• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Otasi tashlab ketgan, paxlava sotuvchi bo‘lishni orzu qilgan, neft magnatining o‘g‘li bo‘lgan: turk kino yulduzlarining muvaffaqiyat tarixi

    Kundan kunga seriallari ommalashishda davom etmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, aktyorlar gavdalantirayotgan turli obrazlar ularga begona emas: taniqli turk aktyorlarining ko‘plari bir vaqtlar o‘z qahramonlari o‘rnida bo‘lgan.

    Demet O‘zdemir

    Demet O‘zdemirning otasi oilasini tashlab ketgandan so‘ng — u va onasiga raqqosa bo‘lgan opasi g‘amxo‘rlik qilgan. Bu ish yaxshi daromad keltirgani bois bo‘lajak aktrisa ham xuddi shu yo‘ldan borishga majbur bo‘ladi. Ko‘p mehnat qilib, Demet avval mashhur qo‘shiqchining raqs guruhiga, so‘ngra basketbol klubining qo‘llab-quvvatlash jamoasiga kiradi va keyinroq klipda suratga tushadi. Aynan o‘sha paytda qiz yaqinlarining maslahati bilan aktyorlik san’atini o‘rganishni boshlaydi.

    Sa’y-harakatlari o‘z natijasini beradi: Demet 20 yoshida Turkiya aviakompaniyasi reklamasida suratga tushgach, tez orada yirik kosmetika brendlari bilan shartnomalar imzolaydi. Aktrisaning birinchi katta loyihasi “Senga sirni ochaman” seriali bo‘lsa-da, biroq unga haqiqiy mashhurlikni “Qulupnay hidi” serialidagi roli olib keladi. Demetning muxlislari “Sen tug‘ilgan uy — sening taqdiring” seriali ortidan yanada ko‘payadi.

    Burak O‘zchivit

    Burak O‘zchivitning ekranga bo‘lgan muhabbati bolaligidayoq namoyon bo‘lgan: u multfilmlarni tomosha qilishni va o‘zini qahramonlar o‘rnida ko‘rishni yaxshi ko‘rardi. Garchi otasi o‘g‘lining o‘zi kabi oilaviy restoranda ishlashidan umidvor bo‘lsa-da, yigit tashqi ko‘rinish tufayli omadi kelganini erta tushunadi va bundan foydalanishga qaror qiladi.

    17 yoshida u allaqachon modellik agentligi bilan shartnoma tuzgan va mamlakatning eng kelishgan erkak unvoniga sazovor bo‘lgandi. Biroq Burakning maqsadi aktyorlik karyerasi edi. Universitetni bitirgach, kinoda ham mashhur bo‘la boshlaydi, ammo “Muhtasham yuz yil” seriali chiqqandan so‘ng haqiqiy muvaffaqiyatga erishadi. Keyinchalik Burak “Choliqushi” filmida ham rol o‘ynab, u yerda bo‘lajak rafiqasini uchratadi.

    Hande Erchel

    Hande kichkina shaharchada tug‘ilgan. Istanbulga kelgach, qiz modellik sabab universitetni tashlab ketadi. Go‘zallik tanlovlaridagi g‘alabalar Handega katta yordam beradi — u bir vaqtning o‘zida kinoda suratga tushgan yirik fransuz brendining yuziga aylanadi. Aktrisa “Qalbim eshigini qoq” serialidagi ishtiroki bilan dunyoga mashhur bo‘ladi.

    Hande suratga olish maydonchasidagi partnyori Kerem Bursin bilan uzoq vaqt munosabatda bo‘lgan. Aktrisa bir necha bor dramatik rollarda o‘zini sinab ko‘rish istagini bildirgan, masalan, “Qora oqqush” filmida Natali Portman bilan birga o‘ynashni xohlagan. Shu bilan birga, u hayotda quvnoq, xayriya faoliyati bilan shug‘ullanadi va ko‘p sayohat qiladi.

    Kerem Bursin

    Kerem noodatiy sharoitda o‘sgan: otasining ishi tufayli oila tez-tez ko‘chib yurgan va Bursinlar AQShga joylashgunga qadar bola Shotlandiya, Indoneziya va Shvetsiyada yashagan. Maktab yoshidayoq u teatr to‘garagiga qatnay boshlaydi va hatto o‘zining rok-guruhini tuzadi, ammo otasi o‘g‘lining o‘z ishini - neft biznesini davom ettirishini xohlardi. Marketolog sifatida o‘qishni boshlagan yigit baribir Gollivudni orzu qiladi va onasining yordami bilan aktyorlik fakultetiga o‘qishga kiradi.

    Karim aktyor sifatida tan olinguncha haydovchi, ofitsiant va hatto farrosh bo‘lib ishlaydi. Tez orada u o‘z vatanida ko‘proq narsaga erisha olishini tushunadi va tasodif aktyorga turk serialida rol o‘ynashga yordam beradi. Uning ortidan boshqa loyihalar boshlanadi, ammo Keremga olamshumul mashhurlikni “Qalbim eshigini qoq” seriali olib keladi.

    Afra Saracho‘g‘li

    Turkiya kinosining o‘sib kelayotgan yulduzi Afra Saracho‘g‘li ko‘plab hamkasblari kabi o‘z faoliyatini model sifatida boshlagan. Otasi ularni tashlab ketgan, onasi esa bir nechta joyda ishlashga majbur bo‘lgan, shuning uchun qiz o‘zi haqida o‘zi g‘amxo‘rlik qilishi kerakligini erta anglagan. 14 yoshida Afra birinchi modellik shartnomasini tuzadi va pul ishlay boshlaydi, lekin ich-ichidan aktrisa bo‘lishni orzu qiladi.

    Bolaligidayoq u xuddi kinodagidek ssenariylar yozishni, kostyumlar o‘ylab topishni va rollar ijro etishni yaxshi ko‘rardi. “Ikkinchi imkoniyat” filmida rol o‘ynash haqidagi kutilmagan taklif qiz uchun orzu sari tashlangan ilk qadam bo‘ladi. Undan keyin Afra yana bir nechta loyihalarda ishtirok etadi, ammo haqiqiy muvaffaqiyatga “Qo‘rg‘on sirlari” serialidagi bosh rol tufayli erishadi.

    Mert Ramazon Demir

    Mert Ramazon Demir — Istanbul yaqinidagi kichik bir qishloqdan kelgan yosh aktyor. Ko‘p bolali oilaning eng kichigi bo‘lgan bola ko‘p vaqtini akalari bilan o‘tkazgan, sportga qiziqqan va hatto futbolchi bo‘lishni ham rejalashtirgan. Biroq 17 yoshida “Hamlet”ni o‘qib, o‘zini Daniya shahzodasi sifatida ko‘rsatishga harakat qilayotganini anglaydi. Aynan o‘shanda u aktyor bo‘lishni xohlayotganini tushunadi va bu san’atni o‘rganishni boshlaydi.

    Ko‘p o‘tmay, Mert filmda epizodik rol o‘ynaydi. Undan keyin yana bir nechta loyihalarda ishtirok etadi va 2022-yilda bosh qahramon rolini o‘ynagan “Qo‘rg‘on sirlari” seriali ekranlarga chiqadi. Hayotda u juda tortinchoq. Asosiy qiziqishi, albatta, kino, ayniqsa, Tarkovskiyning filmlarini yoqtiradi.

    Jan Yaman

    Jan Yaman hamkasblaridan farqli o‘laroq, kino sanoatiga tezda kirib kelmagan. U maktabni a’lo baholar bilan tugatib, universitetda o‘qiydi va advokat bo‘lib ishlay boshlaydi. Eng yaqin do‘sti uning iste’dodiga e’tibor qaratmaguncha, u hobbi sifatida aktyorlik mahorat kurslariga borib yurgan. Shunda Jan o‘z hayotini o‘zgartirishga qaror qiladi va bir nechta ikkinchi darajali rollardan so‘ng unga jiddiyroq takliflar kela boshlaydi.

    “Janob Xato” seriali chiqqandan so‘ng aktyor haqiqiy mashhurlikka erishadi. Kinodagi karyerasiga qaramay, u birinchi kasbini tark etmaydi va hozirda yuridik firmaning hammuassisi. Bundan tashqari, Jan gitara va pianino chalishni yaxshi ko‘radi va yaqinda hatto “Ovoz” shousida ishtirok etdi.

    Maryam Uzerli

    Yarim turk Maryam Germaniyada ko‘p bolali oilada tug‘ilgan. 5 yoshida qizni ota-onasining do‘sti spektaklda ishtirok etish uchun teatrga olib borishadi. Keyinchalik Maryam Gamburgdagi nufuzli teatr maktabiga o‘qishga kiradi. O‘qishni tugatgandan so‘ng, qiz spektakllarda o‘ynashda davom etib, nemis filmlariga takliflar ola boshlaydi.

    Bir kuni dugonasi qo‘ng‘iroq qilib, turk loyihasida rol o‘ynashni taklif qiladi — shu tariqa Maryam uni mashhur qilgan “Muhtasham yuz yil” serialida ishtirok etadi. Aktrisa, shuningdek, kosmetika brendining yuzi bo‘lib, yaqinda do‘konlar va kafelar tarmog‘ini ham ochdi.

    Barish Ardush

    Garchi Barish turk aktyori bo‘lsa-da, u Shveysariyada tug‘ilgan, ota-onasi esa alban millatiga mansub. Bolaligida u paxlava sotuvchi bo‘lishni orzu qilgan, ammo katta bo‘lgach, sportga: futbol, suzish va basketbolga qiziqib qolgan. Biroq sport akademiyasida bir yil o‘qigan Barish bu orzusidagi ish emasligini tushunadi va konservatoriyaning aktyorlik bo‘limiga o‘qishga kiradi.

    Yosh yigitning karyerasi teatrda boshlangan, ammo u tezda kinorejissyorlarning e’tiborini tortadi va rol o‘ynay boshlaydi. Barishning mashhurligi Elchin Sangu bilan birga “Ijaraga olingan sevgi” filmida ishtirok etadi. Keyin esa “Quzg‘un” serialida rol o‘ynaydi. Suratga tushishdan tashqari, u akasi bilan birga aksessuarlar do‘konini ochib, biznes bilan faol shug‘ullanadi.

    21.10.2024, 09:20   Izoh (0)   35374
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #turk kinosi#“Muhtasham yuz yil”#Hande Erchel#Maryam Uzerli

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hande Erchel, Fahriye Evjen va vazn yo‘qotib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan boshqa turk aktrisalari (foto)

    25.10.2022, 14:50

    Dunyoni yaxshilik qutqaradi: Suratga tushish bilan birga xayriya ishlarini amalga oshiradigan turk kinosi yulduzlari (foto)

    22.11.2022, 17:49

    Emre Kiviljim yangi loyihada suratga tushmoqda, Xande Erchelning jiyani saratonga chalindi. Turk kinosi yangiliklari

    14.12.2022, 19:45

    “G‘aroyib shifokor” “Qarg‘a” va Turkiyada sevib tomosha qilingan boshqa yangi seriallar

    18.12.2022, 12:30

    Burak O‘zchivit: Turk kinosi yulduzining muvaffaqiyat sari uzoq yo‘li hamda shaxsiy hayoti haqida

    29.12.2022, 19:41

    Kaan Urganjio‘g‘li yangi loyihada suratga tushdi, “Sipohiy” serialining rejissori o‘zgardi. Turk kinosi yangiliklari

    15.01.2023, 11:50

    “Sevgi taktikasi”, “Oh, Belinda” va turk kinosi ixlosmandlariga manzur bo‘ladigan boshqa yangi seriallar (video)

    18.09.2023, 13:41

    Turmush o‘rtog‘ining mashhurligi soyasida qolib ketgan aktrisa: Berguzar Korel haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar

    03.05.2024, 12:51

    Ko‘tarinki kayfiyat kafolatlangan: turk kinosi ixlosmandlariga manzur bo‘ladigan komediya janridagi seriallar (treyler)

    14.05.2024, 14:50

    “Muhtasham yuz yil” serialidagi Jahongir — turk aktyori Tolga Saritash uylandi (video)

    01.07.2024, 12:05

    Tashqi ko‘rinishini plastik operatsiya yordamida o‘zgartirgan turk kinosi yulduzlari (foto) 

    30.08.2024, 16:42

    Har qanday tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan yangi turk seriallari

    02.09.2024, 14:20

    Instagram: Oydin Yusupova turmushga chiqdimi? “Sevgi iztirobi”dagi Asu farzand kutmoqda, Davron Ahmedov o‘g‘lini uylantirdi

    13.09.2024, 11:50

    Instagram: Uill Smit bilan uchrashgan Maryam Tillayeva, otasiga avtomobil sovg‘a qilgan Feruza Yusupova, Shohruxxonning yana bir qiyofadoshi topildi

    16.09.2024, 09:50

    Melisa Pamuk homilador, Birje Akalay turmushga chiqmoqda: turk kinosi yangiliklari

    21.09.2024, 11:55

    Instagram: Botir Qodirovning qiyofadoshi topildi, Yoqub Ahmedov qizini uzatdi, Parizodaga shogirdlari syurpriz tashkillashtirdi

    20.09.2024, 10:51

    Hande Erchel yangi loyihaga qo‘l urdi, “Qo‘rg‘on sirlari” suratga olinayotgan uy sotuvga qo‘yildi: turk kinosi yangiliklari

    24.09.2024, 13:43

    “Ahad Qayumning mahsuloti — tirikchilik manbayi, kino emas”. Mehriddin Rahmatov san’atdagi muammolar va orzusidagi rol haqida (video)

    25.09.2024, 10:21

    Turk kinosi yulduzlari mashhurlikka erishishdan avval suratga tushgan 5 ta serial

    07.10.2024, 12:55

    Instagram: Ulug‘bek Otajonov nevarali bo‘ldi, Barchin G‘ofurova oshqozonini kestirmoqda, Jaloliddin Ahmadaliyevni to‘yga chaqirish qanchaga tushadi?

    11.10.2024, 21:27

    Instagram: O‘zbek shou-biznesidagi to‘ylar, Durdona Qurbonovaning singlisiga qimmatbaho sovg‘asi, G‘ulomjon Yoqubovning yoshlik siri nimada?

    14.10.2024, 10:40

    Instagram: Dubaydan uy xarid qilgan bloger, yangi mashinali bo‘lgan Asqar Hikmatov, Ozoda Nursaidovaga “Lada” sovg‘a qilishdi

    15.10.2024, 09:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqanddagi korxona 5,3 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangani aytildi

    O‘zbekiston | 24 may, 15:00

    Qiziqarli va foydali: bolalarning zerikishiga yo‘l qo‘ymaydigan 8 ta interaktiv o‘yinchoq

    Layfstayl | 24 may, 14:35

    O‘zbekistonda 11-sinf bitiruvchilari orasida qizlar ko‘pmi yoki yigitlar?

    O‘zbekiston | 24 may, 14:15

    MrBeast YouTube tufayli eng yosh milliarderga aylandi

    Layfstayl | 24 may, 13:40

    O‘zbekistondan Moskavaga uchadigan bir qancha reyslar jadvali o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 24 may, 13:15

    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

    Reklama | 24 may, 13:30

    Surxondaryoda YPX xodimi qochishga uringan haydovchiga elektroshoker qo‘lladi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 12:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.