• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12712.05
    • RUB161.1
    • EUR14524.79
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qurolli qushchalar” O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    Geosiyosiy maydondagi o‘zgarishlar, o‘zaro kelishilgan o‘yin qoidalarning devalvatsiyasi hamda tobora kuchayib borayotgan nizolar o‘z mavjudligi haqida qayg‘urgan har qaysi davlatni harbiy salohiyatini kuchaytirish haqida jididiy o‘ylashga majbur qilmoqda. Global kuchlarning manfaatlari to‘qnashgan mintaqa yuragi – O‘zbekiston ham mustasno emas.

    Mamlakat avvaliga o‘z ehtiyojlarini tashqi manbalar hisobidan qondirgan bo‘lsa, keyinroq mahalliy imkoniyatlarga diqqat qaratildi. Uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkil etilishi bu borada dastlabki qadam bo‘ldi. 2022-yili markaz turli missiyalarga mo‘ljallangan Lochin oilasiga mansub dronlarni namoyish qildi.

    Uchuvchisiz uchish qurilmalarining klassifikatsiyasi

    Dronlar ular mo‘ljallangan missiya hamda bajaradigan vazifaga qarab bir necha turlarga bo‘linadi. Ilg‘or sensorlar, kuzatuv uskunalari yordamida maʼlumot yig‘adigan qurilmalar razvedkachi sifatida tasniflanadi. Bunday uchuvchisiz uchish vositalariga MQ-9 Reaper, Wing Loong hada Bayraktar TB2 kabilarni misol keltirish mumkin. Yirik hajmi sabab ular zarbdor vazifalarni ham bajaradi. Bu esa ularga bir vaqtning o‘zida ham razvedka, ham hujum missiyalarini bajarish imkonini beradi.

    MQ-9 Reaper droni
    MQ-9 Reaper droni
    Foto: AF.mil

    Video signallarni real vaqt rejimida uzatib, muayyan hududni muntazam kuzatish imkonini beruvchi dronlar esa “kuzatuv” oilasiga mansub hisoblanadi. Ular dushman harakatlaridan taktik darajada boxabar bo‘lib turish, qurollarni yo‘naltirish va zarbadan keyin zararni baholash uchun juda muhimdir. Rossiyaning Orlan, Ukrainaning Shark dronlari bunga misol bo‘la oladi. Jangovar dronlar esa, o‘z nomi bilan talafot yetkazishga mo‘ljallangan. Ular havo hamda quruqlik nishonlariga qarshi raketalar bilan taʼminlanishi yoki bir tomonlama parvoz – kamikadze sifatida foydalanilishi mumkin.

    O‘zbekistondachi?

    Uchuvchisiz uchish vositalarini ishlab chiqarish mamlakat mudofaa sanoatining muhim tarmoqlaridan biridir. Bu bilan bir necha korxona hamda markazlar shug‘ullanib kelmoqda.
    Qayd etilganidek, Lochin uchuvchisiz uchish qurilmalari oilasini tamsil etuvchi umumiy hisoblanadi. Lochin HA-341 modeli kuzatuv, razvedka maʼlumotlari to‘plash kabi vazifalarni bajaradi. 3.54 m × 2.06 m hajmdagi dron vertikal ravishda ko‘tarilib, 120 daqiqa davomida havoda qolishi, 50 kilometr masofaga uchib borishi mumkin. Parvoz balandligi 4,5 kilometrni tashkil qiladi. 

    Bundan tashqari, qurilmani hujumkor missiyalarda ham qo‘llash imkoni bor. Yaʼni qanotlar ostiga 3 kg og‘irlikdagi portlovchi moslamalar, jumladan granatalar ortsa bo‘ladi. Lochin D-141 modeli esa uning biroz torroq doiradagi missiyalarga mo‘ljallangan versiyasi hisoblanadi.

    Lochin HB-352 bundan oldingi ikki modeldan kengoq imkoniyatlari atlari bilan farqlanadi. U 10 soat davomida havoda qolishi, 22 kg foydali yuk bilan 150 km radiusda jangovar topshiriqlarni bajarishi mumkin. Talabga qarab qurilmaga elektr hamda ichki yonuv dvigatellarini o‘rnatsa bo‘ladi. Uning o‘lchamlari 3.1×5.4 mni tashkil qiladi.

    Lochin HB-352 modeli
    Lochin HB-352 modeli
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mazkur oilaga mansub yana bir dronni gibrid qanotli raketa deyish ham mumkin. Sababi u turboreaktiv dvigatel yordamida parvoz qiladi. Bu unga o‘z tezligini 400 km/soatgacha oshirish imkonini beradi. Uning nomi Lochin VM-1 bo‘lib, havo mudofaa tizimlari uchun soxta nishon sifatida qo‘llashga mo‘ljallangan. Biroq ayrim kichik o‘zgartirishlar bilan kamikadze dronga aylantirish imkoni ham bor.

    Ammo katalog shu bilan cheklanmaydi. Havo razvedkasini olib borish uchun mo‘ljallangan Lochin HA-241 modeli hamda turli “Burgut” seriyasiga mansub to‘rt turdagi dronlar ham mahalliy ishlab chiqarilmoqda.

    Kamikadze dronlar

    Bayraktar TB2 kabi dronlar keng spektordagi vazifalarni bajarishi bilan mashhur. Ammo ularni ishlab chiqarish, boshqarish uchun yuqori xarajat talab etiladi. Qolaversa yirik hajm bu turdagi qurilmalarni  havo mudofaa tizimlari uchun oson o‘ljaga aylantiradi. Shu bois harbiylar uchun, ayniqsa yuqori intensiv urush sharoitida, oson ishlab chiqariladigan, ko‘p chiqim talab qilmaydigan dronlar kerak. Bu — xalqaro trend.

    “Jayra” mazkur chaqiriqqa javob hisoblanadi. Uni rasman “HAVZTEZ” deb atashadi. Pikap bazasiga asoslangan tizim yuqori mobillikni taʼminlaydi. Bu besh kishilik operativ bo‘linmaga jangovar topshiriqni bajarib, javob zarbasi kelmasidan xavfsiz pozitsiyaga qaytish imkonini beradi.

    Tizim inventaridan vaziyatni real vaqt rejimida kuzatish uchun FPV-dron hamda kamikadze dronlari joy olgan. Buning yordami bilan “Jayra” 50 kilometr masofadagi nishonlarga zarba bera oladi. Qolaversa, pikap ustiga dushman dronlariga qarshi To‘siq-2 mahalliy elektron urush tizimi ham o‘rnatilgan. Bu himoya chorasi hisoblanadi.

    To‘siq-2 elektron urush tizimi
    To‘siq-2 elektron urush tizimi
    Foto: Daryo

    Ammo “Jayra” pikap bazasiga asoslangan yagona tizim hisoblanmaydi. Konstruktiv tuzilishiga ko‘ra geksokopter sifatida tasniflanadigan uchuvchisiz uchish qurilmasidan ham mana shunday asosda foydalanish mumkin. U ilk bor prezident Shavkat Mirziyoyevning mudofaa sanoati korxonalarining biriga tashrifi vaqtida ochiqlangandi.

    Lochin HA-251 modeli Jayraʼda qo‘llanilgan FPV-dronlardan ko‘p marta foydalanish mumkinligi hamda ishlash prinsipiga ko‘ra farqlanadi. U kamikadze dron emas. Dushman pozitsiyasi, zirhli texnikalari hamda ishchi kuchiga portlovchi moslamalar tashlash orqali ishlaydi. Buning uchun qurilma ostida snaryad hamda granatalar uchun ilgichlar mavjud. Shu jihatdan u Ukrainaning “Baba Yaga” dronlari bilan bir oilaga mansub hisoblanadi. Qurilma yarim soat davomida havoda qolishi, 10 kg foydali yuk ko‘tarishi mumkin.

    Kamikadze dronlarga qaytsak, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan X-1 modeli 50 kilometr, X-2 esa 100 kilometr masofadagi nishonlarga zarba bera oladi. Birinchisi dushman jonli kuchi, yengil zirhli transport vositalariga qarshi mo‘ljallangan bo‘lsa, ikkinchisini yanada yirikroq nishonlarni zararsizlantirishda samarali hisoblanadi. Elektr dvigatel ularga tezligini 120-130 km/soatgacha oshirish imkonini beradi.

    FPV-dronlar

    Yirik hamda o‘rta hajmli dronlarni ishlab chiqarish uchun yuz, baʼzan esa millionlab dollar mablag‘ sarflanadi. Ammo xarajatlar shu bilan cheklanmaydi. Ularni saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish kabi “qimmat ovoragarchiliklar” ham mavjud. Keng ommalashayotgan, turli va modifikatsiyalari kundan kunga ortib borayotgan FPV-dronlar bilan bunday deya olmaymiz.

    Ularni ishlab chiqarish arzon. Komponentlarning aksariyatini 3D printer yordamida chop etish mumkin. Shunday qilib, birgina qurilma narxi 300-600 dollarga tushadi. Uni jangovar qurolga aylantirish uchun esa o‘rtacha ming AQSH dollari miqdorida xarajat talab etiladi. Biroq mahoratli operator boshqaruvida u nihoyatda xavfli qurolga aylanishi, bir necha million dollar qiymatdagi harbiy texnikalarni safdan chiqarishi mumkin. Bu turdagi dronlar bomber hamda kamikadze sifatida tasniflanadi. Birinchisi havodan portlovchi o‘q-dorilar, jumladan granatalar tashlashga mo‘ljallangan bo‘lsa, ikkinchisi o‘zini nishonga borib urish orqali ishlaydi – kamikadze hisoblanadi.

    Lochin FPV-5, FPV-7, FPV-10 dronlari modifikatsiyasiga qarab bu ikki vazifadan birini bajarishi mumkin. Ammo bular asosiy modellar bo‘lib, yetarli maʼlumot berilmagan, ochiqlanmagan yoxud hali ishlanma bosqichida bo‘lgan uchuvchisiz uchish vositalari ham mavjud.

    Umuman olganda, dronlar harbiy fanda inqilob yasadi. Uchuvchisiz uchish qurilmalarini integratsiya qilish orqali salmoqli yutuqlarga erishish, eng avvalo insoniy talafotlarni kamaytirish mumkinligi oydinlashdi. Bu esa ularni zamonaviy urushlarda yangi voqelikka aylantirdi. O‘zbekiston ham o‘z xavfsizligini mustahkamlash uchun bunga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Mudofaa sanoati agentligi tasarrufidagi korxona va ilmiy markazlar xorij davlatlari bilan hamkorlik bilan bir qatorda, ichki imkoniyatlarni ham ishga solmoqda.

    5 may, 19:30   Izoh (0)   426
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #dron#uchuvchisiz uchish qurilmasi#Lochin#Burgut

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Surxondaryoda 267 ta qadimiy tanga va taqinchoq qismlarini boshqa davlatga olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 00:55

    Erdo‘g‘onning sog‘lig‘i yomonligi haqidagi da’volar rad etildi

    Dunyo | 10 iyun, 00:27

    Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 9-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 9 iyun, 23:38

    Tramp Kaliforniya gubernatorini hibsga olishga ruxsat berishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 9 iyun, 23:30

    Italiyada ishxonasidan 150 ming yevrolik oltinni sochiga yashirib olib chiqqan erkak ushlandi

    Dunyo | 9 iyun, 23:15

    Kaliforniya gubernatori Trampni sudga berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 9 iyun, 23:05

    Saida Mirziyoyeva Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 23:00

    Navoiyga 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.