• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport Futbol

    Chempionlar Ligasi tarixidagi yirik remontadalar: “Arsenal”ga qarshi bahsda “Real” uchun hali hammasi yakunlanmadi

    UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi “Arsenal” va Madridning “Real” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ko‘rib (3:0), ko‘plab futbol ixlosmandlari va ekspertlar londonliklar yarim final yo‘llanmasini deyarli qo‘lga kiritgan deb hisoblamoqda. Ammo, futbol tarixida shunday holatlar bo‘ladiki, birinchi o‘yinda katta hisobda mag‘lub bo‘lgan jamoa javob uchrashuvida o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada ishga solib, keyingi bosqichga yo‘l olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu kabi remontadalar futbol olamida ko‘plab kuzatilgan va “Real” kabi tajribali klub uchun bunday farqni yo‘qqa chiqarish hech narsa emas. Keling, Chempionlar Ligasi tarixidagi eng esda qolarli remontadalarni eslaymiz va “Real” Madridning hozirgi vaziyatda qanday imkoniyatlarga ega ekanini tahlil qilamiz.

    2004-yil 1/4 final: “Deportivo” — “Milan”

    Foto: Yandex

    2004-yilgi Chempionlar Ligasi chorak finali o‘zgacha voqealarga boy bo‘lgan. “Deportivo” va “Milan” o‘rtasidagi ilk uchrashuvda italiyaliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Biroq, Madridda bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida ispan klubi 4:0 hisobida raqibini taslim qilib, umumiy natijani 5:4 ko‘rinishiga keltirib qo‘ygan va tarixdagi eng kutilmagan remontadalardan birini amalga oshirgan. Bu g‘alaba nafaqat futbol ixlosmandlarini, balki butun dunyoni hayratda qoldirdi, chunki katta hisobda mag‘lub bo‘lgan jamoaning javob bahsida katta farqni yo‘qqa chiqarib, natijaga erishish holati juda kam uchraydigan hodisa edi.

    2017-yil 1/16 final: “Barselona” — “PSJ”

    Foto: Yandex

    Oxirgi yillardagi eng mashhur remontadalardan biri 2017-yilgi Chempionlar Ligasi 1/16 finalida “Barselona” va Parijning “PSJ” klublari o‘rtasida yuz bergan. Parijda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda “PSJ” 4:0 hisobida yirik g‘alaba qozonib, ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, keyingi bosqichga chiqish masalasi hal qilgan edi. Ammo Kataloniya klubi “Kamp Nou”da daxshatli kambekni amalga oshirdi. Ispaniyaliklar o‘z maydonida 6:1 hisobida raqibini taslim qilishni uddaladi va umumiy 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, tarixdagi eng zo‘r remontadalardan birini amalga oshirdi. Bu voqea futbol ixlosmandlari tomonidan hozirgacha eslanib kelinadi.

    2018-yil 1/4 final: “Roma” — “Barselona”

    Foto: Sport-Express

    2018-yilgi Chempionlar Ligasi chorak finalidagi “Roma”ning “Barselona”ga qarshi o‘yini ham tarixda qolgan. Birinchi o‘yinda “ko‘k-anorranglilar” o‘z maydonida 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ko‘pchilik, shu jumladan ekspertlar ham “Barsa” keyingi bosqichga o‘tishini 100 foiz kafolatladi deb hisoblashdi. Ammo Rimda bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida “Roma” 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Umumiy natija 4:4 ko‘rinishiga keldi, ammo mehmondagi gol qoidasi sabab rimliklar yarim finalga yo‘l oldi. Bu futbol tarixida eng kutilmagan remontadalardan biri bo‘lgan va “Roma” muxlislar hamon ushbu natija bilan maqtanib kelishadi.

    2019-yil yarim final: “Liverpul” – “Barselona”

    Foto: Pinters

    2019-yilgi Chempionlar Ligasi yarim finalida “Barselona” va “Liverpul” o‘rtasidagi uchrashuv juda dramatik tarzda yakunlandi. Kataloniyaliklar “Kamp Nou”da 3:0 hisobida yirik g‘alabani tantana qildi. Barcha muxlislar javob o‘yini shunchaki rasmiyatchilik sifatida o‘tishini taxmin qilgan edi. Ammo unday bo‘lmadi — “Liverpul” 4:0 hisobida ispan klubini mag‘lub etdi. Umumiy 4:3 hisobida g‘alaba qozongan mersisaydliklar finalga yo‘llanma oldi. Bu futbol tarixidagi eng kutilmagan va esda qolarli remontadalardan biri bo‘lib, “Liverpul”ning ushbu natijasi Chempionlar Ligasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan.

    “Real Madrid”ning imkoniyatlari qanday?

    Endi “Real” haqida gaplashsak. “Qaymoqranglilar” so‘nggi yillarda YCHLda kambeklar evaziga ko‘plab g‘alabaga erishgan. G‘arb futbolining eng yirik jamoalaridan biri bo‘lgan “qirollik klubi” Chempionlar Ligasi tarixida bir nechta yirik farqlarni yo‘qqa chiqarib, keyingi bosqichga yo‘l olishga muvaffaq bo‘lgan. Bunga eng yaxshi misollar sifatida “PSJ”, “Manchester Siti”, “Chelsi” kabi jamoalarga qarshi o‘yinlarni eslashimiz mumkin.

    Foto: Malaymail

    Agar biz “Arsenal” va “Real” Madrid o‘rtasidagi o‘yinga nazar solsak, 3:0 hisobidagi yirik mag‘lubiyat Madrid jamoasining imkoniyatlarini kamaytirmaydi. Ammo “Real”ning ko‘plab futbolchilari Chempionlar Ligasi tarixidagi ajoyib remontadalarni amalga oshirgan. Anchelotti jamoasi bunday holatlarga o‘rganib qolgan va har qanday vaziyatda o‘z imkoniyatlarini ishga solib, so‘nggi soniyalargacha g‘alaba uchun kurashishi aniq.

    Futbolning eng go‘zal jihatlaridan biri — hech qanday vaziyatda taslim bo‘lmaslik. “Arsenal”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi hali yakunlanmagan. “Real”ning remontadaga moyilligi va uning tarixiy imkoniyatlari barcha uchun juda yaxshi ma’lum. Shu bois, hozirgi kunda “qirollik klubi” uchun chorak finaldagi bu yirik farqni yo‘qqa chiqarish — qo‘rqinchli ish emas. Har holda klub o‘z muxlislarini shunga o‘rgatib qo‘ygan.

    Jamshidbek Mahmudov tayyorladi.

    11 aprel, 15:20   Izoh (0)   9675
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Real Madrid#Arsenal#YCHL

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yengilmas “Real” alamzada “Bavariya”ga qarshi. Bugun YCHL yarim finalining dastlabki o‘yini bo‘lib o‘tadi (prevyu)

    30.04.2024, 17:24

    “Barselona” “Bavariya”ga qarshi, “Real” esa “Liverpul”ga qarshi o‘ynaydi. YCHL 2024/25-yilgi mavsumiga qur’a tashlandi 

    29.08.2024, 22:06

    YCHL. “Real”dan navbatdagi superkambek, “Milan”da ishonchli, “Arsenal”da esa kichik hisobdagi g‘alaba 

    23.10.2024, 01:57

    YCHL g‘olibligi uchun favoritlar reytingida “Brest” “PSJ”dan yuqori o‘rinni egalladi

    28.11.2024, 23:13

    YCHL. “Real” “Atletiko”ga qarshi, “Liverpul” esa “PSJ” bilan o‘ynaydi

    21 fevral, 16:23

    Goal nashri YCHL g‘olibligi uchun favoritlar ro‘yxatini eʼlon qildi

    8 mart, 11:11

    YCHL. “Real” “Atletiko”dan ustun keldi, “Borussiya D” qiyinchilik bilan, “Arsenal” esa osonlik bilan keyingi bosqichga chiqdi (video) 

    13 mart, 10:47

    YCHL. Superkompyuter Chempionlar Ligasida qaysi jamoa g‘olib bo‘lishini taxmin qildi  

    13 mart, 19:36

    “Bavariya” yetakchi, “Barselona” va “Real” “yettilik”da: ushbu mavsum qaysi klub YCHLda ko‘p mablag‘ ishlab topdi?

    15 mart, 13:17

    “Qiyinchiliklarga qaramay, mart oyida biz hamon barcha turnirlarda yetakchilar qatoridamiz” – Anchelotti

    15 mart, 17:42

    “Barselona” futbolchisi “Real” bilan ehtimoliy final haqida gapirdi 

    17 mart, 12:27

    “Real” yozda qaysi pozitsiyalarni kuchaytirmoqchiligi ma’lum bo‘ldi

    18 mart, 20:17

    “Real” futbolchilari Chempionlar Ligasida “Atletiko”ni mag‘lub etgani uchun qancha pul mukofoti olgani ma’lum  

    27 mart, 18:30

    APL, La Liga va Bundesliganing eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar ma‘lum qilindi  

    27 mart, 22:52

    UEFA Vinisius, Mbappe, Sebalyos va Ryudigerga qarshi intizomiy tekshiruv boshladi

    28 mart, 07:57

    “Real” Ispaniyada gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha eng yomon 2-jamoaga aylandi 

    2 aprel, 12:07

    “Barselona” va “Real” Ispaniya Kubogi finalchisiga aylandi

    3 aprel, 07:30

    “Real” murabbiylar shtabi Ispaniya Kubogi finalida “Barselona”ni qanday yengish usulini topdi

    5 aprel, 14:26

    Van Basten Ronaldu va Messidan kuchliroq besh futbolchi nomini aytdi 

    5 aprel, 13:31

    “Real” 11 yillik antirekordni yangiladi 

    6 aprel, 13:33

    Opta nashri La Ligada qaysi jamoa g‘olib bo‘lishi haqida taxminlarini ma’lum qildi

    7 aprel, 18:15

    Bukayo Saka “Real Madrid”ning kambeklari haqida nimalar dedi?

    7 aprel, 22:14

    21-asrning eng zo‘r hujum triosi aniqlandi

    8 aprel, 08:38

    “Real Madrid” yetakchi futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi  

    8 aprel, 09:35

    Mbappe Vinisiusning “Real”dagi roli haqida gapirdi  

    8 aprel, 14:26

    “Real” rahbariyati Anchelottiga shart qo‘ydi

    8 aprel, 17:35

    “Real” 16 yil oldingi yomon natijasini takrorladi 

    9 aprel, 11:25

    Mbappe 516 o‘yinda uddalagan natijani “Arsenal” futbolchisi birgina bahsda amalga oshirdi 

    9 aprel, 10:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chorvoq shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 14:15

    AQSHda 30 yil muzlatilgan embriondan bola tug‘ildi

    Dunyo | 31 iyul, 13:57

    “Chelsi” Hatoni transfer qiladigan bo‘ldi

    Sport | 31 iyul, 13:45

    Yaponiya tarixidagi eng issiq kun qayd etildi

    Dunyo | 31 iyul, 13:43

    Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026-yildan boshlanishi mumkin

    O‘zbekiston | 31 iyul, 13:25

    Jan Reno 77 yoshda: Marokashda tug‘ilgan oddiy ishchining qanday qilib dunyoga mashhur aktyorga aylangani haqida

    Kino | 31 iyul, 13:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.