O‘zbekistonda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan shaxslar ulushi oshgani ma’lum qilindi.

Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yilda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (uy xo‘jaliklari a’zolari) ulushi 67,8 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan shaxslar ulushi yillar kesimida:
- 2021 yil – 60,9 foiz;
- 2022 yil – 62,3 foiz;
- 2023 yil – 63,7 foiz;
- 2024 yil – 67,8 foiz.
Sportdagi yutuqlar
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘lgan U-17 O‘zbekiston milliy jamoasiga tabrik yo‘llagandi. Prezident finalda to‘qqiz futbolchi shiddatli kurash olib borgani chinakam jasorat va matonat namunasi bo‘lganini qayd etgandi. Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchilar “Kelajak bunyodkori” medali bilan, ularning murabbiysi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
Prezident, shuningdek, O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Jahon chempionati IV divizionida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi.
Izoh (0)