“Liverpul” klubi yetakchisi Muhammad Saloh 2024/25-yilgi mavsumda ham o‘z formasini yuqori darajada saqlab turibdi. 32 yoshli misrlik futbolchi joriy mavsumda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 45 ta golda ishtirok etgan (gol + assist).

Bu natija orqali Salah Yevropaning top-15 chempionatlari orasida eng samarali futbolchiga aylandi. Undan keyingi o‘rinlarni “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn (33), Shveysariyaning “Bazel” jamoasida to‘p surayotgan Jerdan Shakiri (31), “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski (27) va “Nottingem Forest” forvardi Kris Vud (22) egalladi.
Qizig‘i, bu ro‘yxatda top-5 ligadan bo‘lmagan yagona futbolchi Shakiri bo‘lib, u 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 marta golli vaziyatlarda ishtirok etgan.
Yevropaning top-15 ligalarida 30 yoshdan oshgan futbolchilar orasida eng sermahsul futbolchilar:
- Muhammad Saloh (“Liverpul”, 32 yosh) — 45
- Harri Keyn (“Bavariya”, 31 yosh) — 33
- Jerdan Shakiri (“Bazel”, 33 yosh) — 31
- Robert Levandovski (“Barselona”, 36 yosh) — 27
- Kris Vud (“Nottingem Forest”, 33 yosh) — 22
Salohning bu ko‘rsatkichi nafaqat uning jismoniy holati yuqori ekanini, balki 30 yoshdan oshgan futbolchilar ham hali katta sahnalarda nimalarga qodir ekanini yana bir bor isbotlab bermoqda.
Izoh (0)