• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Kino Shou-biznes

    Bir o‘limdan qolgan, “Qalpoq”dagi obrazi mashhur qilgan va kuniga minglab xatlar oladigan Alfiya kampir — Barno Teshaboyeva haqida

    “Qalpoq”dagi Alfiya kampir obrazi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish aktrisa Barno Teshaboyeva 14-aprel sanasida tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktrisa Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi Olmazor qishlog‘ida tug‘ilgan. Teshaboyevlar oilasida to‘rt qiz va to‘rt o‘g‘il o‘sib-ulg‘aygan. U oilada oltinchi farzand. Birgina film sabab aktrisa bo‘lishni maqsad qilgan va oliygohga kirolmaganini barchadan yashirgan, Alfiya kampir obrazi bilan tanilgan aktrisaning hayot yo‘li qanday kechgan?

    “San’atga qiziqishim maktabimda chiqmasimdan avval boshlangan”

    Foto: Skrinshot

    — Otam erta vafot etgan, biz kichik yoshda edik. Men maktabda o‘qirdim, oilada sakkizta farzand bo‘lganmiz. Onamning ismi Teshaboyeva Salima, 80 yoshda vafot etdilar. Uddaburon, mehnatkash ayol edi. Bir o‘zlari hammamizni oyoqqa turg‘azdi, o‘qitdi. Oilada hammamiz o‘qimishli, ilmli bo‘ldik.

    Menikidek qiziq va beg‘ubor bolalik hech kimda bo‘lmagan bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Bola paytimizda qo‘shni bolalar bilan sen kelin bo‘lasan, sen kuyov bo‘lasan deb o‘yin o‘ynardik. Boshqa bola kuyov men bo‘lay desa, yo‘q sen xunuksan, mana bu bola kuyov bo‘ladi deb tanlardim. Bo‘lmasa, o‘zim ham ularning yoshidagi bola edim. Ssenariylar tuzib, san’atga qiziqishim o‘sha vaqtdan boshlangan.

    Maktabga borganimdan so‘ng uy ishlarini qilishni uncha yoqtirmasdim. Qo‘y-sigirlarimiz bo‘lardi, shu sigirlarni dalaga olib chiqib, boqib kelish men uchun zo‘r edi. Uydagi qozon-tovoqni yuvish, osh-ovqat qilish men uchunmas edi.

    4-sinfgacha dadam rahmatli ishdan qaytadigan vaqtda ko‘chaning boshiga chiqib olardim. Uzoqdan ko‘rinishlari bilan yugurib borib, yelkasiga minib olardim. 150-200 metr bo‘lsa ham uyimizgacha ko‘tarib olib kelardilar. Aka-ukalarim “Tarozining bir pallasida yettita farzand turardi, boshqa pallasida sen o‘zing turarding. Dadam rahmatli seni boshqacha yaxshi ko‘rar edilar” deyishadi.

    “Cho‘kib, bir o‘limdan qolganman”

    Foto: Skrinshot

    — Har uch oyda buvimnikiga mehmonga borardik. Uylarining yonida katta anhor o‘tgandi. Yozgi ta’tilda shu suvda cho‘milardik. Menga doim balon bilangina suvga tushishga ruxsat berishardi. Bir kuni tush payti hamma uxlab yotgandi. Ha, sizlarsiz maza qilib cho‘milaman deb sekin suv bo‘yiga bordim. Balonni kiyib, suvga tushdim-u, balon belimdan chiqib ketdi. Cho‘ka boshladim, yordam beringlar deb baqirganim sari og‘zimga suv kirib ketaverdi. Cho‘kyapman-u, soniyalar ichida xayolimdan faqat bir narsa o‘tdi — o‘lib qolsam onam yig‘laydi! Hali kichkinaman, lekin shu xayol tinmay aylanaverdi. Shu payt belimga bir narsa urildi. Suv bo‘yida o‘sadigan olcha daraxti ekan, sinib tushgandi. Shunga jon-jahdim bilan tirmashib, chiqib oldim. Qarasam, balonim ham yonimga kelib qolgan ekan. Og‘iz-burnimga anchagina suv kirgandi, yo‘talib-yo‘talib, qayt qilib olib, keyin uyga qaytib borganman va hech nima bo‘lmagandek qolganlarning yoniga yotib uxlaganman. Bu voqeani opalarimga ham, buvimga ham, onamga ham aytmagandim. Bir o‘limdan qolganman, deydi aktrisa.

    “Birgina film sabab san’atni sevib qolganman”

    Foto: Skrinshot

    Televizorda “Komila” degan film namoyish etilgan. Shunda qora ko‘zli, yuzlari dumaloq, yoshi ham o‘sha vaqtda men tengi qizcha rol o‘ynagan. Pianinochi rolini shu qadar qoyilmaqom ijro etganki, sehrlanib qolganman. Televideniyeda “Kino, kino, kino” degan ko‘rsatuv bo‘lardi. Toshkent – 11, Navoiy ko‘chasi – 69 manziliga deb tinimsiz xat yozganman. Har hafta maktub yozardim. “Men Navoiy viloyatining falon joyida yashayman, yoshim buncha, aktrisa bo‘lishni xohlayman. Iltimos, Rixsivoy Muhammadjonov, kelib meni kinoga olib keting”. Bir xil xat yozaverardim va ko‘rsatuv efirga uzatiladigan vaqtda muk tushib, hech bir sonini qoldirmay tomosha qilardim. Lekin hech xatimni o‘qishmasdi. Bir kun o‘yinga berilib, ko‘chaga chiqib ketganimda uzatilgan efirda mening maktubimni, ism-sharifimni o‘qishgan. Qo‘shnim televizorda ko‘rib qolib, “Voy, hozir televizorda Barnoni gapirishdi, sizlarning manzilingizni aytishdi” deb onamning yoniga yugurib chiqqan.

    “Hatto texnikumga kirolmaysan, deyishgan”

    — Maktabni tamomlayotganimda sinf rahbarimiz hammaga o‘zini iqtidoriga qarab, sen tibbiyot texnikumiga, sen quruvchilikka topshir deb maslahat bergan. Menga kelganda esa “Bu turishingda texnikumning yoniga ham yaqinlasholmaysan. Yaxshisi, 3 oylik, 6 oylik kotibalik kurslarida o‘qib ol, hayotda xor bo‘lmaysan” degan. Borib sochiga yopishgim kelib tursa ham indamay qo‘yaqolganman. San’at oliygohiga imtihon topshirib kirolmadim, lekin qishloqdoshlarimga kirolmaganimni aytish uyat edi. Ha, kirdim, o‘qiyapman derdim-u, har kuni aktyorlik mahorati darsiga borardim. Kelasi yil esa o‘qishga kirib ketganman, deydi aktrisa.

    Alfiya kampir rolining yaratilish tarixi

    Foto: Skrinshot

    — 1989-yili institutdagi ustozlarimiz tomonidan o‘ziga xos rol yaratish borasida topshiriq bo‘lgan. Qaysi rolni sahnaga olib chiqsam ekan, deb rosa bosh qotirganman. Shunda mahallamizdagi tatar kampir yodimga tushib, uni kuzata boshladim. Kiyinishi, gapirishi, xatti-harakatlari... Xullas, “Qalpoq”dagi ijodkorlar bilan institutda birga o‘qiganmiz. Ular Alfiya kampir obrazini bilgach, meni ham “Qalpoq”qa taklif etishgan. Alfiya kampir juda mashhur bo‘lib ketdi, hatto o‘z ismim qolib uning nomi bilan chaqiradigan ham bo‘lishdi. Shundan keyin bu obraz institutda mashhur bo‘lgan. Hamma “Alfiya kampir, Alfiya kampir” deb yurardi. Oxirgi paytda Barno ekanligim esimdan chiqib ketgan. Kimdir Alfiya desa, meni chaqiryapti, deb qaraydigan bo‘lganman.

    O‘zim asli o‘zbekman. Mahallamizda tatar kampirlar bo‘lardi. Obrazni o‘sha kampirlarni kuzatgan holda yaratganman, deydi u.

    Barno Teshaboyevaning aytishicha, “Alfiya kampir”ga ikki marta sovchi kelgan. Qashqadaryolik bir otaxon Alfiyaga uylanish niyatida ko‘rsatuv tahririyatiga xat yozgan.

    — Qiziqchi Iskandar Hamroqulov menga doimo aytardi “Siz baxtlisiz, chunki siz nafaqat mashhur, balki sevimli hamsiz”, deb. Endi-endi ushbu so‘zlarning mag‘zini chaqyapman. Darhaqiqat, taniqlilar ko‘p, sevimlilar kam. Bilasizmi, meni ayniqsa, chollar yaxshi ko‘radi, deydi Barno Teshaboyeva.

    Alfiya nima sababdan “Qalpoq”dan chiqib ketgan?

    Foto: Skrinshot

    — Alfiya nega ketganini bilmayman. “Qalpoq”da chiqib tursa, tomoshabini ko‘p bo‘ladi. Bir marta tortishib qolganmiz. U ham Xadrada yotoqxonada turardi. Keyin oldiga bordim, “Men xalq uchun so‘rayapman sizdan, o‘ynab turing. Xalq yaxshi o‘ynagani uchun ataylab chiqarib yubordi”, deb o‘ylaydi, har xil odam bor deganim esimda.

    Ko‘ngli ochiq ayol. Yo‘lda ketayotganimizda ham hammani kuldirib, kayfiyat berib yurardi. Kimdir uni yo‘ldan urdi, kimligini ham bilaman. Mayli, chuqurlashmaylik. Hozir internetda ko‘rinib turibdi, omadini bersin.

    “Qalpoq” uniki ham, u bilan boshlaganmiz. “Qalpoq”ning bir-ikkita sonidan keyin, ko‘rsatuvga qo‘shilgan. “Yana kelaman”, deydigan bo‘lsa, marhamat. Boshqa talantli ijodkorlar ham qatnashmoqchi bo‘lsa, men jon-jon deyman, deydi “Qalpoq”dagi Maraymamat — aktyor Rahmonali Suropov.

    “Umida Mirhamidovaning “Oq atirgullar” shu taronaning klipida chiqqanimda umuman boshqacha ko‘rinishda edim”

    Foto: Skrinshot

    — Instagram’da shunaqa izoh keldi — bir obunachim: “Yoshsiz, chiroylisiz, xalqni xursand qilaman deb o‘zingizni kampirga almashtirib umringiz o‘tyapti. Bunaqa aktrisalar yo‘q, lekin qo‘rqmasdan o‘zingizni qari kampirga aylantirib umrini shu bilan o‘tkazib yubordingiz, haqiqiy aktrisa mana shunday bo‘ladi”, deb yozibdi.

    O‘ylab qolaman, masalan, Umida Mirhamidovaning “Oq atirgullar” shu taronaning klipida chiqqanimda umuman boshqacha ko‘rinishda edim. Shunaqa chiroyli ko‘rinishlarda rol o‘ynasam bo‘lar edi, lekin unaqa qattiq afsuslanmayman. Bunaqa rollarda chiqayotgan aktrisalar juda ko‘p. Muxlislar ularni yaxshi eslay olmaydi. Shunaqa bo‘lgandan ko‘ra Alfiya kampir bo‘lib tanilganim ma’qul, deydi Barno Teshaboyeva.

    Alfiyaning muxlislaridan kuniga minglab maktub keladi

    Foto: Google Images

    — Instagram ochganimga ikki yildan oshdi. Undan oldin Telegram, Instagram, YouTube’larga umuman qiziqmaganman. Zamon talabi, busiz bo‘lmas ekan. San’atkormiz, bir joyga taklif tushsa, YouTube’da ko‘rsatuvlaringiz bormi, Instagram’da lavhalaringiz bormi, deb so‘rashadi. Bu o‘zimga ham ta’sir qila boshladi.

    Instagram ochganimdan keyin Alfiyaning muxlislariga ko‘p ekanini bildim. “Dayrekt”imga bir kunda 500 ta, 1000 ta xabar keladi. O‘qisam, ko‘pchilik shogirdlikka olishimni so‘rab yozishgan bo‘ladi, deydi aktrisa.

    14 aprel, 21:41   Izoh (0)   16346
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Alfiya kampir#“Qalpoq”

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qalpoq”dagi Alfiya — Barno Teshaboyeva tatar kampir obrazining yaratilish tarixini so‘zlab berdi

    29.07.2020, 13:55

    “Tutash taqdirlar” seriali aktyorlari oradan 10 yil o‘tib uchrashdi (video)

    23.08.2020, 20:35

    “Qalpoq”dagi Maraymamat — aktyor Rahmonali Suropov shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi

    01.12.2020, 14:10

    Infarktga chalingan komik aktyor Rahmonali Suropovning yuragi operatsiya qilindi

    08.12.2020, 15:13

    Instagram: Turk yigitga turmushga chiqqan o‘zbek aktrisasi, Feruza Jumaniyozova xonadonida bayram, “pul yomg‘iri”ga duch kelgan Shahlo Zoirova

    16.05.2022, 22:09

    Instagram: Dildora Niyozova san’atni tark etdi, “Chorsu”da pomidor sotayotgan Nargiz Zokirova, “Million” konsertiga borgan Yulduz Usmonova

    21.05.2022, 23:17

    Instagram: Turmushi jar yoqasida turgan Muqaddas Sa’dullayeva, Dilfuza Ismoilovaga Mercedes sovg‘a qilishdi, Izzat Shukurovning nikoh oqshomidan reportaj

    27.06.2022, 22:09

    Instagram: Umidaxon yangi uyli, Odina To‘xtasinova mashinali bo‘ldi, Alisher Uzoqov kumiri bilan uchrashdi, Doston Ergashev YPX xodimining to‘yida bepul xizmatda b...

    28.06.2022, 22:42

    Instagram: “Afsonaning qaytishi”, prezident bilan uchrashgan san’atkorlar, tonirovka haqidagi vaynlar, La'lixonga aylangan Nilufar Usmonova

    01.07.2022, 23:04

    Instagram: Qizini uzatgan taniqli suxandon, Bunyodbek Saidovga atalgan hashamatli tort, Nigina Jabborova Akobirga turmushga chiqyaptimi? Nargiz Zokirova O‘zbekisto...

    02.07.2022, 22:44

    Instagram: Izzat Shukurov “asal oyi”da, Liil Xurramov do‘kon ochdi, Munisa Rizayeva yangi kvartirasini ko‘rsatdi, Rashid Xoliqov xonadonida bayram

    04.07.2022, 22:19

    “Unga nisbatan nohaqlik qildim”. Aziz Rametov san’atdagi yaqin do‘sti Shohruxxonni ranjitgani hamda kinolarda ko‘rinmay qolgani sababi haqida (video)

    10.08.2022, 17:29

    “Aktyorlarning og‘zidan ochlikning hidi kelib turadi”. Aktyor Rahmonali Suropov viloyat teatridagi aktyor va aktrisalarning qiyin sharoiti haqida (video)

    24.08.2022, 18:07

    “Rak bo‘lib qoldim, ikki yil umrim qolibdi, desam ham unashmagan”. Rahmonali Suropov “Qalpoq”ning Alfiya kampir tufayli “zapret”ga tushgani haqida (video)

    26.08.2022, 10:43

    “Kimdir uni yo‘ldan urdi”. Rahmonali Suropov Alfiya kampir nima sababdan “Qalpoq”dan ketganiga oydinlik kiritdi (video)

    09.09.2022, 21:57

    “O‘zavtomotors sizni minib yuribdi”. Davron Kabulovning haydovchilarga murojaati, Avaz Oxun Eyfelni “yutdi”. Instagram yangiliklari

    09.11.2022, 22:22

    “Go‘zal aktrisalar ko‘p, ularni tanishmaydi”. Barno Teshaboyeva yosh bo‘lsa-da, Alfiya kampir sifatida tanilganidan afsuslanmasligi haqida

    26.12.2022, 16:44

    Rol uchun 8 oy lo‘lilar bilan gaplashgan Maryam va xo‘roz sabab televizorga chiqqan Maraymamat — bir roli bilan mashhurlikka erishgan o‘zbek aktyorlari

    13.01.2023, 11:43

    Instagram: 40 yoshli Hulkar Abdullayeva uchinchi bor ona bo‘ldi, Husnora Shodiyeva onasining orzusini ushaltirdi, “Qora niyat” seriali yulduzi oila qurdi

    22.06.2023, 22:36

    Instagram: Sitora Farmonovaning fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi, Feruza Yusupova turmushga chiqdi, Baby Mohi yangi mashinali bo‘ldi  

    12.11.2024, 11:46

    Instagram: Egizak nevarali bo‘ladigan Valijon Shamshiyev, yangi avtomobil xarid qilgan Feruza Normatova, imidjini o‘zgartirgan Alfiya kampir

    6 mart, 09:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 11:16

    Ikkita viloyatda jami 411 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:35

    Jizzaxda IIO xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilgan xabarlarga izoh berildi

    O‘zbekiston | 9 may, 10:07

    O‘zbekistonda 10-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 09:56

    Oston O‘runovning goli “Persepolis”ga g‘alaba olib keldi (video)

    Sport | 9 may, 08:58

    Toshkentdan Laxorga uchadigan reyslar bekor qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 08:44

    Yevropa Ligasi. Angliyaning ikki klubi final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 9 may, 08:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.