Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitida 20 dan ortiq xorijiy davlat rahbarlari hamda 10 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Liu Bin matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Diplomatning ta’kidlashicha, jahon yetakchilari SHHTning muvaffaqiyatli tajribasi va tashkilotning rivojlanish yo‘nalishini muhokama qiladilar. Shuningdek, SHHT doirasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha qaror qabul qiladilar hamda tashkilotni yanada jipslashgan yagona taqdir hamjamiyatini barpo etish maqsadi sari ilgari suradilar.
Sammit 31-avgust–1-sentyabr kunlari Tyanszin shahrida o‘tkazilishi belgilangan.
Tadbirga Rossiya va Belarus prezidentlari, Hindiston bosh vaziri, Eron va Turkiya prezidentlari, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari va boshqa siyosatchilar taklif etilgan.
SHHT 2001-yilda ta’sis etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston, O‘zbekiston va Belarus a’zo davlatlar hisoblanadi.
Tashkilotning o‘tgan yilgi sammiti Ostona shahrida o‘tkazilgandi. Unda Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga yangi a’zo sifatida qabul qilingandi.
Izoh (0)