yunayted”ga qaytib keldi. Avvaliga ijaraga kelgan futbolchi 2001-yilning may oyida Angliyaga to‘liq ko‘chib o‘tdi. Irlandiya termasining sobiq futbolchisi “Liverpul”, “Vest Xem” va “Aston Villa” klublarida ham to‘p surgan, biroq “Tottenhem”dagi faoliyati bilan esda qolgan.

    Erkin G‘aybullayev tarjimasi

    27.08.2024, 17:41   Izoh (0)   10590
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vinisius nima uchun sport tarixidagi eng daromadli shartnomadan bosh tortgani ma’lum bo‘ldi

    26.08.2024, 09:28

    APLda transfer oynasi yopilishi oldidan jamoasini o‘zgartirishi kerak bo‘lgan 5 futbolchi

    26.08.2024, 18:00

    Osiyolik investorlar bilan ishlagan, “Latsio”ga sovrin olib kelgan va Angliya terma jamoasining oltin avlodini boshqargan Sven-Yoran Eriksson haqida 

    27.08.2024, 02:17

    Lionel Messiga Saudiya Arabistoni klubi qancha maosh taklif qilgani ma’lum bo‘ldi

    27.08.2024, 11:52

    Qirg‘iziston futbolchisi ukrainalik futbolchining jag‘ini sindirgani uchun 5 yilga diskvalifikatsiya qilindi

    27.08.2024, 11:24

    O‘zbekiston Olimpiya jamoasi futbolchisi Alisher Odilov faoliyatini Rossiyada davom ettiradi

    27.08.2024, 10:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40

    Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik yuk stansiyalari barpo etilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 27 may, 21:39

    O‘zbekiston Superkubogi. “Nasaf” penaltidan urilgan gol evaziga “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 27 may, 21:38

    O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasining mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 may, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.