• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    “Muhtasham yuz yil”da saroy kanizaklarini gavdalantirgan aktrisalar hozir qanday ko‘rinishda?

    Turk seriallari orasida alohida o‘rin egallagan “Muhtasham yuz yil” loyihasi nafaqat tarixiy syujeti, balki unda ishtirok etgan aktyor va aktirsalar jamoasi bilan ham tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgan. Ayniqsa, saroy kanizaklarini gavdalantirgan ayollar obrazi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Serialda Xurram sultonning dushmanlari rolini ijro etgan aktrisalar hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    Foto: KP.ru

    Nozanin

    Foto: KP.ru

    Serialda sulton Sulaymonning qalbidan joy topa olgan so‘nggi kanizak bu Nozanin edi. U hatto sultonga qiz farzand ham tuhfa etadi. Biroq kanizak va uning bolasining taqdiri achinarli kechgan.

    Aktrisa Almeda Abazi serialda Valeriya obrazini gavdalantirgan, u keyinchalik haramga tushgach, ismi Nozaninga o‘zgartirilgan. Almeda — turk-alban modeli va aktrisasi. “Muhtasham yuz yil” uning filmografiyasidagi oxirgi loyiha bo‘lgan. U “Miss Tirana” va “Miss Albaniya” unvonlariga ega bo‘lgan. 2017-yilda u aktyor Tolgaxon Sayishman bilan turmush quradi va Almeda aktrisalik faoliyatiga nuqta qo‘yadi. 2019-yil may oyida o‘g‘il, 2021 yil iyun oyida esa qiz farzand dunyoga keltiradi.

    Foto: Instagram
    Foto: Instagram

    Hozirda Almeda Abazi butun e’tiborini onalik vazifasiga qaratgan. U kino yoki modellik sohasiga qaytishni rejalashtirmayapti. Uzoq vaqt davomida muxlislar uning aktyorlikni tark etishiga erining rashki sabab deb o‘ylashgan. Biroq Almeda va Tolgaxon bu mish-mishlarni inkor etishgan. Abazi bu qarorni o‘zi ongli ravishda qabul qilganini aytgan.

    Foto: Instagram

    Fotima

    Foto: Pinterest

    Fotima — shahzoda Mustafo haramidagi kanizaklardan biri bo‘lgan. “Muhtasham yuz yil” serialida Fotima xotun obrazi eng salbiy xarakterlardan biri sifatida esda qolgan. U saroyga kelgan ilk kunidanoq Mohidavron tarafini olib, boshqa kanizaklar, xususan, Xurramga qarshi kurashga kirishgan. Fotimaning fe’l-atvori o‘ta qattiqqo‘l, rahmsiz va manfaatparast edi — u o‘z maqsadiga yetishish uchun hech narsadan tap tortmasdi. Aynan shu xususiyatlari tufayli ko‘plab tomoshabinlar uni tashqi ko‘rinishidan ko‘ra ichki dunyosi uchun yoqtirmagan.

    Foto: KP.ru

    Bu obrazni turk aktrisasi Gonja Sariyildiz gavdalantirgan. Serial efirga chiqqach, tomoshabinlar uni real hayotda ham salbiy qahramon deb o‘ylab, ijtimoiy tarmoqlarda salbiy fikrlar bildirgan. Biroq Gonja aktrisalik faoliyatini davom ettirdi va keyinchalik “Sevadi — sevmaydi”, “Mening shirin yolg‘onim” kabi loyihalarda suratga tushdi. Shaxsiy hayotini ommaga oshkor qilmaydigan aktrisa hozirda ham kino sohasida faoliyat yuritmoqda.

    Foto: Instagram

    Elif

    Foto: KP.ru

    Elif shahzoda Mustafoning birinchi kanizagi bo‘lgan. Ammo uning baxti uzoqqa cho‘zilmaydi. Mohidavron uni Xurramga qarshi kurashishda vositachi sifatida foydalanadi. Fotimaning fitnasi tufayli Elif o‘g‘rilikda ayblanadi va butun haram ko‘z o‘ngida u joniga qasd qiladi.

    Bu obrazni turk aktrisasi Go‘zde Chigaji ijro etgan. Vaqt o‘tib, aktrisa ancha o‘zgarib ketgan. Ba’zi muxlislar uni o‘z yoshiga nisbatan ancha katta ko‘rinadi deb hisoblashadi. Shunga qaramay, Go‘zde doimiy ravishda yangi rollarga takliflar olib turadi. U “Bolqon allasi”, “Bir oila tarixi”, “Qora yurak” kabi filmlarda ishtirok etgan.

    Foto: Haberler

    Izabella

    Foto: KP.ru

    Izabella Kastiliya sultonning haramiga tushib qolishini va uni yurakdan sevib qolishini xayoliga ham keltirmagan edi. Dastlab Sulton uni siyosiy o‘yinning bir bo‘lagi deb biladi, ammo tez orada Izabella ayol sifatida ham qiziqish uyg‘otadi. Roksalana esa, albatta, sultonni chet ellik ayol bilan bo‘lishishni istamas edi.

    Foto: Hurriyet

    Izabella rolini Melike Ipek Yalova ijro etgan. Bu uning ilk roli bo‘lgan va uni tasodifan olgan. Melike — diplomatning qizi bo‘lib, ilgari to‘ylar tashkilotchisi bo‘lib ishlagan. Ammo suratga olish jarayoni unga yoqib qolgan va u kino sohasida faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan. U “Kara amaki”, “Hayot qo‘shig‘i”, “Bir vaqtlar Chukurovada”, “Aybsiz ayblanuvchi” kabi filmlarda rol o‘ynagan. Hozirda turmushdan ajrashgan.

    Foto: Karar

    Yelena

    Foto: KP.ru

    Yelena ham shahzoda Mustafoning kanizaklaridan biri, ammo boshqalardan farqli ravishda u ozod ayol bo‘lgan. Uni ko‘rganda Mustafo o‘zini tanishtirmagan. Uzoq tanaffusdan so‘ng shahzoda Yelenaning majburan turmushga berilishidan xabardor bo‘ladi. U qizning oilaviy qarzlarini to‘laydi va Yelenani haramga olib keladi. Faqat shunda Yelena tanishgan erkak aslida Mustafo ekanini bilib qoladi. Biroq haramda ozod qizning paydo bo‘lishi hech kimga yoqmaydi. Sulton bu ishni eshitib g‘azablanadi. Mustafo uni nikohiga olishni xohlasa-da, yakunda Yelena haramni tark etib, uyiga qaytadi.

    Foto: KP.ru

    Yelena obrazini Jemre Ebuziya gavdalantirgan. Bu aktrisaning ilk loyihasi emas edi. Uning otasi aktyor, bobosi taniqli rejissyor bo‘lgan. Jemre faol tarzda kino olamida ish olib boradi. “Agar chin dildan sevsang”, “Opalar”, “Qizil Istanbul” kabi filmlarda rol o‘ynagan. Shaxsiy hayoti haqida ma’lumotlarni ochiqlashni yoqtirmaydi.

    Feruza

    Foto: KP.ru

    Feruza sulton Sulaymonning eng sevimli kanizaklaridan biri va Xurramning eng kuchli raqibi bo‘lgan. Agar tatuirovka voqeasi bo‘lmaganida edi, Roksalana hali ko‘p vaqt unga qarshi kurashishiga to‘g‘ri kelardi. Ko‘pchilik tomoshabinlar Feruzani aynan uning cholkasi va umuman soch turmagi tufayli xunuk aktrisa, deb atashgan.

    Foto: KP.ru

    Bu obrazni Jansu Dere ijro etgan. “Muhtasham yuz yil” aktrisaning ilk loyihasi bo‘lmasa-da, aynan shu rol unga dunyo miqyosidagi mashhurlikni olib kelgan. Aktrisa hali ham kinolarda faol suratga tushmoqda.

    Mehriniso

    Foto: KP.ru

    Mustafo haramidagi so‘nggi kanizak, keyinchalik uning yagona rafiqasiga aylangan Mehriniso Barbarossaning qizi bo‘lgan va shahzodaga voris — o‘g‘il tug‘ib bergan. Ushbu obrazni aktrisa Berrak Tuzunatach ijro etgan. U model bo‘lib ham faoliyat yuritadi. Tuzunatach “Tikuvchi”, “Biz shundaymiz”, “Tub”, “Fi, Chi, Pi” kabi loyihalarda rol o‘ynagan. U turli reklama roliklarida ham suratga tushgan.

    Foto: KP.ru
    11 aprel, 14:00   Izoh (0)   56215
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #“Muhtasham yuz yil”#turk#serial

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Muhtasham yuz yil” yulduzlari ishtirokidagi 7 ta qiziqarli serial (treyler)

    12.12.2024, 15:48

    “Muhtasham yuz yil”ni qayta-qayta ko‘rishdan charchaganlar uchun 5 ta tarixiy turk seriali (treyler) 

    16.12.2024, 16:40

    Turk yulduzlarining eng muvaffaqiyatsiz plastik operatsiyalari

    13 yanvar, 13:10

    Butun dunyo ularni tan olmoqda: Turkiyaning eng mashhur aktyorlari

    23 yanvar, 14:20

    “Muhtasham yuz yil”ga ham taalluqli: nima uchun turk seriallari juda uzoq davom etadi?

    31 yanvar, 09:32

    Muvaffaqiyatli loyihalarda suratga tushish imkonini qo‘ldan boy bergan kino yulduzlari (foto)

    10 mart, 12:50

    Tatu, tashqi ko‘rinish, spirtli ichimliklar va ishqiy munosabatlar: turk aktrisalari qanday mavzuda ayovsiz tanqid qilinadi?

    12 mart, 13:51

    Buyuk hukmdor, yomon er va qattiqqo‘l ota: aslida Sulton Sulaymon qanday odam bo‘lgan?

    14 mart, 09:22

    Turkiyalik aktyor Halit Ergench to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

    13 mart, 10:35

    Bitta qism uchun 49 ming, mavsum uchun 2 mln dollar: Eng ko‘p pul sarflangan turk seriali “Olis shahar” haqida

    18 mart, 19:40

    “Muhtasham yuz yil”ni ortda qoldirgan va 5,5 milliarddan ortiq tomosha qilingan turk seriali qaysi?

    17 mart, 09:35

    “Qo‘rg‘on sirlari”ning final sanasi ko‘chirildi, Murat Yildirim psixoligik trillerda o‘ynadi, Hande Erchelning to‘yi nega kechikmoqda? Turk kinosi yangiliklari

    18 mart, 15:30

    Muvaffaqiyat sirlari: Maryam Uzerli va boshqa mashhur turk aktrisalari shon-shuhrat sari yo‘lini qanday boshlagan edi?

    25 mart, 17:40

    Muvaffaqiyatli karyera qurgan, biroq shaxsiy hayotda baxt topa olmagan turk aktrisalari

    26 mart, 17:35

    Volida bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan va kanizaklar bilan tortishmagan: Xurram sulton tarixda qanday ayol edi?

    31 mart, 13:55

    Qaysi turk aktyori serialning bir qismida suratga tushish uchun 40 ming dollar oladi?  

    28 mart, 14:40

    Yoshligida popkorn sotgan, Gollivud taklifini rad etgan va “yulduzlik kasalligi”ga chalingan Nurgul Yeshilchay 49 yoshda

    27 mart, 16:55

    Chiroyli genetika: turk seriallari yulduzlarining ota-onasi qanday ko‘rinishga ega?

    2 aprel, 11:48

    “Muhtasham yuz yil” da berkitilgan sir: Xurram haramga kelganida necha yoshda edi?

    4 aprel, 16:40

    Kino haqida hatto orzu ham qilmagan: turk aktyor va aktrisalarining asl kasblari

    7 aprel, 19:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.