“Manchester Siti” darvozaboni Ederson Angliya Premyer Ligasining navbatdagi turidagi “Everton”ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jurnalistlarga ma’lum qilgan.

U qachongacha safdan chiqqanini bilmayman, dedi ispaniyalik mutaxassis o‘yindan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
31 yoshli Ederson joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 47 ta gol o‘tkazib yuborgan hamda 9 ta “quruq” o‘yin o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, hozirda “Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasi jadvalida 55 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. 33-turdan o‘rin olgan “Everton”—“Manchester Siti” uchrashuvi, 19-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Izoh (0)