• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Hanuzgacha “Oskar”ga munosib ko‘rilmagan Gollivud yulduzlari

    Mazkur aktyor va aktrisalar taniqli rejissyorlarning mashhur loyihalarida rol o‘ynaydi, lekin hozirgacha birorta “Oskar” olgani yo‘q.

    Margo Robbi

    Gollivuddagi go‘zal qizlar ko‘pincha o‘z tashqi ko‘rinishlarining asiriga aylanadi. Margo Robbi bilan ham shunday bo‘lgan. U ilk paytlarda faqatgina jozibali ma’shuqalar va axloqi buzuq qizlar rollarini o‘ynagan.

    Barchasini Martin Skorseze va uning “Uoll-strit bo‘risi” filmi o‘zgartirdi. Premyeradan so‘ng Robbi mashhurlikka erishadi. U dastlab kinodan ketmoqchi ham bo‘lgan — mashhurlik yukini ko‘tarish qiyin bo‘lib tuyulgan. Ammo buning o‘rniga, aktrisa o‘zining prodyuserlik kompaniyasini tashkil etishga qaror qiladi, endi esa u imkoniyatlarni kutmasdan, ularni o‘zi yaratadi.

    Robbining kompaniyasi qo‘llab-quvvatlagan filmlar kuchli ayol qahramonlar, noodatiy dramaturgiya va ayollarning dunyoqarashini aks ettiradigan asarlar bilan ajralib turardi. Bu filmlar orasida “Tonya hammaga qarshi”, “Yirtqich qushlar”, “Barbi” filmlari va “Qo‘g‘irchoq” seriali ham bor. Margo “Tonya”, “Janjal” va “Barbi” filmlaridagi rollari uchun “Oskar”ga nomzod bo‘lgan, ammo hali mukofot olgan emas.

    Rayan Gosling

    Rayan Goslingga mashhurlikka 13 yoshidayoq erishgan — Disney Channel’dagi “Mikki Maus klubi”da Britni Spirs va Jastin Timberleyk bilan birga suratga tushgan.

    Tipik Gollivud yigitiga o‘xshash tashqi ko‘rinishiga qaramay, o‘smirlik yillaridan so‘ng turli xil rollarni ijro etgan: u bir necha marta neonatsist, psixopat talaba va hattoki qo‘g‘irchoqqa oshiq bo‘lgan sodda yigit rolini ham o‘ynagan. Goslingning butun dunyoga tanilishiga sabab bo‘lgan film esa mashhur melodrama “Xotiralar daftari” edi.

    Biroq unga uchta Kinoakademiya nominatsiyasini keltirgan rollar tipik romantik qahramonlar emasdi. “Yarim Nelson” filmida u giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan maktab o‘qituvchisini o‘ynadi, “La-La Lend”da jazz musiqachisi Sebastyan obrazini yaratadi, u muvaffaqiyatga erishish uchun murakkab tanlovlar qilishga majbur bo‘ladi. “Barbi” filmida esa mallasoch qo‘g‘irchoqning doimiy hamrohi Kenni qayta ijro etib, qahramonining hayoti unchalik ham oson emasligini ko‘rsatdi va mashhur komedik iste’dodini namoyish etadi.

    Bill Myurrey

    Bill Myurrey deyarli 100 ta filmdagi rollari bilan tanilgan, eng ko‘zga ko‘ringanlari esa “Arvoh ovchilari” va “Sug‘ur kuni” komediyalaridagi jo‘shqin va o‘z bilganidan qolmaydigan obrazlaridir. 90-yillar oxirida Ues Anderson Myurreyning jiddiy obrazdagi katta tragikomik potensialini payqaydi va uning karyerasini qayta jonlantiradi. Myurrey “Rashmor akademiyasi” va “Tenenbaumlar oilasi” filmlarida suratga tushadi.

    Keyinchalik Sofiya Koppola aktyorni o‘zining ikkinchi filmi — “Tarjima mashaqqati” da bosh rolga taklif qiladi. Myurreyni filmda ishtirok etishga ko‘ndirish uchun Koppolaga bir necha oy kerak bo‘ladi — chunki aktyor ommadan uzoqda bo‘lishni afzal ko‘radi, unga film takliflari bilan yetib borish juda qiyin.

    Qarib qolgan aktyorning begona ayol bilan munosabatlari haqidagi film bir zumda hitga aylandi. Bill Myurrey o‘sha paytda Sofiyaning qo‘ng‘irog‘iga javob bergani bejiz emas edi. Bob Xarris roli uchun u o‘zining birinchi va oxirgi “Oskar” nominatsiyasini oladi.

    Skarlett Yoxanson

    Time jurnali aktrisani dunyoning eng nufuzli 100 kishisi qatoriga kiritgan, umuman olganda, Yoxansson tarixdagi eng daromadli kino yulduzlaridan biri. Biroq Kinoakademiya uning mehnatini haligacha munosib taqdirlamagan.

    2020-yilda aktrisa ikkita “Oskar” nominatsiyasiga ega bo‘ladi: biri Drayver bilan birga “Nikoh haqidagi hikoya” uchun, ikkinchisi Tayka Vaytitining “Quyoncha Jojo” filmidagi ikkinchi plandagi roli uchun. Bu filmda u Gitler qo‘shinlariga qarshi kurashayotgan jasur ayol va bosh qahramon — Jojo ismli bolakayning onasini o‘ynaydi. Yoxanssonda “Oltin sher”dan tortib BAFTA mukofotigacha bo‘lgan ko‘plab nufuzli mukofotlar bor, ammo haligacha “Oskar” ololmagan.

    Kira Naytli

    Kira Naytli yoshligidanoq aktyor bo‘lgan ota-onasidan shaxsiy agent bilan ta’minlashni va kastinglarda qatnashishni talab qilgan. U ulg‘aygach, bosh rollar uchun qat’iyat bilan harakat qila boshlaydi. 2003-yilda 18 yoshli Naytli “Karib dengizi qaroqchilari” filmida suratga tushadi. Ushbu rol Kinoakademiya tomonidan tan olinmasa-da, unga katta kinoga yo‘l ochadi.

    Jeyn Ostinning “Andisha va g‘urur” romani ekranlashtirilganda, aktrisa Elizabet Bennet obrazini yaratadi. Ushbu roli uchun u birinchi marta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ladi.

    Keyingi nominatsiyani Naytli “Taqlid o‘yini” filmidagi ikkinchi plandagi roli uchun oladi. U yerda britaniyalik kriptograf va matematik Jon Klark obraziga kirib, Alan Tyuring bilan birgalikda natsistlarning shifrlash tizimini ochishga uringan tarixiy shaxsni o‘ynaydi.

    Jeyk Jillenhol

    Jeyk Jillenhol rejissyor va ssenarist oilasida tug‘ilgan. U 11 yoshidan filmlarda suratga tusha boshlaydi va keyinchalik kultga aylangan obrazlarni yaratadi.

    Katta shuhrat va Jillenholning birinchi hamda yagona “Oskar” nominatsiyasi “Bukri tog‘” filmidagi roli tufayli keladi. Kinoakademiya bu filmni uchta “Oskar” bilan taqdirlaydi — ammo faqat rejissyura, ssenariy va saundtrek uchun.

    Aktyorning ismi doimo tilga olinib kelinadi. U taniqli rejissyorlarning yirik loyihalarida suratga tushadi, ammo hozirgacha “Oskar” mukofiga munosib ko‘rilmagan.

    17.10.2024, 14:50   Izoh (0)   9923
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #“Oskar”#mashhurlik#Gollivud

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “79 yoshida 7-marta ota bo‘ldi, lekin 19 yoshli nabirasidan ayrildi”. Robert De Niro hayoti davomida nimalarni qo‘lga kiritdi va nimalarni yo‘qotdi?

    18.08.2023, 09:35

    “Barbi”ning mashhurlik siri nimada: Mallasoch qo‘g‘irchoq haqidagi film qanday qilib xitga aylandi?

    18.08.2023, 10:40

    “Shrek”dagi etik kiygan mushukning real hayotdagi prototipi — ispaniyalik aktyor Antonio Banderas haqida 14 ta qiziqarli fakt (foto) 

    21.08.2023, 12:27

    Misli ko‘rilmagan boylik: Dunyoning eng badavlat aktyorlari 20 taligi (foto)

    13.09.2023, 14:50

    Birgina omadsiz roli tufayli tomoshabinlarning keskin tanqidiga uchragan Gollivud aktyorlari (foto) 

    10.10.2023, 17:41

    Leonardo Di Kaprio 49 yoshda: mahoratli aktyor, ekolog va haligacha bo‘ydoq yigitning bolaligi, shaxsiy hayoti haqida

    13.11.2023, 18:27

    Disney shedevrlaridan tortib kult klassikalargacha: barcha davrlarning eng yaxshi multfilmlari (foto)

    04.04.2024, 17:01

    “Operatsiyaga mashhur aktrisa bo‘lib kirdim va hech kim bo‘lib chiqdim”: Gollivudning unutilgan taniqli aktrisalari hozir qayerda?

    16.04.2024, 09:51

    Amerikalik aktrisa Karla Gudjino 90-yillar yulduzi Viviyen Li haqidagi biografik filmda suratga tushadi

    02.05.2024, 18:10

    Taqdir taqozosi tufayli aktyorlik sohasiga kelib qolgan mashhurlar

    17.05.2024, 11:35

    Anjelina Joli 49 yoshda: Gollivud yulduzi ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (video)

    07.06.2024, 13:43

    Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin mashhurlikka erishgan aktyorlar

    03.07.2024, 15:55

    Kino darg‘alari: Bollivudning 100 yillik tarixidagi eng yaxshi 10 ta aktyor 

    25.07.2024, 09:40

    Jahon kinosi tarixidagi eng go‘zal aktrisalar reytingi (foto)

    25.07.2024, 13:40

    “Titanik” 27 yoshda: film yulduzlari qanchalik o‘zgargan va hozirda nimalar bilan band?

    05.08.2024, 16:25

    26 yildan so‘ng: “Taksi” filmi aktyorlari qanchalik o‘zgargan va hozirda nimalar bilan band?

    29.08.2024, 11:55

    AQSHdan boshpana so‘ragan balet yulduzi — Godunovga baxt keltirmagan yangi hayot

    31.08.2024, 17:04

    Dunyo bo‘ylab olamshumul mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, hayoti fojialarga to‘la bo‘lgan yulduzlar (foto)

    27.09.2024, 16:12

    “Matritsa” filmi 25 yoshda: Neo, Triniti va filmdagi boshqa qahramonlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    27.09.2024, 10:45

    Ketrin Zeta-Jons 55 yoshda: mashhur aktrisa yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    27.09.2024, 15:45

    “Garri Potter” filmi yulduzi Meggi Smit vafot etdi

    28.09.2024, 11:23

    “Titanik”da Rouz va Jek jon saqlagan eshik sahnasi qanday suratga olingan edi?

    02.10.2024, 11:55

    Dyubuaning murabbiyi: “Usik — firibgar va soxta chempion”

    30.09.2024, 16:12

    Anjelina Joli uning dunyoqarashini o‘zgartirib yuborgan roli haqida so‘zlab berdi

    02.10.2024, 14:49

    Komedik rollarni ham maromiga yetkazib ijro etgan dramatik aktyorlar

    03.10.2024, 19:03

    Eng ko‘p “o‘ladigan” aktyor: mashhur filmlardagi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan g‘ayrioddiy holatlar

    03.10.2024, 15:40

    Ispaniya terma jamoasining Daniya va Serbiya terma jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomasi e’lon qilindi 

    04.10.2024, 20:46

    Keyt Uinsletning muvaffaqiyat tarixi: Doim to‘laligidan uyalgan qiz qanday qilib Gollivud yulduziga aylandi? (foto)

    08.10.2024, 09:50

    Ketkazgan vaqtingizga achinmaysiz: Anjelina Joli ishtirokidagi eng yaxshi biografik filmlar

    11.10.2024, 18:20

    Katta aktyorlarning kichik obrazlari: Filmlarda epizodik rollarni ijro etgan Gollivud yulduzlari (foto)

    15.10.2024, 14:10

    “Ilon, ishlanmalarimni o‘zimga qaytar!”. “Men robotman” filmi rejissyori Ilon Maskni plagiatda aybladi (foto)

    15.10.2024, 18:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.