• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Burak O‘zchivit, Fahriye Evjen va boshqa mashhur turk aktyorlari kinodagi karyerasi davomida qanchalik o‘zgargan? (foto)

    Turk aktyorlari ijodiy faoliyatini turli yo‘llar bilan boshlagan. Ba’zilar bolalikdan aktyorlik kasbini orzu qilgan va maktabdan keyin teatr bo‘limini tugatib, sahnada va kino olamda o‘z o‘rnini topishga harakat qilgan. Qaysidir mashhurlar esa tomoshabinlar ko‘z o‘ngida ulg‘ayib, yoshligidan telenovellalarda rol o‘ynashni boshladi va tajribaga ega bo‘lib o‘z faoliyatini davom ettirdi.

    Kimdir kinoga modellik orqali kirib kelgan va mashhurlikka erishgan. Kimdir tasodifan filmga tushib, prodyuserlar va kasting agentlarining e’tiboriga tushgan. “Yandeks Dzen” nashri mashhur turk aktyorlari birinchi va oxirgi rollarida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.

    Burak O‘zchivit: O‘merdan Usmongacha

    Modellik biznesida katta e’tirofga sazovor bo‘lgan Burak O‘zchivit birinchi rolidanoq chiroyli ko‘rinishi bilan barchaning e’tiborini tortdi. Rejissor Ahmet Senmez tomonidan suratga olingan “Minus 18” serialidagi epizodik Murat rolidan so‘ng “Zoraki koca” serialida suratga tushadi. Aktyor keyinchalik epizod rollarni o‘ynashni davom ettiradi va “Kichik sirlar” teleserialida ishtirok etadi.

    Aktyor o‘z karyerasining boshida o‘ynagan muvaffaqiyatli rollari tufayli, xorijda eng ko‘p sotilgan turk seriallaridan biri bo‘lgan “Muhtasham yuz yil” serialidagi Malkocho‘g‘lu roliga munosib ko‘rilgan. Keyinchalik u shaxsiy hayotida ham muhim rol o‘ynagan “Choliqushi” serialida suratga tushdi va bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Fahriye Evjen bilan birga bosh rolni o‘ynadi.

    Burak ayni damda bir mavsumdan ortiq reyting rekordlarini yangilab kelayotgan “Qurilish: Usmon” serialida Usmonlilar imperiyasining birinchi hukmdori va asoschisi Usmon G‘ozi obrazini gavdalantirmoqda.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    Hazal Kaya: reklama roliklaridan tortib bosh rollargacha

    Hazal Kaya televideniyedagi faoliyatini “Cola Turka” firmasining reklama yuzi sifatida boshlagan. Aktrisa birinchi muhim loyihasi “Taqiqlangan sevgi” serialidagi Nihal rolini o‘ynashidan oldin uchta filmda: “Yangi jodugarlar”, “Kuch. Uyga qaytish”, “Qo‘riqchi farishta”da epizodik rollarni ijro etgan.

    “Aşk-ı Memnu” (“Taqiqlangan sevgi”) seriali izlanuvchan aktrisaning karyerasida burilish nuqtasi bo‘ldi, u Nihal rolini o‘ynab, karyerasida yuqorilashni amalga oshirdi va eng ko‘p ko‘rilgan turk serialidagi muvaffaqiyatli ijrosi bilan barchani lol qoldirdi. Aktrisa ijodiy faoliyati davomida 22 ta loyihada rol o‘ynagan. Ulardan eng mashhurlari: “Men unga Fariha deb ism qo‘ydim", turklar ham har yili qaysidir telekanalda ushbu serialni tomosha qilishni yaxshi ko‘radi, “Bizning hikoya” loyihasi esa xorijda eng ko‘p sotilgan seriallardan biri bo‘ldi.

    Aktrisaning oxirgi rollaridan biri “Pera Palas mehmonxonasidagi yarim tun” serialidagi Esra obrazidir. Loyihani suratga olish ishlari Hazal Kayaning homiladorligi sababli 2023-yilning yoziga qoldirilgan.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    Fahriye Evjen: kutilmagan taklif ijodiy karyeraning boshlanishiga sabab bo‘ldi

    Fahriye Evjen o‘z hayotini aktyorlik bilan bog‘lashni rejalashtirmagan. Uning ota-onasi Germaniyaga bordi, Fahriye o‘sha yerda o‘rta maktabni tugatdi va Dyusseldorfdagi Geynrix Geyn universitetining sotsiologiya fakultetiga o‘qishga kirdi. Fahriye onasi bilan Istanbulda dam olayotganida kutilmaganda “Hech qachon unutma” serialida rol o‘ynadi. Suratga olish ishlari tugagach, u aktrisalik faoliyatini davom ettirishga qaror qildi va ta’til oldi.

    Birinchi aktyorlik tajribasini 2005-yilda “Hech qachon unutma” teleserialida boshlagan intiluvchan aktrisa dastlab epizodik rollarda, keyin esa yanada ko‘zga ko‘ringan rollarda o‘ynash uchun takliflar ola boshladi. Fahriye ijodiy faoliyati davomida 15 ta loyihada ishtirok etgan. Uning ijodidagi eng muhim loyihalari: “Xazonrezgi”, “Choliqushi”, “O‘limgacha” seriallari va “Sen mening uyimsan”, “Cheksiz sevgi” filmlaridir.

    Aktrisa o‘g‘li Karan dunyoga kelgach, “Alparslon: Buyuk Saljuqiylar” seriali bilan melikning birinchi sevgilisi Alparslon Akchi rolida ekranlarga qaytdi. Ammo u suratga olish jarayonlarida uzoq vaqt qolmadi va loyihaning birinchi mavsumida ishtirok etdi. Fahriye homilador bo‘lganligi sababli, uning serialdagi obrazi vafot etganidan keyin serialni tark etdi.

    Foto: “Yandeks.ru” 

    Aras Bulut Iynemli: reklama roliklaridan tortib “Otaturk” serialidagi mashhur rolgacha

    Aras Bulut Iynemli avvaliga turli reklama roliklarida suratga tushdi, keyin esa 17 fasl davom etgan “Xavfli ko‘chalar” serialida rol o‘ynadi. Bugungi kunda taniqli bo‘lgan ko‘plab aktyorlar o‘z karyeralarini ushbu serial bilan boshladi. Ammo uning faoliyatidagi muhim loyiha “Bebaho vaqt” seriali bo‘ldi, aktyor ushbu loyihada Mete rolini o‘ynadi. Aras ushbu loyihada 3 mavsum davomida aktyorlik sohasida yaxshi tajribaga ega bo‘ldi.

    Aras ijodiy faoliyati davomida 12 ta loyihada rol  oʻynagan: biroq uning eng qiziqarli rollari “Ichkarida” serialidagi Mert va “Chuqur”dagi Yamach obrazlaridir. Aktyorning mashhur rollaridan biri “7-bo‘lmadagi mo‘jiza” filmidagi Memo roli hisoblanadi. Hozirgi kunda Aras Disney+ telekanalida namoyish etiladigan “Otaturk” seriali ustida ishlamoqda, aktyor imidjini o‘zgartirdi va boshqa takliflarni rad etdi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Barish Arduch: uni har qanday rolda ko‘rishingiz mumkin

    Barish Arduch asta-sekinlik bilan shon-shuhrat va mashhurlikka erishdi, u ijodiy faoliyatini “Tingla, azizim” va “Yomon yettilik” seriallaridagi kichik rollardan boshlab, “Kichik xonim” serialida mahoratini namoyish etdi va turmush o‘rtog‘i Gupse Ozayning “Delixa” filmidan keyin mashhurlikka erishdi. Arduchning eng mashhur bo‘lgan vaqti Elchin Sangu bilan partnyorlikda rol o‘ynagan “Ijaraga berilgan muhabbat” romantik komediyasi bo‘lib, loyiha tomoshabinlarda hayrat uyg‘otdi.

    Shuningdek aktyor “Chuqur”, “Quzg‘un”, “Klub” seriallarida ham unutilmas rollarni ijro etgan. Barish bugungi kunda “Alparslon: Buyuk Saljuqiylar” loyihasidagi melik Alparslon roli bilan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘lmoqda.

    Foto: “Yandeks Dzen” 

    Asli Enver: reklama roliklaridan tortib bosh rollargacha

    Reklama roliklarida e’tiborni tortgan Asli Enver ilk bor televizor ekranlarida “Hayot ilmi” serialida suratga tushgan, biroq “Boshdagi shamollar” serialidan so‘ng o‘zining ajoyib aktyorlik qobiliyati va tabiiy go‘zalligi bilan barchani zabt etgan Mine obrazi tufayli mashhurlikka erishdi. Hozir ham yoshlar tomosha qilishdan charchamaydigan bu serial Asli Enverning televideniyedagi 5 mavsum davom etgan ilk uzoq yillik ishi bo‘ldi. Asli ishtirokidagi eng mashhur seriallardan biri “Istanbullik kelin”, u serialda O‘zjan Deniz bilan birga o‘ynagan.

    Aktrisaning raqamli platformalarda 12 ta teleloyiha va 2 ta: 2023-yilda prokatga chiqadigan “Ishonchli qo‘llarda” (Netflix) va “Kvest” (Disney+) kinokartinalari mavjud. Asli “Mening ismim Farah” loyihasidagi navbatdagi ishidan homiladorligi tufayli voz kechishga majbur bo‘ldi.

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Alina Boz: tomoshabinlar ko‘z o‘ngida voyaga yetgan

    Alina Boz — deyarli hech qachon o‘zgarmaydigan va tabiiy go‘zalligini yo‘qotmaydigan turk aktrisalaridan biridir. Alina Boz birinchi marta 15 yoshida “Jasur hamshira” loyihasida suratga tushgan. Shundan keyin u reklama roliklarida suratga tushishda davom etdi. Aktrisa “Mayda narsalar” serialidagi rolidan keyin mashhurlikka erishdi.

    Uning ishtirokidagi har bir yangi loyihaning tomoshabinlari kengayib, muxlislari soni ortib bordi. Uning ijodiy faoliyatida 14 ta loyiha mavjud. Aktrisaning eng yorqin va eng qiziqarli rollari — “Qo‘limni qo‘yib yuborma”, “Sevgi 101”, “Marashanets” filmlaridagi obrazlaridir. FOX telekanalida namoyish etilgan aktrisa ishtirokidagi so‘nggi “Parilar ertagi” seriali Turkiyada mashhur bo‘lmadi.

    Foto: “Yandeks Dzen”
    10.02.2023, 15:53   Izoh (0)   6153
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Farrux Zokirov xonadonidagi quvonchli kun, Shohruxxonning muxlislariga murojaati, Feruza Normatovaning Turkiyadagi fojia haqidagi fikrlari

    09.02.2023, 22:52

    “O‘ligim Turkiyada qolib ketadi, deb qo‘rqdim” — Saida Rametova ketma-ket kelgan hayot sinovlari va turmush o‘rtog‘ining kasalligi haqida (video)

    09.02.2023, 11:50

    Instagram: Bahodir Jalolovning uyi qanchaga tushgan? Rayhon Asadovadan hindcha raqs, Maryam Tillayevaning milliy obrazi 

    08.02.2023, 23:59

    Badminton bo‘yicha Hindiston chempioni, Ayshvariya Ray bilan solishtiriladigan Bollivud yulduzi Dipika Padukonening hayot va ijod yo‘li haqida (foto) 

    08.02.2023, 17:28

    Avvaliga bir xil obraz yaratib, keyin esa iste’dodining yangi qirralari bilan tomoshabinlarni lol qoldirgan kino yulduzlar 

    08.02.2023, 10:55

    Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)

    08.02.2023, 09:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Sun’iy intellekt 2 ta superbakteriyaga qarshi antibiotik yaratdi

    15 avgust, 12:02

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 14:25

    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

    Reklama | 15 avgust, 13:30

    Ommaviy tozalash: Telegram 20,9 mln dan ortiq kanallarni o‘chirib tashladi

    Layfstayl | 15 avgust, 14:05

    17-avgust kuni Yer yaqinidan xavfli asteroid uchib o‘tadi (video)

    Dunyo | 15 avgust, 13:23

    OCHL 2 musobaqasiga qur’a tashlandi. “Andijon”ga Qatar, Bahrayn va Turkmaniston klublari raqiblik qiladi

    Sport | 15 avgust, 13:06

    Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan “harbiy ishonch” o‘rnatmoqchi

    Dunyo | 15 avgust, 12:53

    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki

    Reklama | 15 avgust, 12:00

    “Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz bo‘lish ehtimoli 25 foiz” — Tramp

    Dunyo | 15 avgust, 12:53

    Qoraqalpog‘iston Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 12:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.