• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    “Alvon g‘unchalar”: tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘ygan yangi turk seriali nima haqida? (foto)

    Turkiyada O‘g‘u Namal va O‘zjan Deniz ishtirokidagi “Alvon g‘unchalar” seriali ko‘pchilikning eʼtiborini tortdi, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda loyiha mavzusi haqida qizg‘in muhokama va bahslarga sabab bo‘ldi. Tomoshabinlar diniy mavzuni ko‘targan loyiha taqdiridan, to‘g‘rirog‘i, uning qonunlariga amal qilgan insonlar hayotiga katta e’tibor qaratuvchi so‘fiylik tariqatidan xavotir bildirgan sharhlar ko‘p bo‘ldi.

    Loyihada mashhur aktyorlarning ishtirok etgani ham katta qiziqish uyg‘otdi. Ammo O‘zge Nemalning qaytishi uning muxlislari uchun kutilmagan syurpriz bo‘ldi. 10 yillik tanaffusdan so‘ng 22 ta loyihada o‘ynagan aktrisa yangi serial bilan teleekranlarga qaytdi.

    Syujet: Bu dunyoviy va diniy oilalar vakillarining to‘qnashuvi va sevgisi haqida hikoya qiluvchi drama. 1-qismda tomoshabin bosh qahramonlar bilan tanishadi. Levent muvaffaqiyatli psixiatr — mas’uliyatli, g‘amxo‘r inson. U bemorlarini davolashga, ularning ichki dunyosini tushunishga intiladi, ularning muammolarini his qila oladi.

    Levent klinika bemorlari hayotiga sho‘ng‘ib ketganidan oilasidan qanchalik uzoqlashganini sezmaydi. Qizini o‘z farzandidek ko‘rolmagan rafiqasi Beste (qiz asrab olinganini epizod oxirida bilib olamiz) Germaniyaga ketish uchun yashirincha hujjatlar yig‘adi. Beste hamma bilan aloqalarini uzish istagiga qaramay, oilasini shunday tashlab keta olmaydi. Shuning uchun ayol uy, qizi va kasal qaynotasiga g‘amxo‘rlik qilishi uchun Meryemni yollaydi.

    Meryem diniy oiladan chiqqan, urf-odatlar bo‘yicha yashashga, eri bilan bahslashmay, unga bo‘ysunishga odatlangan. U turmush o‘rtog‘i Naim va qizi Zeynep bilan zilziladan zarar ko‘rgan kichik shaharchadan Istanbulga kelgan. Balki, qizining so‘fiylik tariqatidagi jiyani Juneydga turmushga chiqishini tasodifan bilib qolmaganida, ayol avvalgi hayotini davom ettirgan bo‘larmidi.

    Meryem qizi uning taqdirini takrorlashini istamaydi, shuning uchun u mas’uliyatni o‘z qo‘liga olishga va qizining oyoqqa turib olishi uchun o‘qishiga yordam berishga qaror qiladi.

    Shuning uchun u Bestaning uy bekasi bo‘lish taklifiga rozi bo‘ladi. Xotinining chet elga ketganidan xabar topgan va u bilan gaplashgani kelgan Levent uyida Meryem hamda qizi Zeynepni ko‘radi.

    Levent tasodifan Zeynepning qaylig‘i Juneyd bilan uchrashgan edi. Yigitni politsiya kasalxonaga olib borgan, shifokor yigitning dunyoqarashidagi ba’zi muammolarni qayd etib, u bilan suhbat qurgandi. Ammo amakisi zudlik bilan jiyanini shifoxonadan olib, oilaviy sirlarni boshqalardan yashirishga harakat qiladi.

    Meryem va Leventning hayot yo‘llari kutilmaganda kesishishi ularning ham, atrofdagilarning taqdirini ham butunlay o‘zgartiradi. Katta ehtimol bilan, Levent asrab olgan qizi Meryemning qizi ekanligini tushunadi. Bu ayol egizak farzand tug‘gan, biroq unga qizlaridan biri vafot etganini aytishgan. Yashash va fikrlashdagi farqlarga qaramay, Meryem va Leventni birlashtiruvchi kuch “ularning farzandlari” bo‘ladi.

    Serial Gold Film kinokompaniyasi tomonidan imzolangan. Aytish kerakki, bu mavsumning eng qimmat loyihalaridan biri.

    Yangi film rejissyori — ssenariynavis va prodyuser sifatida ham tanilgan Atay Omur. U 10 ta loyihani suratga olgan, so‘nggi asarlari: “Begunohlik” va “Agar erkak sevib qolsa” filmlari.

    Ssenariy muallifi – Sukru Nejati Shahin (“Otaturk”, “Klub”, “Sen mening Vatanimsan”, “Yurak amri”).

    Loyiha real voqealarga asoslangan yoki yo‘qligi haqida hech qanday ma’lumot mavjud emas. Serialning suratga olish ishlari Istanbulda bo‘lib o‘tgan, biroq ba’zi sahnalarni yaqin kunlarda Sharqiy Anadoluda suratga olish rejalashtirilmoqda.

    Aktyorlar va rollar

    O‘zjan Deniz (51 yosh) — Levent Alkanli

    Levent — o‘z kasbiga katta mas’uliyat bilan qaraydigan, mijozlariga davolanishda yordam berishga harakat qiladigan psixiatr.

    O‘zjan Deniz — taniqli turk kino aktyori, rejissyor, ssenariynavis, musiqachi va qo‘shiqchi. Uning aktyorlik faoliyati 1995-yilda boshlangan va shu vaqt ichida u 27 ta loyihada rol o‘ynagan. U ishtirok etgan “Xonadon”, “Sen mening uyimsan”, “Suv va olov”, “Sevgi taqdirga qarshi” va “Istanbullik kelin” seriallari ko‘plab ijobiy sharhlar olgan.

    O‘zgu Namal (44 yosh) — Meryem Tezel

    Meryem — an’anaviy qarashlarga sodiq ayol, lekin qizi uchun kurashishga tayyor. U Naim bilan turmush qurib, baxtsiz bo‘lsa-da, urf-odatlarga qarshi chiqa olmaydi. Faqat qizi uning taqdirini takrorlashidan qo‘rqish ayolni odatdagi qarashlarini o‘zgartirishga majbur qiladi.

    O‘zgu Namal turkiyalik aktrisa bo‘lib, 15 yillik aktyorlik faoliyati davomida 22 ta loyihada rol o‘ynagan. Turmushga chiqqanidan keyin aktrisa butun vaqtini oilasiga bag‘ishlab, karyerasini tark etgandi. Erining vafotidan keyin O‘zgu yana ekranlarga qaytdi.

    Mert Yazijio‘g‘lu (30 yosh) — Juneyd Gunesh

    Juneyd — so‘fiylik mazhabi yetakchisi Sadi Hudayning jiyani. Bir qarashda dunyoqarashi bilan uni deyarli avliyo deb biladigan sekta a’zolaridan farq qiladigan g‘alati yigit. U psixiatriya shifoxonasida uchrashgan noma’lum qizning og‘ir taqdiri bilan tanishib, uning baxtsizligining aybdori bo‘lgan otasini jazolashga tayyor edi.

    Mert Yazijio‘g‘lu turk muxlislariga yaxshi tanish yosh aktyor. U 11 ta loyihada rol o‘ynagan.

    Erkan Avji (41 yosh) — Sa’diy Huday Gunesh

    Sa’diy Huday so‘fiylik tariqatining yetakchilaridan biri bo‘lib, u jiyani katta mavqega ega bo‘lishini istaydi. Uning mehribon, sadoqatli xotini va qizi bor. O‘z manfaati uchun hech narsadan tap tortmaydigan yoqimsiz ikkiyuzlamachi erkak.

    Erkan Avji ijodiy faoliyatini 2006-yilda “Xavfli ko‘chalar” serialida boshlagan. Ijodiy faoliyati davomida u 16 ta loyihada rol o‘ynagan. Shuningdek, mashhur turk seriali “Qora amaki” va “Chuqur”da ham ishtirok etgan.

    Nazal Turesan (38 yosh) — Beste Ankanli

    Beste — doktor Leventning rafiqasi, Mirraning onasi. U turmushidan baxtsiz, yaxshi ona bo‘lishga harakat qiladi, lekin asrandi qiziga mehr qo‘yolmaydi. Beste eri va qizini qoldirib, Turkiyadan yashirincha Germaniyaga ketishga qaror qiladi. Meryemni ishga taklif qilgan Beste bu tasodifmi yoki ayol Mirraning haqiqiy onasi ekanligini bilarmidi, hozircha aniq emas.

    Nazal Turesan 17 ta loyihada rol o‘ynagan mashhur turk aktrisasi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi nafaqat Turkiyada, balki xorijda ham mashhur, chunki u ham teleseriallarda, ham raqamli loyihalarda o‘ynagan. U “Iflos pullar va sevgi” (Asli), “Fazilat xonim va qizlari” (Yasmin), “G‘aroyib doktor” (Beliz) seriallarida rol o‘ynagan.

    Mert Turak (43 yosh) — Naim Tezel

    Naim Tezel — Meryemning eri, an’anaviy qarashlarga ega bo‘lgan erkak. U kunlik ishlarda ishlagani uchun xotini va qizini ta’minlay olmaydi, lekin har doim ham xotiniga ishlashga ruxsat bermaydi, faqat o‘zi biladigan odamlarnikiga yuborishi mumkin.

    Mert Turak 10 ta loyihada rol o‘ynagan. Tomoshabinlarimizga tanish bo‘lgan yagona serial — “Hukmdor Usmon”.

    Selen O‘zturk (43 yosh) — Hasna Gunesh

    Hasna — so‘fiylik tariqatining yetakchisi Sa’diy Hudayning xotini, Feyzaning onasi. Aytish mumkinki, u diniy tariqatning “birinchi xonimi”, erini juda yaxshi ko‘radi, qizini Junaydga turmushga berishni orzu qiladi.

    Selen O‘zturk ko‘proq ikkinchi darajali aktrisa sifatida tanilgan. U 19 ta loyihada rol o‘ynagan.

    Sherif Erol (60 yosh) — Suavi Alkanli

    Suavi — Levent va Handening otasi. U kasalligi tufayli azobga aylangan hayotdan charchagan dardmand odam. Uyiga Meryem kelishi bilan u yashagan yillari, oilasi haqida o‘ylaydi va unda yashash istagi uyg‘onadi.

    Sherif Erolning filmografiyasida 22 ta loyiha bor. U komediyalarda ham, dramalarda ham mahorat bilan o‘ynaydigan ko‘p qirrali aktyor. Uning so‘nggi asarlari —  bosh qahramonning otasi rolini o‘ynagan “Shisha qafasdagi qiz” va “Agar chindan sevib qolsangiz” (Ilter) filmlari.

    Duygu Sarishin (36 yosh) — Hande Alkanli

    Hande — doktor Leventning singlisi va Suavining qizi. Uning roli hali oshkor etilmagan, lekin u akasini yaxshi ko‘radi, garchi u har doim ham hayotdagi mavqeyini baham ko‘rmasa ham.

    Duygu Sarishin ko‘proq teatr aktrisasi va rejissyori sifatida tanilgan. Istanbul davlat teatrida rejissyor yordamchisi. Duygu 10 ta loyihada rol o‘ynagan, ulardan eng mashhurlari “Qochoq kelinlar” va “Katta-kichik yolg‘onlar” filmlaridir.

    Mina Demirtash — Zeynep Tezel

    Zeynep — Meryemning qizi. Qiz aqlli, zukko, ammo ta’lim olmagan, chunki otasi qizining o‘qishiga ruxsat bermagan. Otasining fikricha, ayol uchun asosiy narsa — munosib odamga turmushga chiqishdir. Qizi endigina 16 yoshda bo‘lsa ham otasi uni Sa’diy Hudayning jiyaniga xotinlikka berishga tayyor.

    Mina Demirtash — yosh aktrisa, u allaqachon 3 ta loyihada rol o‘ynagan. Bu uning 4-seriali.

    Esma Yilmaz (15 yosh) — Mirra Ankanli

    Mirra — Levent va Bestening asrandi qizi. Qizning onasiga bo‘lgan munosabati unchalik yaxshi emas, chunki onasi hech qachon qizini yaxshi ko‘rmagan. Har doim o‘z ishi bilan band bo‘lgan otasi ham unga yetarlicha e’tibor bermaydi.

    Esma Yilmaz yosh bo‘lishiga qaramay, nafaqat Turkiyada, balki xorijda ham mashhur bo‘lgan 3 ta loyiha — “Ranjigan gullar”, “Tariximiz”, “Hammasi nikoh haqida” seriallarida rol o‘ynagan.

    18.04.2024, 14:51   Izoh (0)   41869
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olamshumul mashhurlikka erishgan, ammo keyinchalik ekranlardan g‘oyib bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    08.04.2024, 15:50

    40 yil o‘tib: 27 yoshida beva qolgan “Tabib” filmi yulduzi Anna Dimna hozir qanday ko‘rinishda?

    17.04.2024, 11:51

    Kasallik va baxtsiz hodisalar tufayli tashqi ko‘rinishi tanib bo‘lmas darajaga kelib qolgan yulduzlar (foto)

    17.04.2024, 09:51

    XXI asr filmlaridagi eng ko‘p gonorar to‘langan mashhur obrazlar: ularni qaysi aktyorlar gavdalantirgan?

    18.04.2024, 12:51

    Yusufxon Nurmatov uylandi. Xonandaning to‘yi AQSHning Nyu York shahrida bo‘lib o‘tdi (video)

    18.04.2024, 11:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.