Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida eksportning yangi turi — uzum bargini xorijga sotish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Tumanning “Sohilobod” mahallasi uzumchilikka ixtisoslashgan. Hududdagi 72 ta fermer xo‘jaligi 300 gektar maydonda uzumning “kishmish” navini yetishtiradi.

Foto: Oqilxon Mamajonov
.jpg?_t=1745146970)
Foto: Oqilxon Mamajonov
“Uzumning turgan-bitgani koni foyda. Dastlab bargi yig‘ishtirib olinadi va bir qismi o‘sha paytning o‘zida sotilib, bir qismi tuzlab, qishga olib qo‘yiladi. Keyin navbat uzumga keladi. Uzib olish, qadoqlash, ‘yashik’ka solish, hasharchilarni taomlantirish va tayyor mahsulotni mahalladan olib ketish uchun dehqonlar, qadoqlovchilar, oshpazlar, haydovchilar va brokerlar ovora. O‘zimizning kuchimiz yetmay, chetdan 300—400 nafar hasharchi ham jalb etamiz. Uzumdan qolgani mayiz bo‘ladi va mahalliy bozorda sotiladi. Shundan so‘ng uzum qalamchasi yangi ko‘chat uchun sotiladi, bunga yaramagani esa o‘tin qilinadi”, deydi mahalladagi hokim yordamchisi Ilhom Abdullayev.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Tok bargi tayyorlovchilardan biri Gulmira Mo‘minovaning aytishicha, mavsum payti mahalladagi aksariyat xonadon shu ish bilan mashg‘ul. Bitta barg o‘rtacha 40—50 so‘m baholanadi. Bargning o‘zidan yiliga 20—30 million so‘m daromad olayotgan xonadonlar, tomorqa egalari va fermerlar bor.
.jpg?_t=1745147400)
Foto: Oqilxon Mamajonov
.jpg?_t=1745146970)
Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
“Bu barglar Toshkent shahri va voha viloyatlariga sotiladi, oxirgi paytlarda xorijga, masalan, Rossiya, Qozog‘istonga ham olib ketishyapti. Tok bargi asosan do‘lma va kovatok uchun ishlatiladi, uy bekalari, oshxona va restoran egalari asosiy xaridorlarimiz hisoblanadi”, deydi Gulmira Mo‘minova.
.jpg?_t=1745146970)
Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Uzum barglarini uzish mavsumi apreldan boshlanib, may oyining oxirigacha davom etadi. Sohilobodliklar bu mavsumni yil mobaynida kutishadi. Erishilayotgan natija va qolayotgan daromad esa bu kutishlarni ortig‘i bilan oqlamoqda.
Izoh (0)