Mashhur insonlarning qashshoqlikdan cho‘qqiga ko‘tarilgan hayot yo‘llari har doim e’tiborni tortgan. Ular bizga eng katta orzular ham haqiqatga aylanishi mumkinligini isbotlaydi. Ko‘pchilik mashhur va badavlat insonlar avvaldan shunday sharoitda ulg‘aygandek tuyulsa-da, aslida ular hayotning og‘ir sinovlarini bolaligidan totib ko‘rgan bo‘lishadi.
![](/static/2025/02/07/1-cfAPyIrg.jpeg)
Bugungi maqolada yoshlik yillarida duch kelgan barcha qiyinchiliklarga qaramay muvaffaqiyatga erishgan Gollivud yulduzlarning haqida hikoya qilamiz.
Tom Kruz
![](/static/2025/02/07/2-MUC7fIlO.jpeg)
Tom Kruz uzoq yillar davomida eng katta gonorar oladigan Gollivud aktyorlaridan biridir, shuning uchun uning qashshoqlik davrini boshidan o‘tganini tasavvur qilish qiyin. Kruz elektr uskunalarni sozlovchi va o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Oilada Tomdan tashqari yana 3 ta opa-singil o‘sgan. Otasining ishi bilan bog‘liq muammolar tufayli ular tez-tez yashash joyini o‘zgartirgan.
Tom uyatchan bola bo‘lib o‘sgan, doimiy ko‘chishlar esa unga yaxshi do‘st orttirishiga xalal bergan. Bolaligidanoq u oilasining qashshoqligi, bo‘yi pastligi va tishlari qiyshiq tufayli turli komplekslarga ega bo‘lgan. Bo‘lajak Gollivud yulduzining ota-onasi ajrashgach, ona to‘rt farzandini boqish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta joyda ishlashga majbur bo‘lgan.
Maktabdan keyin Tom va uning opalari ham oilaviy byudjetga hissa qo‘shish uchun ishlay boshlagan. Bir necha yillardan so‘ng Tomning onasi boshqa erkakka turmushga chiqqan, o‘gay ota esa mehribon kishi bo‘lgan. Vaqt o‘tib, oilaning moliyaviy ahvoli ham yaxshilangan va bu sharoit Tomning turli kastinglarga borishiga va kino sohasiga kirib kelishiga imkon bergan.
Demi Mur
![](/static/2025/02/07/3_ready-94-dTMXLRmy.jpg)
Demi Murning ota-onasi u tug‘ilishidan oldin avval ajrashib ketgan. Demining onasi homilador bo‘lganida keyin ota oilani tashlab ketgan. Ko‘p o‘tmay ona ozi kabi alkogolizmdan aziyat chekadigan boshqa erkakka turmushga chiqqan. Ularning nosog‘lom oilasi esa doimiy ravishda yashash joyini o‘zgartirib turgan. Uydagi tartibsiz muhit, o‘gay otaning barcha pullarni qimorda yutqazishi, oiladagi zo‘ravonliklar va oxir-oqibat ona-bolaning ko‘chada yolg‘iz qolishi Demining psixikasiga qattiq ta’sir qilgan.
Demi ulg‘aygan sari, onasi uni tungi klublarga olib borib, erkaklar e’tiborini jalb qilish uchun qizidan foydalana boshlagan. Demi Mur o‘z tarjimai holida onasi uni tanishiga 500 dollarga sotib yuborgani haqida dahshatli voqeani so‘zlab bergan.
Jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikdan tashqari, Demining ko‘zlari g‘ilay bo‘lgani uchun tengdoshlari doimo uning ustidan kulgan. Natijada 16 yoshida u uyidan qochib ketgan. Demi Mur maktabni tashlab, modellik agentligiga ishga kirdi. Oradan ikki yil o‘tgach, u o‘zidan 12 yosh katta bo‘lgan rok musiqachi bilan yashay boshladi. Ammo alkogolga berilgan bo‘lajak aktrisaning salbiy odatlaridan voz kechishi uchun yillar kerak bo‘ldi. Hozirda Demi Mur barcha qiyinchiliklarni yengib, kino sanoatida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan ayol hisoblanadi.
50 Сent
![](/static/2025/02/07/4-nrhEAjPb.jpg)
Reper Kertis Jeksonning onasi 15 yoshida homiladorligini bilgach, yigiti uni tashlab ketgan. Ammo yosh qiz yolg‘iz o‘zi farzandini munosib hayot bilan ta’minlay oldi. Kertis bolaligini bobosi va buvisining 8 farzandi orasida o‘tkazdi. Ammo noqonuniy giyohvandlik biznesi bilan shug‘ullangan ona raqiblari tomonidan o‘ldirilganda reper endigina 8 yoshida edi.
12 yoshida Kertis birinchi marta giyohvand moddalarni sotishni boshladi va yillar davomida jinoyat olamiga tobora chuqur kirib kela boshladi. 18 yoshida u o‘z hududining eng yaxshi dilerlaridan biriga aylandi, ammo shu bilan birga Kertis Jekson rep musiqasiga ham juda qiziqar edi. U o‘z qofiyalarida yillar davomida to‘plangan dard, g‘azab va umidsizlikni ifodalash yo‘lini topdi. Rep janri va musiqa uning ko‘cha hayoti va dunyodagi nohaqliklar haqidagi xayollardan qutulish uchun umid bag‘ishlar edi.
20 yoshida 50 Cent allaqachon qamoqda o‘tirib chiqqan yigit edi. Ammo bu ham uni sindira olmadi. Kertis hayotining og‘ir haqiqatini aks ettiruvchi repga tobora qiziqa boshladi va 2000-yilga kelib xit qo‘shiqlar chiqara boshladi. Biroq yaxshi kunlar uzoqqa cho‘zilmadi. Jinoiy guruhlardan biri uning hayotiga suiqasd qildi va reperga to‘qqizta o‘q uzildi.
Ovoz yozish studiyalari uni halok bo‘lishiga amin bo‘lib, reper bilan shartnomani bekor qildi, ammo 50 Cent omon qoldi. U tez orada boshqa studiyani izlab topdi va musiqiy karyerasini davom ettirdi.
Joan Rouling
![](/static/2025/02/07/5_ready-49-G5rap-UP.jpg)
Bo‘lajak yozuvchi singlisi bilan ikkisi ota-ona mehridan mahrum tarzda, qashshoqlikda yashadi. Ularning onasi og‘ir kasal edi, otasi esa qizlarini yoqtirmas edi, chunki u butun umri davomida o‘g‘il ko‘rishni orzu qilgan bo‘ladi.
Joan ulg‘aygach ham qashshoqlikdan qutula olmadi, chunki u o‘zining xayolparast tabiati tufayli doimiy ravishda ishdan bo‘shatilar edi. Rouling o‘z dunyosida yashar, turli hikoyalar yozishni yoqtirar va bir ishga diqqatini qaratishi qiyin bo‘lar edi.
Rouling portugaliyalik erkak bilan munosabatlarda bo‘lib, qashshoqlikdan taskin topishga urindi, ammo yigit zolim va doimiy qo‘l ko‘taradigan odam bo‘lib chiqdi. Tez orada oilada qiz tug‘ildi, ammo zo‘ravonlikdan charchagan ayol farzandini olib eridan qochib ketdi.
Joan juda kam pul topsa-da, yozuvchilik uchun vaqt ajratishga va uzoq yillik orzusini amalga oshirishga qaror qildi: u Garri Potter va sehrgarlar maktabi haqidagi romanni yoza boshladi. Nashriyotlar kitobni chop etishni rad qilishlariga qaramay, Rouling taslim bo‘lmadi va romani ustida ishlashda davom etdi. Natijada uning kitoblari bestsellerga aylandi va Joan Rouling dunyodagi eng badavlat yozuvchiga aylandi.
Jim Kerri
![](/static/2025/02/07/6_ready-39-ONBLn-dW.jpg)
Aktyor Jim Kerrining filmdagi obrazlariga baho bersak, uni bolaligidan quvnoq aktyor deb o‘ylash mumkin. Biroq Jim qashshoqlik va ko‘p narsalardan mahrumlik yillarida yashagan. Bo‘lajak Gollivud yulduzining otasi ishsiz, onasi og‘ir ruhiy kasallikdan aziyat chekkan.
Oila hatto bir muddat furgonda yashab yurgan. Jim va uning akasi, opa-singillari oilani boqish uchun otasi bilan birga fabrikada ishlagan. U yerda ota qo‘riqchi, bolalar esa farroshlik qilgan. Ammo eng qiyin sharoitlarda ham u ajoyib yumorini aktyorlikka bo‘lgan ishtiyoqini yo‘qotmagan.
Jimning oilasi Torontoga ko‘chib o‘tgach, komediya klubida chiqishga qaror qildi. Ammo uning ijodi qoniqarsiz baholandi. Oradan ikki yil o‘tgach, u yana sahnaga chiqish uchun kuch topdi va bu safar Jimning omadi keldi. Kerri stendap shoularda chiqa boshladi u yillar o‘tib kino olamiga kirib keldi.
Izoh (0)