• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    “Titanik” halokatiga 113 yil bo‘ldi: film ijodkorlarini ilhomlantirgan kema yo‘lovchilarining haqiqiy sevgi hikoyalari

    “Titanik” 1912-yil 14-apreldan 15-aprelga o‘tar kechasi cho‘kib ketgan. Afsonaviy kemaning halokatga uchraganiga 113 yil to‘lishi munosabati bilan Rouz va Jekning taqdiri kabi hayratlanarli bo‘lgan haqiqiy sevishgan juftliklar haqida eslashga qaror qildik.

    Rejissyor Jeyms Kemeronning aytishicha, bu personajlar to‘qib chiqarilgan. Biroq film qahramonlariga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan haqiqiy odamlarning sevgi tarixlari ham bor.

    “SOS!” hayqirig‘i ostida turmush qurish taklifi

    “Titanik” yo‘lovchilari orasida mashhur tennischi Karl Ber va uning sevgilisi Helen Nyusom ham bor edi. Gazetalarning yozishicha, aynan o‘sha mash’um kechada Karl Helenga turmush qurishni taklif qilgan. Qiz badavlat oiladan bo‘lib, onasi qizi uchun o‘zi tengi boy kuyov topilishini orzu qilardi.

    Helen tennischiga ko‘ngil qo‘yganda onasi bunga qarshi chiqadi. Qizini chalg‘itish maqsadida uni Yevropa bo‘ylab sayohatga olib ketadi. Biroq qaysar Karl ham sevgilisining izidan qolmay ergashadi. Helenning “Titanik”da Amerikaga qaytayotganini eshitgach, u ham o‘sha kemaga chipta xarid qiladi.

    To‘qnashuv yuz berganda sportchi kayutaga yugurib, ayollarni qayiq palubasiga olib chiqadi. “Uayt Star Layn” kompaniyasi rahbari Bryus Ismey shaxsan Karlga qayiqdan joy taklif qilganda, sevishganlar abadiy xayrlashishga tayyor edi. Bir yil o‘tgach, Karl va Helen turmush qurishadi, ularning uchta o‘g‘li va bir qizi dunyoga keladi.

    Cho‘kib ketgan to‘y sovg‘alari

    1912-yil 21-aprelda, falokatdan olti kun o‘tgach, The New York Times gazetasida Edvard va Etel Binlarning tarixi e’lon qilinadi. Falokatdan bir necha yil oldin tosh teruvchi Edvard Amerikaga ko‘chib kelgan, xizmatkor bo‘lib ishlaydigan qallig‘i Etel esa Angliyada qolgan edi. Ular o‘z vatanlarida nikohdan o‘tib, bir oydan so‘ng er xotinini yangi uyiga olib ketadi.

    Ular “Titanik”da ikkinchi darajali yo‘lovchilar sifatida sayohat qilishayotgan edi. Kema halokatga uchraganda Edvard xotinini qutqaruv qayig‘iga o‘tqazishga yordam beradi, ammo “Faqat ayollar!” degan hayqiriqlarni eshitib, o‘zi orqaga chekinadi. Biroq qayiq uzoqlashgach, uning yarmi bo‘sh ekanligini ko‘rib, o‘zini suvga tashlaydi. Etel erini qayiqqa tortib oladi. Binlar oilasining barcha mol-mulki, jumladan, 65 ta to‘y sovg‘asi ham suv qa’riga cho‘kib ketadi, ammo o‘zlari tirik qolishadi.

    Fojiadan tug‘ilgan farzand

    Elen Uoker aysberg bilan to‘qnashuvdan oldingi kechada homila sifatida paydo bo‘lganiga ishonadi. “Bu men uchun juda muhim”, degandi u suhbat chog‘ida. Uning ota-onasi Angliyada zargarlik do‘konining egasi bo‘lgan 39 yoshli Semyuel Morli va uning ishchilaridan biri — 19 yoshli Keyt Fillips edi. Bir muddat oldin ular o‘rtasida sevgi paydo bo‘lgan va Morlining xotini hamda 12 yoshli qizi borligiga qaramay, Semyuel oilasini tark etib, Keyt bilan Amerikaga jo‘nashga qaror qilgandi. U yerda ular yangi hayot boshlashlari mumkin edi.

    Ular “Titanik”ka mister va missis Marshall sifatida soxta familiya bilan chiqishadi. Fojia yuz berganda Keyt qutqaruv qayig‘iga o‘tiradi. Semyuel uning ortidan suvga sakraydi, biroq suzishni bilmagani uchun cho‘kib ketadi. 

    Sevgilisidan xotira sifatida Keytda unga sayohat paytida sovg‘a qilingan sapfir marjon qoladi. 1913-yil 11-yanvarda esa u qiz farzand ko‘radi. 

    “Onam otamni juda sevardi va u bilan Amerikada baxtli hayot kechirish orzusida edi, deydi Elen. — Ammo, menimcha, “Titanik”da boshidan kechirgan voqealar uning ruhiyatiga yomon ta’sir qildi, u bu dahshatni butunlay unutishga harakat qildi. U hech qachon otam haqida gapirmasdi. Agar xolam aytmaganda, uning ismini hech qachon bilolmasdim”.

    Elen umr bo‘yi tug‘ilganlik guvohnomasiga Semyuel Morlining ismi yozilishi uchun harakat qiladi, ammo bunga erisholmaydi. U 2006-yilda vafot etadi. So‘nggi vasiyatiga ko‘ra, uning kuli dengizga sepiladi: u shunday qilib otasi bilan birlashishni istardi. Elenni yaxshi bilgan “Titanik” tadqiqotchisi Sin Shmeltsning ta’kidlashicha, aynan uning ota-onasi tarixi, shuningdek, marjon voqeasi film ijodkorlarini ilhomlantirgan.

    “Sen qayerda bo‘lsang, men ham o‘sha yerda bo‘laman”

    “Titanik” kemasi birinchi klassida mashhur tadbirkor Isidor Shtraus rafiqasi Ida bilan sayohat qilayotgan edi. U Amerikaning eng yirik do‘konlari tarmog‘ining hamta’sischilaridan biri edi. Shtrauslar 40 yildan beri er-xotin bo‘lib, har bir ishda hamkor edilar: Ida Isidorga biznesda va kongressmenlik faoliyatida yordam berardi, Isidor esa unga uy yumushlari va xayriya ishlarida ko‘maklashardi. Ular “Titanik”da Germaniyadan uylariga qaytishayotgan edi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kema zobiti Shtrauslar juftligiga qutqaruv qayig‘iga o‘tirishni taklif etganda Isidor kemada qolayotgan boshqa erkaklarning taqdirini baham ko‘rishga qaror qilib, bu taklifni rad etgan.

    Eri Idani qayiqqa o‘tqizmoqchi bo‘lganda u shunday deydi: “Sen qayerda bo‘lsang, men ham o‘sha yerda bo‘laman. Biz har doim birga bo‘lganmiz, birga o‘lamiz ham”. Eri unga bolalarni o‘ylashini aytadi, ammo Ida: “Ular tushunishadi”, deb javob beradi va xuddi filmdagi Rouz singari palubaga sakrab chiqadi. Shtrauslar o‘z o‘rinlariga oqsochlarini qayiqqa o‘tqazishadi. Isidorning jasadi nikoh uzugidan aniqlanadi, Idaning jasadi esa topilmaydi.

    16 aprel, 08:46   Izoh (0)   28826
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#filmlar#“Titanik”

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Jahon kinosining durdonalari suratga olingan ajabtovur maskanlar

    12.09.2022, 18:49

    “Rollarni rad etganing uchun rahmat”. Kristian Beyl Leonardo Di Kaprio uning karyerasiga qanday ta’sir o‘tkazganini gapirib berdi

    14.10.2022, 18:44

    Jeyms Kemeron Leonardo Di Kaprioning “Titanik”da suratga tushishini istamagani aytdi

    25.11.2022, 13:49

    Amerikalik aktyor Mett Deymon “Avatar” filmida suratga tushmagani uchun 250 million dollardan quruq qoldi

    24.12.2022, 22:00

    Bolaligidan filmlarda rol o‘ynashni boshlagan Gollivud aktyorlari (foto)

    07.02.2023, 21:51

    Rol o‘ynagan filmlari katta daromad keltiradigan aktyor va aktrisalar reytingi tuzildi. 1-o‘rinda kim ekani xayolingizga ham kelmagan

    23.03.2023, 20:55

    Jeyms Kemeron, Leonardo Di Kaprio va atrof-muhit va tabiat haqida qayg‘uradigan boshqa mashhurlar

    27.03.2023, 16:30

    Misli ko‘rilmagan boylik: Dunyoning eng badavlat aktyorlari 20 taligi (foto)

    13.09.2023, 14:50

    22 yil yozilgan ssenariy: juda uzoq suratga olingan filmlar 10 taligi 

    10.07.2024, 17:20

    Taniqli Gollivud aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? 

    15 mart, 09:55

    Bryus Uillis 70 yoshda: hozirda demensiya tufayli tildan qolgan aktyor Gollivud tarixida qanday iz qoldirdi?

    25 mart, 08:57

    Persona non grata: Gollivudning qora ro‘yxatiga tushgan aktyorlar

    27 mart, 18:45

    Oliy ma’lumotli marketolog, havaskor haykaltarosh, ayollar huquqlari himoyachisi — aktyor Kerem Bursin haqida 9 ta qiziqarli fakt

    29 mart, 19:29

    Yoshligida popkorn sotgan, Gollivud taklifini rad etgan va “yulduzlik kasalligi”ga chalingan Nurgul Yeshilchay 49 yoshda

    27 mart, 16:55

    Gollivudning oltin avlodi: mashhurlikda ota-onasidan o‘zib ketgan aktyor va aktrisalar

    31 mart, 10:55

    Leonardo Di Kaprio, Megan Markl va boshqa kinoyulduzlarining noodatiy hobbilari 

    14 aprel, 13:12

    Warner Bros. va Paramount kompaniyalari YouTube’dagi feyk treylerlardan daromad olmoqda

    1 aprel, 19:45

    Mukammal qomatga erishish yo‘lida anoreksiyaga duchor bo‘lgan jahon yulduzlari

    9 aprel, 20:15

    Mashhurlikda rafiqasidan o‘ta olmagan va mish-mishlar girdobida yashaydigan Bollivud yulduzi Ajay Devgan 56 yoshda

    3 aprel, 13:48

    O‘rtoq Saaxovning shlyapasi, Jek Nikolsonning boltasi: auksionda rekord narxga sotilgan mashhur filmlar rekvizitlari

    7 aprel, 09:47

    “Kianu Rivzga yordam bermoqchi edim”: Qozog‘istonlik ayolni “Gollivud yulduzi” aldamoqchi bo‘lgan

    8 aprel, 19:58

    Gollivud yulduzi Xyu Grant va uning oilasini London aeroportida ushlab qolishdi

    9 aprel, 18:40

    Xitoyda Gollivud filmlarining namoyishi taqiqlanishi mumkin

    9 aprel, 15:45

    Tilla Bugatti va Jeyms Bondga tegishli raritet: Gollivud yulduzlarining hech kimnikiga o‘xshamagan avtomobillari

    10 aprel, 09:57

    Kinoga tasodifan kirib kelgan va olamshumul mashhurlikka erishgan Gollivud yulduzlari

    11 aprel, 17:01

    Smartfonlar va baqirish taqiq ostida: mashhurlar farzandlarini qanday tarbiyalaydi?

    10 aprel, 18:45

    Joli asalari bilan, Bekhem sahroda: fotosessiyalarga millionlab dollar sarflaydigan mashhurlar

    11 aprel, 09:59

    Xitoyning eng boy aktyorlari top-7 taligi: Bryus Lining ustozi Ip Man esa 4-o‘rinda

    12 aprel, 11:59

    Xitoyning eng boy aktrisalari top-7 taligi: Dilraba Dilmurat esa oxirgi o‘rinda

    14 aprel, 16:40

    Birgina jumla 86 ming dollar: Gollivud yulduzlarining bir daqiqalik roli uchun olgan shov-shuvli gonorarlari

    15 aprel, 15:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.