• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    “Muhtasham yuz yil”ni sog‘inganlar uchun: serial aktyorlari suratga tushgan eng yaxshi loyihalar

    “Muhtasham yuz yil” tarixiy seriali keng auditoriyani turk kinolari dunyosi bilan tanishtirdi. Aynan shu serialdan boshlab sharq go‘zal ayollari va barno yigitlariga qiziqish bir necha barobar oshdi. Turk seriali yulduzlari ko‘plab muxlislarga ega bo‘lishdi, ularning har birining ijodini chuqur o‘rganishdi. Bosh rollardan tortib filmda o‘zining debyut bir daqiqalik epizodini o‘ynaganlar ham tomoshabinlar e’tiborida bo‘ldi.

    1. “Taqiqlangan muhabbat” (2008)
    Foto: “Putevoditel”

    11 yil oldin Adan xotinini yo‘qotib, og‘ir qayg‘uga botgan edi. Shundan beri u o‘z farzandlari — qizi Nihal va o‘g‘li Bulent, jiyani Behlul va enaga ayol bilan birga yopiq hayot kechirardi. Beva erkakning bir maromdagi hayoti yosh, go‘zal Bihter bilan tanishganda tubdan o‘zgaradi. Nihoyat u yuragini yana ochishga tayyor bo‘lgan qizni topdi. Ammo bu go‘zal qizning Istanbuldagi qasrga kelishi unda yashovchi har bir insonning hayotini o‘zgartiradi.

    “Muhtasham yuz yil”dan aktyorlar: Nebahat Chehre, Nur Fettahog‘lu, Tolga O‘zturk.

    1. “Gunesh qizlari” (2015)
    Foto: “Putevoditel”

    35 yoshli adabiyot o‘qituvchisi Gunesh uch qizini yolg‘iz tarbiyalaydi va endi o‘z sevgisini topish va turmushga chiqishdan umid qilmaydi. Ammo bir kuni xuddi ertakdagi kabi, uning kamtarona maskaniga g‘amxo‘rligi bilan ajralib turadigan Haluk Merto‘g‘lu kirib keladi va ular turmush qurishadi. Ertak baxtli tugashi mumkin edi, ammo to‘ydan keyin hamma narsa keskin o‘zgaradi: Halukning oilasi uch o‘gay bolaga tayyormas hamda Haluk ham o‘zini ko‘rsatgandek, yumshoq va mehribon emas edi.

    “Muhtasham yuz yil”dan aktyorlar: Evrim Alasya, Tolga Saritash, Burju O‘zberk, Irem Helvachio‘g‘lu.

    1. “Sevgi iztirobi” (2015)
    Foto: “Putevoditel”

    Nihonning tadbirkor otasi o‘z biznesida jiddiy muammolarga duch keladi. Uning biznes sherigi G‘olib unga bu botqoqlikdan chiqish yo‘lini taklif qiladi, ammo buning uchun u qizini uning xudbin o‘g‘li Amirga turmushga berishi kerak edi. Nihon esa boshqasiga, oddiy sartaroshning o‘g‘li Kamolga oshiq. Shafqatsiz Amirning Nihon bilan hayoti yaxshi kechmadi, qiz baxtini faqat Kamol bilan ko‘rardi. Ammo Amir ularning baxtini ko‘ra olmaydi.

    “Muhtasham yuz yil”dan aktyorlar: Burak O‘zchivit.

    1. “Kecha malikasi” (2016)
    Foto: “Putevoditel”

    Selin — yosh go‘zal qiz. Onasi fransuz, otasi turk. Qiz Fransiyada yashaydi va kichik atir do‘koniga ega. Kartal — boy, chiroyli, o‘ziga ishongan Turkiyaning yosh biznesmenlaridan biri. Ikki yosh bir-biriga oshiq bo‘lishadi va quyosh botganda “Kecha malikasi” deb nomlangan noyob gulning go‘zalligiga mahliyo bo‘lib o‘tirishadi. Afsonaga ko‘ra, bu gulni ko‘rgan juftlik eng mustahkam rishtalar bilan bog‘lanadi. Ammo tun tugaydi, sevgidan ilhomlangan Kartal Istanbulga qaytadi. U yerda uni o‘gay otasi Azizning qizi Esra kutmoqda. Bir necha yil o‘tgach, Selin bolasi bilan Turkiyaga keladi va beva Aziz bilan uchrashadi. Qiz yangi sevgilisining uyida kim bilan tanishishi xayoliga ham kelmaydi.

    “Muhtashan yuz yil”dan aktyorlar: Selim Bayraktar, Maryam Uzerli, Nihan Buyukagash.

    1. “Sen mening vatanimsan” (2016)
    Foto: “Putevoditel”

    Jevdet va Aziza ismli juftlik Izmir shahrida yashaydi va uch farzandni tarbiyalaydi: ikki qiz Yildiz va Hilal hamda o‘g‘li Ali Kemal. Ular bilan Jevdetning onasi yashaydi, u kelinini juda yaxshi ko‘radi va uni qizi kabi ko‘radi, uy ishlarida yordam beradi. Jevdet — harbiy, Turkiya armiyasining kapitani, u kamdan kam uyda bo‘ladi. Shunday kunlarning birida yomon xabar keldi — Gretsiya Izmirni bosib olishga qaror qildi, hukumat dushmanga qarshilik ko‘rsatmaslikni tavsiya qiladi. Ayollar erkakning uyga qaytishini xavotir bilan kutmoqda, lekin undan hech qanday xabar yo‘q. Shunda uzoq vaqtdan beri Azizaga yashirincha oshiq bo‘lgan va ularning er-xotinlik hayotini buzishni orzu qilgan kapitan Tevfik paydo bo‘ladi. Uning fikricha, hozir buning uchun eng qulay vaqt. Hammani hayratga soladigan narsa shuki, Jevdet endi dushman tomonida bo‘lib, uyga qaytadi.

    “Muhtasham yuz yil”dan aktyorlar: Halit Ergench, Berguzar Korel, Boran Kuzum, Okan Yalabik, Hakan Salinmish.

    1. “Mening onam” (2016)
    Foto: “Putevoditel”

    Melek ismli qizcha bolaligidan zo‘ravonlik nima ekanligini yaxshi biladi. Kichkina qiz o‘z onasi va uning sevgilisining salbiy taʼsiridan aziyat chekadi, lekin har safar yaxshilikka umid qiladi. Hatto eng dahshatli vaziyatda ham u yaxshi hayot haqida orzu qilishni to‘xtatmaydi. Bir payt uning orzulari ro‘yobga chiqadi: Melek Zaynab ismli mehribon o‘qituvchi bilan tanishadi. O‘qituvchisi qizaloqning qanday azob chekayotganini, och qolishini, ko‘kargan holda yurishini ko‘radi. O‘qituvchida onalik instinkti uyg‘onadi va jinoyatga qo‘l uradi, u qizchani o‘g‘irlab, yangidan baxtli hayot boshlashni istagan edi.

    “Muhtasham yuz yil”dan aktyorlar: Vahide Perchin, Alize Go‘rdum, Aksen Erol, Jansu Dere.

    1. “Fi, Chi, Pi” (2017)
    Foto: “Putevoditel”

    Jan Manay — muvaffaqiyatli karyera, teleko‘rsatuv, pedagogik faoliyat va go‘zal hayotga ega mashhur psixoterapevt. Ammo bir kuni u bir ko‘rishdayoq yosh talaba Duruga oshiq bo‘ladi. Janning barcha fikrlari endi faqat u haqida, u har qanday yo‘l bilan go‘zalning qalbini zabt etishi kerak deb hisoblaydi. Duru sanʼat akademiyasida o‘qiydi, Deniz ismli yosh bastakor bilan yashaydi. Go‘zal qizning ham Janga nisbatan hislari bor, lekin baxt sari yo‘lda yengib bo‘lmaydigan to‘siqlar paydo bo‘ladi.

    “Muhtasham yuz yil”dan aktyorlar: Mehmet Gunsur, Berrak Tuzunatash, O‘zan Guven.

    1. “Sevgi. Aql. Qasos” (2021)
    Foto: “Putevoditel”

    Esra ismli qizning ota-onasi kichik kafe egasi bo‘lib, ularning ishi yurishmayapti. Onasi qiziga doimo u kabi sevishib emas, balki aql bilan turmushga chiqishni maslahat beradi, chunki u qiyinchilik va qashshoqlikda yashamaslik uchun boy va kelajagi porloq erkakni tanlash kerak deb hisoblaydi. Ushbu nasihatlardan charchagan qizning o‘zi O‘zanga turmush qurishni taklif qiladi. Yigitni muvaffaqiyatli deb atash qiyin: u yaqindagina universitetni tamomlab, ish topgan, lekin Esraga telbalarcha oshiq. Oilaviy hayot yaxshi kechmaydi, qiz uni tark etadi va bir necha yil o‘tgach yana uni uchratib qoladi. Endi qiz ish izlayotgan, O‘zan esa uning ish beruvchisi, kompaniya egasi va mamlakatning eng boy odamlaridan biri bo‘lib chiqadi. Esra sobiq erining eʼtiborini qaytadan qozonish uchun har qanday makrni ishga solib ko‘radi.

    “Muhtasham yuz yil”dan aktyorlar: Burju O‘zberk, Sebahat Kumash.

    1. “Afsona” (2021)
    Foto: “Putevoditel”

    O‘rta Osiyo tog‘larida yashovchi Akkiz ismli qizning hikoyasi. Uning bolaligi juda og‘ir o‘tgan: u erta yetim qolgan, o‘zi uchun boshpana va oziq-ovqat topishga majbur bo‘lgan. Bularning barchasiga qizning otasini o‘ldirgan Alpagu xon aybdor edi. Qiz o‘zini himoya qilishni o‘rgandi va haqiqiy jangchiga aylandi. Bolaligida u otasi va qiyinchilikda o‘tgan hayoti uchun xondan qasos olishga o‘z-o‘ziga vaʼda bergandi. O‘shandan beri xonning boyliklarini o‘g‘irlab, kambag‘allarga tarqatib keladi. Mahalliy aholi unda haqiqiy himoyachi va jangchini ko‘radi, lekin bir lahzada hamma narsa o‘zgaradi: Akkiz o‘z dushmanining o‘g‘li bilan uchrashadi.

    “Muhtasham yuz yil”dan aktyorlar: Selim Bayraktar.

    1. “Shisha ortidagi qiz” (2021)
    Foto: “Putevoditel”

    Nalan ismli go‘zal qiz — iste’fodagi gubernator va o‘qituvchining yagona farzandi. Qizni muhabbat bilan tarbiyalashgan, lekin uning ota-onasi bu tuyg‘uni o‘ziga xos tarzda tushungan: otasi uni eʼzozlab, nozik guldek munosabatda bo‘lgan, onasi esa qizining ruhiyatini buzadigan juda ko‘p narsalar qilgan. Hatto voyaga yetgach ham, Nalan onasining mahkam qo‘llaridan qutulishga qodir emas edi. U doim tor korset kiyar va onasining so‘zlariga quloq solardi. Onasi hatto erkak haqidagi fikrni ham gunoh deb hisoblaydigan ayol edi. Va nihoyat, aʼlo taʼlim olgan qiz yirik kompaniyaga ishga joylashadi. Taqdir uni kompaniya egasining merosxo‘ri Sedat Koroglu bilan uchrashtiradi. Ota-onalarning kelishuvi asosida qurilayotgan nikoh yoshlar uchun baxt keltirmasligi aniq edi, chunki har ikkisining ham ko‘ngli boshqa insonlarda.

    “Muhtasham yuz yil”dan aktyorlar: Burju Birijik, Selma Ergesh

    15 aprel, 13:49   Izoh (0)   34658
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Kino#Turk seriallari#Aktyor#Aktrisa#Shou-biznes#Serial

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Taniqli turk aktyorlari yozgi ta’tilni qayerda o‘tkazmoqda?

    13.07.2020, 13:31

    Burakning har qanday ko‘rinishini sevadigan Fahriye, xayriya loyihasining yuzi bo‘lgan Neslihan. Turk kinosi yangiliklari

    18.09.2020, 18:56

    Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto)

    29.12.2021, 13:50

    Burak O‘zchivit, Fahriye Evjen va boshqa mashhur turk aktyorlari kinodagi karyerasi davomida qanchalik o‘zgargan? (foto)

    10.02.2023, 15:53

    Seriallardagi salbiy obrazlari tufayli tomoshabinlar nafratiga duchor bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    28.03.2024, 18:15

    “Alvon g‘unchalar”: tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘ygan yangi turk seriali nima haqida? (foto)

    18.04.2024, 14:51

    Turk kinosi yulduzlarining ota-onasi qanday ko‘rinishda? (foto) 

    29.07.2024, 15:36

    “Qo‘rg‘on sirlari” seriali uchinchi mavsumda tugaydi, Elchin Sanguni sudga berishdi. Turk kino yulduzlari hayotidan yangiliklar

    10.10.2024, 18:24

    Otasi tashlab ketgan, paxlava sotuvchi bo‘lishni orzu qilgan, neft magnatining o‘g‘li bo‘lgan: turk kino yulduzlarining muvaffaqiyat tarixi

    21.10.2024, 09:20

    “Turk seriallarini ko‘rmayman”: Burak O‘zchivit muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi

    13.11.2024, 17:25

    Afra Saracho‘g‘lu 27 yoshda: otasi tashlab ketgan, universitetni bitirolmagan va onasi tufayli mashhur bo‘lgan sevimli aktrisangiz haqida qiziqarli faktlar

    03.12.2024, 14:53

    Turk aktyorlarining “Oskar”i: “Oltin kapalak 2024” g‘oliblari aniqlandi

    10.12.2024, 14:40

    Har bir qismi uchun 20 ming dollar: “Muhtasham yuz yil” serialidagi bosh qahramonlar qancha gonorar olgan? 

    11.12.2024, 12:30

    “Muhtasham yuz yil” yulduzlari ishtirokidagi 7 ta qiziqarli serial (treyler)

    12.12.2024, 15:48

    Yil sarhisobi: 2024-yilning eng yaxshi turk seriallari (treyler)

    13.12.2024, 16:50

    “Qo‘rg‘on sirlari”dan zerikkanlar uchun: Netflix’ning 5 ta yuqori reytingga ega turk seriallari (treyler)

    15 yanvar, 17:06

    Turk aktyori Burak O‘zchivit muxlislari bilan uchrashib, suratga tushish uchun qancha so‘raydi?

    27 fevral, 10:05

    Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul va boshqa turk seriallari yulduzlarining nikoh to‘yi qanday nishonlangan? (foto)

    28 fevral, 12:51

    Kerem Bursin, Burak O‘zchivit va Janer Topchu: eng kelishgan turk aktyorlari va ularning yangi rollari

    7 mart, 11:32

    Boylar ham yig‘laydi: Qiyin hayotiy vaziyatlarni boshdan kechirgan turk aktrisalari 

    5 mart, 19:35

    Ularni butun dunyo taniydi: Turkiyaning yosh, iqtidorli aktrisalari (foto) 

    11 mart, 14:16

    Tatu, tashqi ko‘rinish, spirtli ichimliklar va ishqiy munosabatlar: turk aktrisalari qanday mavzuda ayovsiz tanqid qilinadi?

    12 mart, 13:51

    Rossiyada tug‘ilishning pasayishiga turk seriallari sababchi ekani aytildi

    20 mart, 14:01

    “Qashqirlar makoni” hamda boshqa ko‘plab mashhur seriallar rejissyori Usmon Sinav 69 yoshida vafot etdi

    24 mart, 10:50

    Qaysi turk aktyori serialning bir qismida suratga tushish uchun 40 ming dollar oladi?  

    28 mart, 14:40

    Chiroyli genetika: turk seriallari yulduzlarining ota-onasi qanday ko‘rinishga ega?

    2 aprel, 11:48

    Leonardo Di Kaprio, Megan Markl va boshqa kinoyulduzlarining noodatiy hobbilari 

    14 aprel, 13:12

    Yosh qizga uylangani sabab oilasi bilan janjallashib, yurak xurujini boshdan kechirgan mashhur turk aktyori — O‘zjan Denizning serqirra hayoti

    7 aprel, 08:20

    Kino haqida hatto orzu ham qilmagan: turk aktyor va aktrisalarining asl kasblari

    7 aprel, 19:55

    Oila davrasida tomosha qilishingiz mumkin bo‘lgan muhabbat va oilaviy qadriyatlar haqidagi turk seriallari  

    8 aprel, 09:40

    Kinoga tasodifan kirib kelgan va olamshumul mashhurlikka erishgan Gollivud yulduzlari

    11 aprel, 17:01

    “Muhtasham yuz yil”da saroy kanizaklarini gavdalantirgan aktrisalar hozir qanday ko‘rinishda?  

    11 aprel, 14:00

    Bankdagi tortishuv qanday qilib Sharliz Teronning aktrisa bo‘lishiga yordam bergan?

    11 aprel, 18:45

    2027-yildan boshlab “Oskar” mukofotida yangi nominatsiya paydo bo‘ladi

    11 aprel, 19:35

    Mashhur seriallarni ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan Janubiy Koreyaning 4 aktrisasi

    14 aprel, 09:32

    “Muhtasham yuz yil”dagi Ibrohim hozir qayerda?

    12 aprel, 18:49

    Xitoyning eng boy aktyorlari top-7 taligi: Bryus Lining ustozi Ip Man esa 4-o‘rinda

    12 aprel, 11:59

    So‘nggi nafasgacha kurashgan: saraton tufayli bevaqt olamdan o‘tgan mashhurlar

    12 aprel, 14:59

    Otasining qo‘lidan o‘lim topgan voris: sulton Sulaymon nima uchun shahzoda Mustafoni qatl etgan? 

    14 aprel, 12:09

    “Vasabi” filmi yulduzi Reko Hirosue hibsga olindi

    14 aprel, 14:57

    Yillar davomida e’tiborimizdan chetda qolgan mashhur sovet filmlaridagi xatolar (foto)

    15 aprel, 09:49

    Bir o‘limdan qolgan, “Qalpoq”dagi obrazi mashhur qilgan va kuniga minglab xatlar oladigan Alfiya kampir — Barno Teshaboyeva haqida 

    14 aprel, 21:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.