UZCARD o‘z mijozlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratib, o‘zining premium mahsulotlar qatorini rivojlantirishda davom etmoqda.
UZCARD SHERDOR kartalari emissiyasi MKBANKda yo’lga qo’yildi: karta bank filiallarida rasmiylashtirish uchun tayyor.
UZCARD SHERDOR – bu alohida xizmat sifati, qulaylik va eksklyuziv imtiyozlardan foydalanishni qadrlaydiganlar uchun karta.
SHERDOR kartasi egalari uchun eksklyuziv takliflar:
- Toshkent xalqaro aeroportining CIP zalidan bepul foydalanish – yiliga to‘rt martagacha;
- 20% gacha shaxsiy chegirmalar: SHASHLEEK, A-ristorante, A-Cafe, Bistecca, PASADO, BeFit SALATERIA, DIVAN, Uncle Chill, De Factum, Medion, E’QUILIBRIUM WELLNESS CLUB, Ashley Furniture HomeStore, Toshkent Gullari va boshqalarda.
SHERDOR kartalari egalari uchun hamkorlar va imtiyozlar soni doimiy ravishda kengayib bormoqda, bu UZCARDning o‘z mijozlariga foydali yechimlarni taklif qilish istagini aks ettiradi.
MKBANK bilan kartaning ishga tushirilishi UZCARDning premium segmentni rivojlantirish va har bir mijozga g‘amxo‘rlik qilish madaniyatini mustahkamlash strategiyasidagi navbatdagi qadamidir.
UZCARD SHERDOR kartasini olish uchun MKBANK filiallariga va sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Shuningdek, siz SHERDOR kartasini Orient Finans Bankning filiallarida yoki rasmiy veb-saytida ochishingiz mumkin. Yaqin kunlarda kartani boshqa banklarda ham rasmiylashtirish imkoni paydo bo‘ladi — yangiliklarni sherdor.uzcard.uz saytida kuzatib boring.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)