• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    So‘nggi nafasgacha kurashgan: saraton tufayli bevaqt olamdan o‘tgan mashhurlar

    Saraton — ko‘plab insonlar qatori mashhurlarni ham ayab o‘tirmaydigan kasallik. Shon-shuhrat, boylik yoki muxlislarning mehri bu dahshatli tashxisdan asrab qola olmaydi. Quyida hayoti davomida jasorat bilan kurashgan va oxir-oqibat bevaqt olamdan o‘tgan mashhur aktyor va aktrisalar haqida so‘z yuritamiz.

    Foto: Kino.mail.ru

    1. Patrik Sueyzi

    Foto: Kino.mail.ru

    2008-yilda “Ruh” filmi yulduziga me’da osti bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan. Kasallik juda kech bosqichda aniqlangan. Shifokorlar uning atigi bir necha yil umri qoldi deb hisoblashgan. Dastlab aktyor kimyoterapiyadan voz kechdi, lekin oila a’zolari uni intensiv davolanishga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lishdi.

    O‘sha yilning iyul oyida Patrik intervyu berib, saratonga qarshi muvaffaqiyatli kurashayotganini va sog‘ayishga umid qilayotganini aytdi. 2009-yil yanvar oyida u zotiljam bilan shifoxonaga yotqizildi, biroq keyinroq jurnalistlarga hali uzoq yashash niyati borligini aytdi.

    Sueyzi hayot ritmini susaytirmaslikka harakat qilgan: u “Yovuzlik” teleserialida FBR agentini o‘ynagan, rafiqasi Liza Niyemi bilan birga xotiralar kitobini yozishni rejalashtirgan. Navbatdagi kimyoterapiyadan keyin uni ayoli bilan mashina xarid qilayotgan holatda ko‘rishgan. Ammo aprel oyida aktyorda jigar metastazlari aniqlandi va davolanish samara bermadi. Patrik Sueyzi 2009-yil 14-sentyabrda 57 yoshida vafot etdi.

    2. Shennen Doerti

    Foto: Kino.mail.ru

    “Sehrlanganlar” serialida Pru Hollivel rolini o‘ynagan aktrisaga 2015-yilda ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan. Doerti darhol davolanishni boshladi va kasallik remissiyaga tushdi. So‘ng aktrisa faoliyatini davom ettirgan, biroq 2020-yilda kasallik qaytalandi va 4-bosqichda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

    Shennen operatsiya qilindi, nur terapiyasini boshidan o‘tkazdi, ammo 2023-yil iyun oyida saraton hujayralari uning bosh miya sohasiga tarqalgani ma’lum bo‘ldi. Aktrisa yana og‘ir davolanish terapiyalarini boshlashiga to‘g‘ri keldi. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga turmush o‘rtog‘i Kurt Isvarinko bilan ajrim jarayoni ham ta’sir ko‘rsatdi. Shennenning aytishicha, u aliment to‘lamaslik uchun ajrashishga rozilik bermagan. Yangi yil arafasida bergan podkastida aktrisa turmush o‘rtog‘ining xiyonatini murakkab operatsiyadan bir necha daqiqa avval bilib qolganini aytgan. Afsuski, Shennen Doerti 2024-yil 13-iyulda 53 yoshida vafot etdi.

    3. Alan Rikman

    Foto: Kino.mail.ru

    Aktyor birinchi bor 2005-yilda, “Garri Potter” filmidagi professor Sneyp rolini ijro etayotgan paytda saraton bilan yuzma-yuz kelgan. Unga prostata saratoni tashxisi qo‘yildi. Alan murakkab operatsiya o‘tkazdi va kasallikni yengdi, shunga qaramay, u “Feniks ordeni” filmidagi ishini to‘xtatmadi va kino yakunlanishigacha rol o‘ynadi.

    2015-yilda Alan mini insultni boshdan kechirdi. Shifoxonada unga me’da osti bezi saratoni tashxisi qo‘yildi. Xuddi shu kasallikdan otasi ham vafot etgan edi. Kasallik bir muddat alomat bermadi, ammo keyin tez sur’atda rivojlandi. 2016-yil 14-yanvarda Alan 70 yoshiga besh hafta qolganda hayotdan ko‘z yumdi.

    2022-yilda Alan Rikmanning 25 yil davomida yuritgan shaxsiy kundaliklariga asoslangan memuarlari chop etildi.

    4. Chedvik Bouzman

    Foto: Kino.mail.ru

    2020-yil aprel oyida Marvel filmlari yulduzi va “Qora pantera” filmidagi bosh rol ijrochisi ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat e’lon qildi. Ammo muxlislarning e’tiborini loyiha emas, aktyorning holati jalb qildi — u juda ozib ketgan va kasal ko‘rinar edi. Ular sog‘lig‘i haqida so‘ray boshlashdi, ammo Chedvik hech narsa demadi. Ko‘pchilik bu holatni yangi rolga tayyorgarlik deb o‘yladi. Aslida esa, 2016-yilda unda 3-bosqichdagi yo‘g‘on ichak saratoni aniqlangan edi.

    Bousman 2020-yil 28-avgustda Los Anjelesdagi uyida vafot etdi. U atigi 43 yoshda edi. U “Ma Reyni: Blyuz onasi” filmidagi roli bilan vafotidan so‘ng “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan kam sonli aktyorlardan biri bo‘lib tarixga kirdi.

    5. Kyorsti Elli

    Foto: Kino.mail.ru

    “Oltin Globus” sovrindori va “Ikki odam: men va mening soyam” filmidagi rol bilan tanilgan Kyorsti Elli eng makkor saraton turlaridan biriga duch keldi. Yo‘g‘on ichakdagi o‘simta uzoq vaqt belgi bermay, juda tez rivojlandi. U 2022-yil may oyida bel og‘rig‘i sabab shifokorga murojaat qilganida saraton tashxisi qo‘yildi.

    Kyorsti bu jarayon allaqachon xavfli bosqichda ekanligini bilmasdi. Barcha bosqichlardagi davolanishga qaramay, kasallik ustun keldi. 2022-yil 6-dekabr kuni, 71 yoshida, farzandlari va yaqinlari qurshovida vafot etdi.

    6. Odri Hepbern

    Foto: Kino.mail.ru

    Uning iste’dodi va nafisligiga hanuzgacha qoyil qolishadi. Kinematografiyadan tashqari, Odri Hepbern xayriya ishlari bilan shug‘ullangan va BMT bolalar fondining ezgu niyat elchisi bo‘lgan. Bir safar Somaliga safar chog‘ida qorni og‘rib qolgan, ammo u safarni bekor qilmagan. Shveysariyadagi tekshiruvlar hech narsa aniqlamadi. Oradan biroz vaqt o‘tib, unga qorinning ichki qismida joylashgan, kam uchraydigan saraton tashxisi qo‘yildi.

    O‘sma bir necha yil davomida o‘sib, ingichka ichakka tarqalgan edi. Operatsiyadan so‘ng Odri kimyoterapiya kursini oldi. Shifokorlar ijobiy prognoz bergan bo‘lsa-da, bir oy o‘tgach, kuchli og‘riqlar bilan yana kasalxonaga yotqizildi. Tadqiqotlar kasallik yo‘g‘on ichakka ham tarqalganini ko‘rsatdi.

    So‘nggi Yangi yil bayramini u o‘g‘illari va sevimli insoni — aktyor Robert Valders bilan o‘tkazdi. Odri Hepbern 1993-yil 20-yanvarda 63 yoshida vafot etdi.

    12 aprel, 14:59   Izoh (0)   17398
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#aktyorlar#saraton

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Marvel studiyasi aktyorlari suratga olish maydonchalaridan qanday suvenirlarni olib ketgan?

    28.04.2020, 10:29

    Foto: Hind kinosi afsonalari avval va hozir

    20.06.2020, 19:32

    “Muhtasham yuz yil” serialida turli obrazlarni yaratgan qarindosh aktyorlar (foto)

    02.10.2020, 18:28

    Katta seriallarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘lib turadi. “Muhtasham yuz yil” serialida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar (foto)

    10.10.2020, 09:49

    “Biz xuddi egizakdekmiz”: Spirs, Lopes va boshqa yulduzlar onasi bilan qanchalik o‘xshash? (foto)

    12.03.2021, 13:33

    “Saraton — hammasi tamom, degani emas”. Qo‘rqinchli kasallikni yenggan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    29.09.2021, 14:39

    “Va’z o‘qishni bas qiling! Undan ko‘ra yomg‘ir ovozini jimgina tinglash qiziqroq!”. Akira Kurosava filmlarini qanday ko‘rish kerak?

    03.01.2022, 16:11

    “Saraton — hammasi tamom, degani emas”. Qo‘rqinchli kasallikni yenggan o‘zbekistonlik mashhurlar tarixi

    02.01.2022, 14:32

    Gollivudning hanuzgacha “Oskar”ga loyiq ko‘rilmagan mashhur aktyor va aktrisalari (foto)

    16.12.2022, 16:49

    24 ta asosiy nominatsiya: “Oskar” kimga berilishini kim hal qiladi?

    3 mart, 15:35

    2024-yilda eng ko‘p gonorar olgan Gollivud aktyorlari reytingi e’lon qilindi

    4 mart, 13:39

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    Filmda rol o‘ynashni xohlamagan, lekin majbur qilingan Gollivud aktyorlari

    18 mart, 09:46

    Betakror filmlarga beo‘xshov ijrosi bilan putur yetkazgan kinoyulduzlar

    23 mart, 10:25

    Dovyurak kinoyulduzlar: filmlardagi xavfli tryuklarni kaskadyorsiz bajargan Gollivud aktyorlari

    25 mart, 19:55

    Persona non grata: Gollivudning qora ro‘yxatiga tushgan aktyorlar

    27 mart, 18:45

    Birgina ismining o‘zi bilan pul topadigan Gollivud yulduzlari  

    5 aprel, 11:58

    Yoshligida popkorn sotgan, Gollivud taklifini rad etgan va “yulduzlik kasalligi”ga chalingan Nurgul Yeshilchay 49 yoshda

    27 mart, 16:55

    Warner Bros. va Paramount kompaniyalari YouTube’dagi feyk treylerlardan daromad olmoqda

    1 aprel, 19:45

    Gollivud yulduzlarining sevimli taomlari 

    5 aprel, 14:57

    Mukammal qomatga erishish yo‘lida anoreksiyaga duchor bo‘lgan jahon yulduzlari

    9 aprel, 20:15

    Mashhurlarning go‘zal qizlari: Gollivud yulduzlarining farzandlari qanday ko‘rinishda?

    4 aprel, 07:46

    O‘rtoq Saaxovning shlyapasi, Jek Nikolsonning boltasi: auksionda rekord narxga sotilgan mashhur filmlar rekvizitlari

    7 aprel, 09:47

    Yaxshi aktyor, ammo yomon er: Jeki Chan nima sababdan farzandlaridan yuz o‘girgan?

    8 aprel, 12:57

    “Kianu Rivzga yordam bermoqchi edim”: Qozog‘istonlik ayolni “Gollivud yulduzi” aldamoqchi bo‘lgan

    8 aprel, 19:58

    Gollivud yulduzi Xyu Grant va uning oilasini London aeroportida ushlab qolishdi

    9 aprel, 18:40

    Xitoyda Gollivud filmlarining namoyishi taqiqlanishi mumkin

    9 aprel, 15:45

    Tilla Bugatti va Jeyms Bondga tegishli raritet: Gollivud yulduzlarining hech kimnikiga o‘xshamagan avtomobillari

    10 aprel, 09:57

    Kinoga tasodifan kirib kelgan va olamshumul mashhurlikka erishgan Gollivud yulduzlari

    11 aprel, 17:01

    Smartfonlar va baqirish taqiq ostida: mashhurlar farzandlarini qanday tarbiyalaydi?

    10 aprel, 18:45

    Joli asalari bilan, Bekhem sahroda: fotosessiyalarga millionlab dollar sarflaydigan mashhurlar

    11 aprel, 09:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rim papasi Lev XIV, Madonna va Jastin Biber qarindosh bo‘lib chiqdi — NYT

    Shou-biznes | 19 iyun, 18:40

    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi

    Reklama | 19 iyun, 18:16

    “10 yil oldingi o‘zimga ko‘proq tug‘ishni maslahat berardim”. Dilnoza Ismiyaminova shaxsiy hayoti va xiyonat haqida

    Layfstayl | 19 iyun, 18:24

    Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:13

    Dorilar arzonlashib, dorixonalar nazorati kuchaytiriladi: Farmatsevtika agentligi rahbari Abdulla Azizov bilan suhbat

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:12

    Apple va Google akkauntlaridan 16 mlrd parol internetga tarqaldi — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 17:54

    ​​Shamol yo‘nalishining o‘zgarishi sababli bir nechta samolyotlar Toshkentga qo‘na olmadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 17:52

    Yevropa Ittifoqi muzlatilgan rus aktivlarini Ukrainaga yordam beruvchi fondga o‘tkazadi

    Dunyo | 19 iyun, 17:50

    Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 19 iyun, 17:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.