Angliyaning “Ipsvich Taun” klubi hujumchisi Liam Delap yozgi transfer oynasida “Manchester Yunayted”ning asosiy transfer maqsadiga aylangan. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar rahbariyati uchun 22 yoshli futbolchi jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishda eng ustuvor nomzod hisoblanmoqda.
Avvalroq OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, agar “Ipsvich” joriy mavsum oxirida Angliya Premyer Ligasini tark etsa, “qizil iblislar” Delapni 46 million yevro evaziga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, futbolchiga Londonning “Chelsi” klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Delapning “Ipsvich” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali hujumchining hozirgi qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda.
Izoh (0)