• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Boylar ham yig‘laydi: Qiyin hayotiy vaziyatlarni boshdan kechirgan turk aktrisalari

    Mashhurlik, boylik, butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarga ega bo‘lish, hashamatli hayot va har qanday istakni amalga oshirish…Taniqli aktrisalarning hayotini ko‘pchilik aynan shunday tarzda tasavvur qiladi. Ammo ekranda porlab turgan yulduzning real hayoti ortida ko‘p mashaqqatlar bo‘ladi. Barcha insonlar kabi hayoti doim ham oson va hashamatli bo‘lmagan uch nafar turk aktrisalari haqida suhbat quramiz.

    Foto: KP

    Melisa Do‘ngel

    Foto: KP

    Melisa Do‘ngel 1999-yil 18-sentyabrda Istanbulda tug‘ilgan. “Qalbim eshigini qoq” serialidagi Jeren obrazini ijro etgan Melisa Dongel turk kinosini muvaffaqiyatli zabt etdi. Uning otasi turk, onasi slavyan bo‘lib, Do‘ngel rus madaniyatiga bo‘lgan muhabbatini doim namoyon qilgan. U “Eshigimni qoq” serialidagi rolidan so‘ng “Sevgi. Ong. Qasos”, “Dunyo va mening o‘rtamda”, “Sevgi taktikasi-2” kabi loyihalarda bosh rollarni ijro etgan.

    Melisa hech qachon bolaligi haqida gapirishni yoqtirmas edi, faqat vaqti-vaqti bilan ularning uyida rus xalqi milliy taomlari ko‘p tayyorlanishi va ayniqsa olivye salatini yaxshi ko‘rishini aytgan edi. Uzoq vaqt davomida Do‘ngelning muxlislari uning qanday bolalikni boshdan kechirganini bilishmagan.

    Foto: KP

    2021-yilda Melisa 15 yoshidan beri otasi tomonidan muntazam ravishda tahqirlangani va jinsiy tajovuzga uchragani haqidagi bayonoti bilan jamoatchilikni hayratda qoldirdi. Aktrisaning onasi bu haqda doim bilgan, lekin qizi shunchaki yolg‘on gapirayotganiga barchani ishontirgan. Voyaga yetgach, Do‘ngel otasining ustidan politsiyaga shikoyat qildi va tergovdan so‘ng, ayblanuvchi uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi.

    Bundan to‘rt yil avval esa aktrisa o‘zining Elif ismli singlisiga vasiylik qilish uchun uchun ariza berdi. Bu vaqtga kelib, Melisaning onasi Natalya Orlova Sevastopolga ko‘chib ketdi va ixtiyoriy ravishda ota-onalik huquqidan voz kechdi. Ayol bu qilmishini qizlarini yolg‘iz tarbiyalashning iloji yo‘qligi bilan izohladi.\

    Foto: KP

    Bugungi kunda Melisa Do‘ngel shaxsiy hayotini ochiqlamaydi. Aktrisa hali turmushga chiqmagan.

    Neslihan Atagul

    Foto: KP

    Neslihan Atagul 1992-yil 20-avgustda Istanbulda tug‘ilgan, lekin uni haqiqiy turk ayoli deyish biroz noto‘g‘ri. Aktrisaning onasi belorus, otasi esa cherkas. Ko‘pchilik qon aralashganligi sababli Atagulning shunday jozibali ko‘rinishga ega deb hisoblaydi. U oilada ikkinchi farzand bo‘lib, hozirda akasi hamda onasi bilan aloqalarni uzgan. Ammo turmush qurishdan avval va turmushning birinchi yillarida aktrisa onasining hayotidagi eng yaqin va eng yaxshi do‘sti ekanligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

    2012 yilda “Istanbulning ikki yuzi” serialining suratga olish maydonchasida aktrisa syujetga ko‘ra qahramoni oshiq bo‘lgan Kadir Do‘g‘ulu bilan tanishadi. Natijada haqiqiy hayotda ham aktyorlar bir-biriga nisbatan nozik his-tuyg‘ularni boshdan kechiradi. To‘rt yil o‘tgach, aktyorlar turmush qurishdi, ammo keyingi bir necha yil davomida Neslihanning hayoti ayrim turk muxbirlari va muxlislar tufayli do‘zaxga aylandi.

    Foto: KP

    Ommaviy axborot vositalarida Do‘g‘uluning taqiqlangan diniy sektalarga a’zo ekanligi va ko‘pxotinliligi iddao qilindi. Go‘yoki u turmush o‘rtog‘i Neslihanni muntazam ravishda aldashi, uni ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalarda ishtirok etishini taqiqlab qo‘ygani, do‘stlari va hamkasblaridan ajratib qo‘ygani va ayolining har bir qadamini nazorat qilishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi.

    So‘nggi voqealar fonida turk ommaviy axborot vositalarida Kadir Do‘g‘uluning “Sevgi ta’rifi” serialidagi hamkasbi Serra Ariturk bilan birga tushgan videosi e’lon qilindi. Mashhurlarning yonma-yon o‘tirgani aks etgan video jamoatchilik orasida rezonans paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

    Shundan keyin OAV vakillari Serra, Kadir va Neslihandan izoh olishga uringan, ammo aktrisalar javob berishdan bosh tortgan. Aktyor esa Neslihan haqidagi savolga quyidagicha javob bergan: “Hammasi yaxshi, Neslihan uyda. Tongda men uchun ajoyib nonushta tayyorladi, bizda hammasi joyida”.

    Shundan beri Neslihandan uning shaxsiy hayoti haqida so‘ralganda, u qisqacha: “Hammasi ajoyib!” deb javob beradi. Ammo aktrisaning muxlislari Kadir shunchaki rafiqasini o‘z qoidalari bilan yashashga majbur qilganida ayblashdi.

    Foto: KP

    Shunga o‘xshash xabarlar Turkiya ijtimoiy tarmoqlarida doimiy ravishda paydo bo‘ladi, ammo yulduzli juftlik buni hech qachon tasdiqlamaydi.

    Nebahat Chehre

    Foto: KP

    “Muhtasham yuz yil” serialida Ayshe Hafsa — sulton volidasi rolini ijro etgan 80 yoshli turk aktrisasi ulug‘ yoshga yetsa ham doimo go‘zal ko‘rinishda. 1962-yilda debyut qilgan aktrisa faoliyati davomida yuzlab muvaffaqiyatli loyihalarda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. Turk aktrisasi ishtirokidagi eng mashhur loyihalar ichida “Taqiqlangan sevgi”, “Muhtasham yuz yil”, “Iyun kechasi” kabilar ajralib turadi.

    Chehre nomi turk kinosining barcha muxlislariga yaxshi ma’lum bo‘lsa-da, bunday mashhurlik uchun aktrisa juda katta badal to‘lashga majbur bo‘lgan.

    Foto: KP

    15 yoshida Nebahat o‘gay otasi bilan chiqisha olmagani uchun uyini tark etdi. Sakkiz yil o‘tgach, u taniqli turk rejissyori Yilmaz Gunayga turmushga chiqdi. Ammo bir yil ichida er-xotin ajrashishdi. Oilaviy hayot Chehre turmush o‘rtog‘ining qorong‘i tomonlarini ochib bergan edi: u muntazam ravishda rafiqasiga qo‘l ko‘tarar, doim rashk qilar va yangi loyihalarda suratga tushishni taqiqlar edi.

    1976-yilda Chehre ikkinchi marta turmushga chiqdi. Bu safar u basketbolchi Yavuz Demir uchun aktrisalik faoliyatini tugatdi va o‘zini butunlay oilasiga bag‘ishladi. Ammo Demirga bu yetarli emas edi. U ham muntazam ravishda aktrisani kaltaklar va hatto uning hamrohligisiz uydan chiqib ketishni taqiqlar edi. Uch yil davom etgan bu nikoh ham uzildi, so‘ng Nebahat kinoga qaytishga qaror qildi.

    Foto: KP

    Karyerasida 10 yil tanaffus qilgan Chehre uchun kuchli raqobatchilarga to‘la shou-biznes olamini zabt etish murakkab kechdi, ammo u o‘z mehnati, matonati va g‘alabaga bo‘lgan ishonchi tufayli yoshlardan kam bo‘lmagan holda turk kino va seriallari yulduziga aylandi. Aktrisa boshqa turmush qurmadi va farzandlari ham yo‘q.

    5 mart, 19:35   Izoh (0)   9642
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #turk#serial#aktrisa

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “ ‘Muhtasham yuz yil’da Xurram obrazini ijro etganimdan afsusdaman”: ikki qizini yolg‘iz tarbiyalayotgan Maryam Uzerlining iqrorlari 

    17.11.2024, 23:30

    Turk aktrisasi Maryam Uzerli 11 yil deganda yangi serial bilan ekranlarga qaytmoqda

    21.11.2024, 14:49

    “Yovvoyi” seriali jarimaga tortildi, Demet O‘zdemir xalqaro sovringa ega bo‘ldi: turk kinosi yangiliklari

    03.12.2024, 13:30

    “Choliqushi” seriali yulduzi Aydan Shener bugungi kunda qanday ko‘rinishda? (foto)

    05.12.2024, 15:36

    Turk aktyorlarining “Oskar”i: “Oltin kapalak 2024” g‘oliblari aniqlandi

    10.12.2024, 14:40

    Yil sarhisobi: 2024-yilning eng yaxshi turk seriallari (treyler)

    13.12.2024, 16:50

    “Qo‘rg‘on sirlari” qaysi mavsumda tugaydi? Kivanch Tatlitug‘ Istanbulda restoran ochmoqda — turk kinosi yangiliklari

    19.12.2024, 14:40

    To‘rt tilda so‘zlasha oladigan, turk aktyori qalbini zabt etgan va davosiz kasallikdan aziyat chekadigan Yulduz Rajabova 35 yoshda (foto, video)

    26.12.2024, 11:55

    Chuqur ma’noli va o‘tkir syujetga ega 7 ta turk seriali (treyler)

    4 yanvar, 16:47

    Afra va Mert Yangi yilni birga nishonladi, “Qizil sharbat” jamoasiga yangi aktrisalar qo‘shildi: turk kinosi yangiliklari

    7 yanvar, 14:37

    Instagram: Falastinlik bolalarga 2 ta uy sovg‘a qilgan Yulduz Usmonova, tug‘ilganlik guvohnomasini yangilagan Botir Qodirov, 30 mln jarima to‘lagan Mo‘min Ibrohimo...

    9 yanvar, 10:43

    Turk yulduzlarining eng muvaffaqiyatsiz plastik operatsiyalari

    13 yanvar, 13:10

    “Qo‘rg‘on sirlari”dan zerikkanlar uchun: Netflix’ning 5 ta yuqori reytingga ega turk seriallari (treyler)

    15 yanvar, 17:06

    “Hozir yuragim bo‘m-bo‘sh”. Yulduz Rajabova Emre Kiviljim bilan munosabatlari va Gollivud filmidagi roli haqida so‘zlab berdi 

    21 yanvar, 14:48

    Butun dunyo ularni tan olmoqda: Turkiyaning eng mashhur aktyorlari

    23 yanvar, 14:20

    “Muhtasham yuz yil”ga ham taalluqli: nima uchun turk seriallari juda uzoq davom etadi?

    31 yanvar, 09:32

    “Sevgi iztirobi” yulduzi Burak O‘zchivit serial Kamolning o‘limi bilan yakunlanishini istamagan

    12 fevral, 18:51

    Rossiyada “Sevgi iztirobi” turk serialining remeyki suratga olinadi

    14 fevral, 17:25

    Turk seriali uchun syujet: O‘zjan Deniz oilasi tufayli qanday qilib kasalxonaga tushib qoldi?

    22 fevral, 15:15

    Instagram: Valijon Shamshiyev 12-marta ota bo‘ldi, Manzura tug‘ilgan kunini nishonladi, Feruza Yusupovaga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilishdi 

    23 fevral, 13:44

    “Yosh ko‘rinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”. O‘zbek kinosining Sevginatori va mushuklar himoyachisi Manzura 47 yoshda (foto, video)

    24 fevral, 15:45

    Instagram: Yulduz Usmonovaga Ka’baning kaliti sovg‘a qilindi, Abdulla Qurbonovning ota-onasiga qimmatbaho hadyasi, Munisa Rizayeva xonadonida xursandchilik

    25 fevral, 10:14

    “Galatasaroy” Mourinyoning irqchilikka oid so‘zlari bo‘yicha UEFA va FIFA’ga shikoyat qiladi

    25 fevral, 15:34

    Turk aktyori Burak O‘zchivit muxlislari bilan uchrashib, suratga tushish uchun qancha so‘raydi?

    27 fevral, 10:05

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    26 fevral, 21:31

    Turk shou-biznesi yangiliklari: mish-mishlarga nuqta qo‘ygan Hande Erchel, avtohalokatga uchragan aktyor, Burak O‘zchivit oilasida bayram

    28 fevral, 09:24

    Tailand ogohlantirishga qaramay 40 nafar uyg‘urni Xitoyga deportatsiya qildi

    28 fevral, 10:19

    Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul va boshqa turk seriallari yulduzlarining nikoh to‘yi qanday nishonlangan? (foto)

    28 fevral, 12:51

    Mashhur obrazlarda aktyor almashganini tomoshabin qabul qila olmagan filmlar (foto)

    28 fevral, 17:46

    Raketa va dronlardan himoya qiladi, 12 km dan yuqori aniqlikda zarba beradi. Prezidentga ko‘rsatilgan Xitoy va Turkiya qurollari haqida

    28 fevral, 18:45

    Hammasi shundan boshlandi: mashhur turk aktyorlarning birinchi rollari

    4 mart, 14:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rimda zapravkada yuz bergan portlash va yong‘in 40 kishi jabrlandi (foto, video)

    Dunyo | 4 iyul, 20:26

    Farg‘onada Malibu’ning 100 dan ortiq jarimalari bekor qilingani ortidan 5 nafar xodim jazolandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 20:15

    Chexiyaning bir qator shaharlarida yirik blekaut yuz berdi (foto, video)

    Dunyo | 4 iyul, 20:05

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    Dunyo | 4 iyul, 19:55

    Karl Lagerfeldning Parijdagi villasi auksionda 5 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 4 iyul, 19:45

    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

    Reklama | 4 iyul, 18:00

    Taxtaqoracha dovonida yirik yong‘in kelib chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 4 iyul, 19:35

    Isroil zamonaviy tarixdagi eng mudhish genotsid uchun javobgar — BMT

    Dunyo | 4 iyul, 19:26

    Garri Potterdan Cheburashkagacha: ta’tilda bolalarga ko‘rsatish kerak bo‘lgan 10 ta film

    Kino | 4 iyul, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.