Madridning “Real” klubi “Liverpul” futbolchisi Aleksis Makallisterga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

“Qirollik klubi” rahbariyati Aleksisning o‘yini jamoa uslubiga mos keladi deya o‘ylamoqda. Shu bois madridliklar futbolchining atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi. Agar imkon topilsa, klub argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oladi.
Makallisterming transferi qiymati 90 million yevroni tashkil qiladi. Uning “qizillar” bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi mersisaydliklar safida 44 ta o'yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga oltita gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Avvalroq OAVda “Real” “Liverpul”ning boshqa a’zosi — Aleksandr Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Izoh (0)