O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi tabiatning uyg‘onishi va hayotning yorqin yangilanishi mavsumida o‘z iste’molchilarini bayramona tadbirlar, qiziqarli loyihalar va promo-aksiyalar bilan rag‘batlantiradi, eng muhimi, yangi ta’m qatorlari va innovatsion qadoqlari bilan quvontiradi.
— 8-mart munosabati bilan O‘zbekistonning “Black Quail” brendi va “Elle Uzbekistan” jurnali bilan hamkorlikda “Orzuingni so‘yla” nomli keng ko‘lamli loyiha ishga tushirildi;
— Navro‘z bayrami doirasida Toshkent, Namangan, Samarqand shaharlarida palov va sumalak tayyorlash bilan keng ko‘lamli bayram tadbirlari o‘tkazildi;
— Ramazon oyida “ONA” jamoat jamg‘armasi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro nodavlat xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda Coca-Cola kompaniyasi respublikaning 7 ta shahrida ehtiyojmand oilalarga 750 ta oziq-ovqat to‘plamini tarqatdi;
— Bahor bayramlari munosabati bilan ko‘plab qiziqarli sovg‘alar taqdim etiladigan bahorgi promo aksiya boshlandi;
— Respublikaning 6 ta oliy o‘quv yurti talabalari bahorni Coca-Cola, mazali taomlar, musiqa va raqslar bilan kutib olishdi.
O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasining bu yilgi bahori yana nimasi bilan e’tiborga loyiq?
Bu yil Coca-Cola kompaniyasi o‘z iste’molchilarini yangi ta’mlar bilan xushnud etmoqda. Hozirdanoq do‘konlar peshtaxtalarida yangi ta’m - Fanta Dyushes’ni topish mumkin. Bolalikdan sevimli bo‘lgan nok limonadining ta’midan ilhom olingan bu ichimlik, yetilib pishgan nokning yorqin xushbo‘yligi va Fanta’ning an’anaviy ta’mini uyg‘unlashtirgan holda, iste’molchilarga nostalgiya ohanglarini va zamonaviy yo‘nalishlarni mujassam etgan ta’m taassurotini taqdim etadi.
Fanta Dyushes’ning yorqin va qulay qadoq dizayni uni peshtaxtada ko‘zga tashlanadigan va istalgan dasturxonda - do‘stlar bilan sayr qilish, oilaviy piknik yoki ozgina hordiq chiqarishni xohlaydigan oddiy kunda ham yoqimli qiladi. Ichimlik 0,5 litr, 1 litr va 1,5 litrli qulay qadoqlarda mavjud bo‘lib, bu uni har qanday vaziyat uchun eng maqbul tanlovga aylantiradi.
Yaqin kelajakda Fanta Dyushes O‘zbekistonning barcha savdo nuqtalari va supermarketlarida sotuvga chiqariladi. Brend yangi ta’m yosh iste’molchilarga ham, bolalik ta’mlarini iliqlik bilan xotirlaydiganlarga ham tezda yoqib qolishiga ishonadi.
Bugungi kunda Fanta dunyoning 190 mamlakatida iste’mol qilinadi, 90 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi faqat bitta mamlakat hududida ishlab chiqariladi.
Bahorning yana bir yangiligidan biri Fuse Tea bo‘lib, u o‘z muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda. Mijozlarning o‘sib borayotgan qiziqishi va istaklariga javoban, endilikda sevimli Mango moychechak va Mango ananas ta’mlari yangi formatda - 1,5 litrli qadoqlarda taqdim etilmoqda.
Yangi o‘lcham yaqinlar bilan tetiklantiruvchi ta’mdan bahramand bo‘lish uchun tashkillashtirilgan do‘stona uchrashuvlar, oilaviy kechki ovqatlar va pikniklar uchun mukammal yechimdir. Fuse Tea - bu choydan ham ko‘proq. Bu tabiatdan ilhom olingan noyob ta’m uyg‘unliklari zamonaviy hayotning shiddatli sur’atida sokinlik va muvozanat onlarini topishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda Fuse Tea’ning yangi Ananas Yalpiz ta’mi taqdim etilgan edi.
Bahorgi bayramlar sharafiga O‘zbekistondagi Coca-Cola yangi dizayndagi cheklangan seriyali bankalarni taqdim etdi. Coca-Cola insonlar, madaniyatlar, an’analar va innovatsiyalarni birlashtiruvchi brenddir. Dunyodagi eng mashhur gazlangan ichimlik mamlakatning ko‘p asrlik o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashganda, haqiqiy sehr yuz beradi.
Bugungi kunda 450 ml hajmli ushbu bankalar sotuvda mavjud, may oyida esa ular 250 ml hajmda ham sotuvga chiqariladi.
Yaqin orada O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi Coca-Cola’ning eng muvaffaqiyatli global kampaniyalaridan biri — “Bu Coca-Cola’ni kimga ulashmoqchisiz?‘ haqida ma’lumot beradi. Bu kampaniya birinchi marta 2011-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, bu yil qaytadan boshlandi. Shunday qilib, biz Coca-Cola’ni yaqinlarimiz bilan ulashish paytidagi mo‘jizaviy lahzalarni yana bir bor his qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)