TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi
Moziydan ilhomlangan. Kelajak uchun bunyod etilgan
Koinot doimo yuksaklikka intilish ramzi bo‘lib kelgan. U chorlov, ilhom manbai hamda noma’lumlik sari yo‘ldir. Bugun Toshkent shahrining qoq yuragi — Sodiq Azimov ko‘chasida, o‘tmish orzulari kelajak uchun tamal toshi bo‘ladigan loyiha dunyoga kelmoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida bu yerda Toshkent Mashinasozlik Konstruktorlik Byurosi - koinotni, xususan, Oy va Zuhra sayyorasini o‘rganish uchun qurilmalar yaratuvchi muhandislik markazi joylashgan edi. Ushbu ishlanmalar e’tibordan chetda qolgan bo‘lsa-da, aynan shu maskanda insoniyatga yangi ufqlar ochib beruvchi g‘oyalar dunyo yuzini ko'rdi. Endi ushbu manzil, bu safar yangi, me’morchilik ma’nosida yana kuch-qudrat markaziga aylanmoqda.
Stellar Residence — bu premium ko‘chmas mulkning yangi me’yorlarini yaratayotgan TENET — yangi butik-developerining debyut loyihasidir. Loyihada muhandislik aniqligiga ishora va joy tarixiga ehtirom yaqqol seziladi. Bu nafaqat turar-joy majmuasi, balki puxta o‘ylangan, sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan, estetik jihatdan mukammal makonning yaxlit falsafasidir. Stellar Residence o'z nuqtai-nazaridan qaytmaydigan, keng ko'lamli fikrlashni qadrlaydigan hamda yanada ko'prog'iga intiluvchi insonlar uchun yaratilgan.
Diqqat markazi: infratuzilma va joylashuv
Stellar Residence majmuasi Sodiq Azimov ko‘chasida — Toshkentning tarixiy va madaniy markazida joylashgan. Bu shaharning eng nufuzli joylashuvlaridan biri bo‘lib, unda yerda maqom, qulaylik va boy infratuzilma o'zaro uyg‘unlashgandir.
Yon-atrofida — oliy darajadagi hayot uchun muhim bo‘lgan barchasi bor:
— yetakchi ta’lim muassasalari
— xususiy va davlat kasalxonalari
— supermarketlar, butiklar va ovqatlanish joylari
— yashil bog‘lar va sayr qilish maskanlari
— tadbirkorlik klasterlari va madaniyat obyektlari
Stellar Residence ilhom va dam olish uchun shahar dinamikasi va shaxsiy makon o‘rtasida mukammal muvozanatni taklif etadi.
Yangi shahar hayoti formulasi
Loyihaning me’moriy kompozitsiyasi uchta turar-joy bo'limi, alohida qad rostlagan biznes-markaz va sanoat estetikasida qutulgan besh qavatli tijorat binosini o‘z ichiga oladi. Turar-joy binolarining birinchi qavatlarida shuningdek, tijorat binolari ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular majmua tuzilmasiga uzviy ravishda qo‘shiladi va uning funksionalligini to‘ldiradi. Qavatlar soni 5 dan 17 tagacha bo‘lib, turli xil hayotiy voqeliklarga ega bo‘lgan bo‘lajak rezidentlar uchun ifodali siymoni hamda moslashuvchan ssenariylarni shakllantiradi.
Ko‘p funksiyali majmua shinam yashash, ishlash va dam olish uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklarni o‘zida mujassam etgan:
— turar-joy apartamentlari
— biznes-markaz
— tijorat binolari
— rezidentlar uchun fitnes-room
— xususiy hovli va dam olish joylari
— ikki qavatli bolalar maydonchasi
— ochiq kinoteatr
— uch qavatli yer osti avtoturargohi
Turar-joy qismi 43 dan 210 m² gacha bo‘lgan apartamentlar, shu jumladan shahar manzarasini ochib beradigan o‘z terassalariga ega bo‘lgan penthauslar bilan taqdim etiladi.
Bu yerda barchasi puxta o‘ylangan: chuqur ma'noga ega me’morchilikdan tortib, kundalik hayotning nozik jihatlarigacha.
Birinchilarning vaqti keldi.
Stellar Residence premial majmuasi sotuvi boshlandi. Shahar hayotining yangi darajasini belgilab beruvchi ekskluziv ko‘chmas mulk egalaridan biriga aylaning.
Теlefon: (55) 550-00-00
Manzil: Shahrisabz tor ko’chasi, 2А
Sayt: https://stellarresidence.uz/
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)