Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 9,04 so‘mga pastlab, 12 948,10 so‘m bo‘ldi;
- yevro 6,38 so‘mga tushib, 14 696,09 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,37 so‘mga ko‘tarilib, 156,93 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun ko‘tarilib 12 957,14 so‘m bo‘lgandi.
Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, mamlakatda valyuta kursi sun’iy ushlab turibdi, agar kurs erkinlashsa 1 dollar 20 ming so‘mgacha ko‘tariladi. Markaziy bank esa bu qarashlar noto‘g‘ri ekanligini bildirgandi. 2025-yil oxirigacha kurs qanchaga yetadi? Yaqin kelajakda qanday iqtisodiy tebranishlarga tayyor turish kerak? Quyidagi havola orqali almashuv kurslari, ularga taʼsir etuvchi omillar va kutilmalar haqida o‘qish mumkin.
Izoh (0)