18-maydan boshlab Toshkent aholisi uchun Shahrisabz yanada yaqinroq bo‘ladi. Silk Avia parvozlar chastotasini haftasiga to‘rt martagacha oshiradi: parvozlar seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airways guruhiga kiruvchi Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi O‘zbekiston bo‘ylab qulay sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda. 18-maydan boshlab Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga to‘rt martagacha oshiriladi.
Parvozlar seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Barcha aviaqatnovlar kunning birinchi yarmida rejalashtirilgan, bu esa dam olish kunlari ham, ish kunlari ham parvozlarni samarali rejalashtirish imkonini beradi. Parvoz vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi.
- Bir tomonga: 352 000 so‘mdan;
- Ikki tomonga: 704 000 so‘mdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi bosqichda parvozlar LET L-410 havo kemalarida haftasiga ikki marta amalga oshirilgan. 10-maydan boshlab aviaqatnovlar ATR 72-600’ga o‘tkazildi, bu esa bortda yanada yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlaydi. Uchinchi bosqichda ATR 72-600 havo kemalarida parvozlar chastotasi oshirildi.
Aviachiptalarni silk-avia.com saytida, Silk Avia ilovasi orqali, O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qiling.
Silk Avia bilan O‘zbekistonning yangi ufqlarini kashf eting.
Сайт: www.silk-avia.com
Facebook: fb.com/silkavia.live
Instagram: @silkavia.live
Telegram: t.me/silkavia_live
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)