AQSHning Illinoys shtatida samolyot qulab tushishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Hodisa 19-mart kuni shtatning markaziy qismida yuz bergan. Samolyot ochiq maydonga qulab tushgan. Bortdagilarning barchasi, ya’ni to‘rt kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Samolyot, bir dvigatelli Cessna 180 hisoblanadi, barcha yo‘lovchilar Viskonsin shtati Menomoni shahridan bo‘lgan.
AQSH Transport xavfsizligi milliy kengashining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot qulash paytida elektr uzatish liniyalariga tegib ketgan. Hodisa sabablari bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Cessna 180 ko‘pincha Skywagon nomi bilan tanilgan. Bu samolyot asosan 4 yoki 5 kishini tashishga mo‘ljallangan va yo‘lovchi tashish, yuk tashish, shuningdek, havodan kuzatuv va parvoz mashg‘ulotlarida keng qo‘llanilgan.
AQSHdagi so‘nggi aviahodisalar
16-aprel kuni AQSHda samolyot dvigateli quyon sababli yonib ketgan edi. Parvoz vaqtida bortda kuchli portlash va sezilarli darajada tebranish kuzatilgan. Shundan so‘ng dvigatelda yong‘in boshlangan. Samolyot bortida 153 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Uchuvchilar 75 daqiqalik parvozdan so‘ng samolyotni favqulodda qo‘ndirishga majbur bo‘lgan edi.
10-aprel kuni Nyu York shtatida vertolyot Gudzon daryosiga qulab tushishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Vertolyot bortida uchuvchi va ispaniyalik sayyohlar oilasi bo‘lgan: ikki nafar katta yoshli va uch nafar bola. Halokat sabablari noma’lum.
Izoh (0)