Andijon viloyatida “Tig‘” tadbirlari doirasida 811 ta holat aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, viloyatda bir oyda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar bilan bog‘liq sud ishlarning 527 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 8 ta holat bo‘yicha maʼmuriy qamoq, 407 ta vaziyatda maʼmuriy jarima hamda 31 holat yuzasidan kelgusida bunday harakatni takrorlamaslik to‘g‘risida ogohlantirish berilgan.

Tadbirlar doirasida viloyatda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning ham oldi olingan. Shu kabi holatlardan birida Andijon shahrida bir guruh shaxslarning yonidan pichoq, maxsus yasalgan tayoqlar, o‘tkir tig‘li boltalar borligi aniqlangan.
To‘plangan hujjatlar sudga yuborilishi natijasida 5 nafar huquqbuzarga nisbatan 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Izoh (0)