“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior “Arsenal” darvozasiga klub safidagi 105-golini kiritdi hamda “qaymoqranglilar” tarixida eng ko‘p gol urgan braziliyalik futbolchiga aylandi. Bu haqda Opta nashriga tayanib, Championat xabar bermoqda.

U shu tariqa afsonaviy hujumchi Ronaldo Nazarioga tegishli bo‘lgan 104 ta gollik rekordni yangiladi.
Vinisius o‘zining navbatdagi golini Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o‘yinida “Arsenal” darvozasiga kiritdi (1:2), biroq ikki o‘yin natijalariga ko‘ra “Real” umumiy 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Vinisius barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 20 ta gol va 14 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Izoh (0)