• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Yosh qizga uylangani sabab oilasi bilan janjallashib, yurak xurujini boshdan kechirgan mashhur turk aktyori — O‘zjan Denizning serqirra hayoti

    O‘zjan Deniz — iste’dodli turk aktyor, qo‘shiqchi, rejissyor va musiqachi. U o‘z kasbining haqiqiy ustasi. Ko‘p yillar oldin aktyor ota-onasining maslahatiga quloq solganida, dunyo uning iste’dodidan bebahra qolishi mumkin edi.

    O‘zjan Deniz 1972-yil 19-mayda Anqarada tug‘ilgan. Uzoq vaqt davomida muxlislari aktyorning oilasi kino olami yoki shou-biznesga hech qanday aloqasi yo‘q deb o‘ylashgan, aslida esa u mashhur qo‘shiqchi Shakironing jiyani bo‘lgan. O‘zjan 6 yoshidayoq vokal qobiliyatlarini namoyon eta boshlagan va ota-onasi uni musiqa maktabiga berishga qaror qilgan. 13 yoshida Deniz teatrga qiziqib qolgan. U mustaqil ravishda pyesalar yozib, teatr spektakllarini sahnalashtirgan va darsdan tashqari tadbirlarda katta ishtiyoq bilan qatnashgan.

    Turk seriallari yulduzi 16 yoshida ota-onasiga o‘qishni tashlab, butun hayotini musiqa va sahnaga bag‘ishlashini aytgan. Oilasining qarshiligiga qaramay, O‘zjan Istanbulga ko‘chib o‘tadi va musiqiy faoliyatini boshlaydi, bu unga katta daromad keltiradi. Keyinchalik u Germaniyaga ko‘chib, bir necha yil davomida ovozi va imiji ustida ishlaydi.

    Ijodiy faoliyati

    O‘zjan Deniz kinematografiyadagi ilk qadamini 1994-yilda Memduh Un rejissyorligidagi “Sevishimni unga ayt” filmi bilan boshlagan. Biroq uning dastlabki shuhrati Nurgul Yeshilchay bilan birga rol ijro etgan “Xonadon” seriali orqali keldi. Aktyorning keyingi faoliyati muvaffaqiyatli rivojlandi. 2004-yilda u “Iyun kechasi” ko‘p qismli filmida, keyinchalik “Qayerdasan Firuza?”, “Taqdir”, “Sevgi tafti”, “Kelo‘g‘lon Qaraprensga qarshi” va boshqa filmlarda suratga tushdi.

    “Qora gul” va “Sevgi taqdirga qarshi” kabi seriallar O‘zjanga jahon miqyosidagi shuhrat keltirdi. 2017-yilda u Turkiyada mashhur yozuvchi va ruhshunos Gulseren Budayjiog‘luning romani asosida suratga olingan “Istanbullik kelin” serialida bosh rolni ijro etdi.

    Turk aktyori “Seni uzoq kutdim”, “Sinxron”,“Qizil g‘unchalar”, “Ikkinchi imkoniyat”, “Hammasi sevgi tufayli”, “Narigi tomon”,“Suv va olov”, “Sen mening uyimsan” kabi ko‘plab serial va filmlarda rol ijro etgan.

    O‘zjan Deniz nafaqat iste’dodli va serqirra aktyor, balki mohir rejissyor va ssenariy muallifi hamdir. Kinematografiyadagi muvaffaqiyatli faoliyatiga qaramay, u musiqani ham hech qachon e’tibordan chetda qoldirmaydi. Turdizi yulduzi muntazam ravishda yangi qo‘shiqlar yaratib, o‘zining yakkaxon konsertlarini berib kelmoqda.

    Shaxsiy hayoti

    1991-yilda turk aktyori hamkasbi Xandan Deniz bilan oila quradi. To‘qqiz yillik nikohdan so‘ng er-xotin ajrashadi, afsuski farzandlari yo‘q edi. “Iyun kechasi” serialining suratga olish jarayonlarida O‘zjan Naz Elmas bilan uchrasha boshlaydi, u bilan ajrashganidan bir necha oy o‘tgach esa, Fahriye Evjen bilan munosabatga kirishadi. Juftlikning muxlislari ular albatta nikoh qurishiga ishongan, ammo bunday bo‘lmaydi.

    2011-yildayoq Deniz yangi sevgilisi — 18 yoshli aktrisa Buse Narjini jamoatchilikka tanishtiradi. U bilan ajrashgandan so‘ng, aktyor bir muddat shaxsiy hayotini oshkor qilmay qo‘yadi.

    2018-yil mart oyida u Feyza Aktan bilan ikkinchi bor nikohdan o‘tadi va bir necha haftadan so‘ng, Feyza Kuzey ismli o‘g‘lini dunyoga keltiradi. Afsuski, bu nikoh ham uzoqqa cho‘zilmaydi. Farzandi tug‘ilgandan keyin, er-xotin janjallari tufayli ommaviy axborot vositalarida tez-tez tilga olina boshlaydi. Feyza erini zo‘ravonlikda va ichkilikbozlikda ayblaydi hamda suddan farzandiga yagona vasiylik huquqini berishni talab qiladi, ammo O‘zjan bunga qat’iyan qarshi chiqadi. Ular rasman 2019-yilning yozida ajrashadi, biroq uzoq vaqt davomida o‘zaro murosaga kela olmaydi.

    2023-yil yanvar oyida O‘zjan Deniz eronlik modelyer Samar Dadgarga uylanadi. Yosh ayol erining o‘g‘li bilan tez til topishib, tez-tez birga vaqt o‘tkazadigan bo‘lishadi. Aytgancha, Samar bilan munosabatlar boshlanganidan so‘ng, O‘zjan Kuzeyning onasi bilan ham do‘stona aloqalar o‘rnatadi.

    Turkiyalik aktyor suhbatlarida uchinchi rafiqasi unga taqdir in’omi ekanini bir necha bor ta’kidlagan. Biroq aynan shu nikoh O‘zjan va uning qarindoshlari o‘rtasidagi mojarolarga asosiy sabab bo‘ldi.

    Samar Dadgar bilan munosabatlar boshlanishi bilanoq, O‘zjan sevgilisini onasi bilan tanishtiradi. Biroq Kadriye Deniz o‘g‘lining tanlovini ma’qullamaydi. Aktyor va dizaynerning to‘yidan so‘ng, turdizi yulduzi ko‘p yillar davomida menejeri bo‘lib kelgan akasini ishdan bo‘shatgani ma’lum bo‘ladi.

    Shundan keyin, turk ommaviy axborot vositalarida O‘zjanning onasi, singlisi va akasi bilan ziddiyatlari haqidagi xabarlar tez-tez paydo bo‘la boshladi. Avvaliga aktyorning singlisi uning xotinini ochko‘zlikda aybladi, keyin esa Kadriye aynan Samar tufayli u oilasi bilan aloqani uzganini aytdi. Ammo keyinchalik ularning janjali yanada kuchaydi. Aktyor onasi bergan intervyuni ko‘rib, suratga olish maydonchasida ahvoli yomonlashdi. U yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizildi, ammo shifokorlarning sa’y-harakatlari tufayli sog‘ayib ketdi.

    Bir necha kundan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, O‘zjanning akasi uni soliq idorasiga chaqib, aktyorning go‘yoki daromadining katta qismini yashirayotganini xabar qilgan. Angiografiya muolajasidan keyin, Deniz ijtimoiy tarmoqlarda akasiga ochiqchasiga murojaat qilib, uni aqldan ozganlikda va taqiqlangan moddalarni suiiste’mol qilishda aybladi.

    Samar Dadgar erining oilasi bilan munosabatlari haqida hech qanday fikr bildirmayapti. O‘zjan Denizning o‘zi ham bu mojaroning asl mohiyatini ochishga shoshilmayapti, faqat bir marta doimo xotinining tomonida turishini aytgan xolos. Kadriye Deniz, shuningdek, uning katta o‘g‘li va qizi mojaroning sababi aynan O‘zjanning uchinchi xotini ekanligiga ishonishadi. Ularning fikricha, bu ayol aktyorni o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib, aldov yo‘li bilan uni yaqin va qadrdon insonlariga qarshi qayrab qo‘ygan emish.

    O‘zjan Deniz hozirda

    Hozirda turk aktyor “Qizil g‘unchalar” loyihasidagi suratga tushishda davom ettirmoqda. Bo‘sh vaqtini esa yangi albom yozishga va uchinchi rafiqasi bilan dam olishga sarflaydi. O‘zjan shovqin-suronli shaharlardan uzoqda sayr qilishni yoqtiradi, yaxtada sayr qilishni sevadi va uy taomlarini afzal ko‘radi. Deniz o‘g‘li Kuzeyni ham yoniga olib, bolada musiqaga va umuman san’atga muhabbat uyg‘otishga intiladi.

    7 aprel, 08:20   Izoh (0)   4547
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #turk seriallari#aktyorlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

     2024-yilgi turk seriallari: yangiliklar va mashhur loyihalarning yangi mavsumlari

    01.11.2024, 14:30

    “Turk seriallarini ko‘rmayman”: Burak O‘zchivit muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi

    13.11.2024, 17:25

    “Doktor Haus” va “Sabrina kichik jodugar”: mashhur filmlarning originalidan qolishmaydigan turkcha remeyklari (treyler)

    25.11.2024, 15:46

    Turk seriallarining yutuq va kamchiliklari: tomoshabinlar hafsalasini pir qilayotgan holatlar

    14.11.2024, 17:00

    Kamol, Emir va sulton Sulaymon: turk aktyorlarining tomoshabinlar yodida qolgan eng mashhur rollari

    25.11.2024, 18:59

    Burak O‘zchivitning sevimli restorani, Kerem Bursin xaridlar qiladigan do‘kon: turk yulduzlarini uchratish mumkin bo‘lgan Istanbuldagi mashhur joylar

    29.11.2024, 15:56

    “Yovvoyi” seriali jarimaga tortildi, Demet O‘zdemir xalqaro sovringa ega bo‘ldi: turk kinosi yangiliklari

    03.12.2024, 13:30

    Turk aktyorlarining “Oskar”i: “Oltin kapalak 2024” g‘oliblari aniqlandi

    10.12.2024, 14:40

    Har bir qismi uchun 20 ming dollar: “Muhtasham yuz yil” serialidagi bosh qahramonlar qancha gonorar olgan? 

    11.12.2024, 12:30

    “Muhtasham yuz yil” yulduzlari ishtirokidagi 7 ta qiziqarli serial (treyler)

    12.12.2024, 15:48

    Yil sarhisobi: 2024-yilning eng yaxshi turk seriallari (treyler)

    13.12.2024, 16:50

    “Muhtasham yuz yil”ga ham taalluqli: nima uchun turk seriallari juda uzoq davom etadi?

    31 yanvar, 09:32

    Sehrli Sharq: Turkiya atmosferasini o‘zida aks ettirgan yangi seriallar (treyler)

    4 fevral, 11:34

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Aktyor O‘zjan Deniz o‘zidan 22 yosh kichik rafiqasi deb onasini uydan haydadi, singlisini esa kaltakladi

    15 fevral, 12:45

    Turk aktyori Burak O‘zchivit muxlislari bilan uchrashib, suratga tushish uchun qancha so‘raydi?

    27 fevral, 10:05

    Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul va boshqa turk seriallari yulduzlarining nikoh to‘yi qanday nishonlangan? (foto)

    28 fevral, 12:51

    Kerem Bursin, Burak O‘zchivit va Janer Topchu: eng kelishgan turk aktyorlari va ularning yangi rollari

    7 mart, 11:32

    Boylar ham yig‘laydi: Qiyin hayotiy vaziyatlarni boshdan kechirgan turk aktrisalari 

    5 mart, 19:35

    Ularni butun dunyo taniydi: Turkiyaning yosh, iqtidorli aktrisalari (foto) 

    11 mart, 14:16

    Tatu, tashqi ko‘rinish, spirtli ichimliklar va ishqiy munosabatlar: turk aktrisalari qanday mavzuda ayovsiz tanqid qilinadi?

    12 mart, 13:51

    Rossiyada tug‘ilishning pasayishiga turk seriallari sababchi ekani aytildi

    20 mart, 14:01

    “Qashqirlar makoni” hamda boshqa ko‘plab mashhur seriallar rejissyori Usmon Sinav 69 yoshida vafot etdi

    24 mart, 10:50

    Qaysi turk aktyori serialning bir qismida suratga tushish uchun 40 ming dollar oladi?  

    28 mart, 14:40

    Muhabbatni pulga sotish: Turkiyada yulduzlar o‘rtasidagi piar-munosabatlar nega shunchalik ommalashgan?

    31 mart, 11:55

    Chiroyli genetika: turk seriallari yulduzlarining ota-onasi qanday ko‘rinishga ega?

    2 aprel, 11:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil G‘azo shimolidan aholini evakuatsiya qilishga buyruq berdi

    Dunyo | 30 iyun, 09:34

    O‘zbekiston aholisining qariyb 40 foizi pul jamg‘armagan — tadqiqot

    O‘zbekiston | 30 iyun, 09:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Flamengo”dan ustun kelib, chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 30 iyun, 09:02

    Izmirda o‘rmon yong‘inlari avj oldi, aholi evakuatsiya qilinmoqda (video, foto)

    Dunyo | 30 iyun, 08:35

    “Endi davlat fuqarolik xizmatchisini noqonuniy bo‘shatish rahbarga juda qimmatga tushadi” — huquqshunos

    O‘zbekiston | 30 iyun, 08:30

    “O‘quv sifatini yetarlicha taʼminlay olmaganimiz sabab sirtqi taʼlim tugatildi” — Oliy taʼlim vaziri

    O‘zbekiston | 30 iyun, 08:00

    Ramzan Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li uylandi

    Dunyo | 29 iyun, 23:40

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

    Sport | 29 iyun, 23:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.