Kanadaning “Toronto” klubi Eldor Shomurodovni tarkibga qo‘shish variantini ko‘rib chiqqan, ammo muzokaralar boshlanmasdan yakunlangan. Bu haqda murabbiy Robin Freyzer ma’lum qildi.

MLSdagi transfer oynasi 23-aprel kuni yopiladi. Freyzerning aytishicha, klub yozgacha boshqa transfer amalga oshirmaydi. Klub Eldordan tashqari, “Sevilya” futbolchisi Suso, “Kolorado”dagi Jonatan Lyuis va Chili terma jamoasi hujumchisi Lukas Assadi bilan ham shartnoma imzolashga harakat qilgan. Ammo bu nomlar bo‘yicha hech qanday aniq qadam tashlanmagan.
MLSda ikkinchi transfer oynasi 24-iyuldan 21-avgustgacha davom etadi. “Toronto” o‘sha payda yuqoridagi nomlar bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘rishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Kanada klubi MLS chempionatining sharqiy qismi 8-turidan keyin 4 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi. Hozirda jamoada Lorenso Insenye hamda Federiko Bernardeski kabi mashhur futbolchilar to‘p tepadi.
Izoh (0)