Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi farzandlari kuzatadigan futbolchilar nomini oshkor qildi. Bu haqda All About Argentina nashri o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Bolalarim muxlislik qiladigan futbolchilar? Mbappe, Vinisius, Yamal, Levandovski, Holand, deydi Messi.
Ma’lumot uchun, Messi 2023-yilning yozidan buyon AQSHning “Inter Mayami” klubi sharafini himoya qilmoqda. Shu vaqt ichida u 49 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 42 ta gol va 21 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Lionel Messining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025-yil oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 20 million yevroga baholagan.
Izoh (0)