Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘li Toshkent—Vodiy yo‘nalishining 157-kilometrida 28-aprel kuni soat 11:35 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Andijon viloyati YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yo‘lda ketayotgan Isuzu haydovchisi tormoz tizimida nosozlik kelib chiqqani sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi qo‘l sohalaridagi shilinish jarohati bilan Pop tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, yuk mashinasi haydovchisi mashina kabinasi ichida qisilib qolgan.
Qutqaruvchilar tomonidan haydovchi chiqarib olinib, birinchi yordam ko‘rsatilgan
Sodir bo‘layotgan YTHlar
2024-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida 1,5 soat ichida YTHlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 6-dekabr kuni Yunusobod va Yashnobod tumanlarida YTHlar sodir bo‘lgandi.
3-noyabr tunda poytaxtning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi. Sergelida Spark va Matiz to‘qnashdi, Yunusobodda Lacetti yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi, Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va BMW to‘qnashdi.
11-noyabr kuni Mirobod tumanidagi Sanʼat muzeyi qarshisida Lacetti King Long avtobusi orqasiga borib urildi. 16-noyabrda Yakkasaroy tumani Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi va haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat oldi.
17-noyabr kuni Yunusobod tumanida Toyota, Malibu-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Epica to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
2025-yil 13-fevral kuni Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi jarohatlandi. 17-fevral kuni Samarqandda katta tezlikda qizil chiroqdan o‘tgan Gentra ikki piyodani urib yubordi.
Izoh (0)