Angliya Premyer Ligasining navbatdagi turida “Manchester Siti” safarda “Everton”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va shu orqali prinsipial raqibi “Manchester Yunayted” joriy mavsum hamshahariga yetib ololmasligi ma’lum bo‘ldi.

Xosep Gvardiola shogirdlari 33-turdan so‘ng 58 ochko jamg‘arib ulgurgan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” 32 o‘yinda bor-yo‘g‘i 38 ochkoga ega. Bu esa “qizil iblislar”ning matematik jihatdan ham “Siti”ni quvib o‘ta olmasligini anglatadi.
Natijada “Manchester Siti” “Yunayted”dan 12-mavsum ketma-ket yuqori o‘rinda mavsumni yakunlaydigan bo‘ldi. Bu seriya 2013/14-yilgi mavsumdan buyon davom etmoqda.
Hozirda “MYu” turnir jadvalining 14-pog‘onasida joylashgan. 20-aprel, yakshanba kuni Ruben Amorim jamoasi o‘z maydonida “Vulverxempton”ga qarshi o‘ynaydi.
Izoh (0)