Qozog‘istonning Olmaota shahridagi yarim marafonda ikki nafar ishtirokchi halok bo‘ldi. Ulardan biri 84 yoshda, ikkinchisi 21 yoshda bo‘lgan. Bu haqda “Kazinform” nashri xabar berdi.

“Ikki ishtirokchi ham yarim marafonda 21,1 km yugurgan va Olmaotadagi poygalarning doimiy qatnashchisi hisoblangan”, deyiladi tashkilotchilar saytida.
Keksa ishtirokchining sog‘lig‘i birinchi kilometrdayoq og‘irlashgan, ikkinchi vafot etgan shaxs esa 16-kilometrda o‘zini yomon his qila boshlagan. Ularning ikkovi ham tez yordam yetib kelguncha vafot etgan. Aytish joizki, ular tajribali sportchilar edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim sababi o‘pka arteriyasi emboliyasi bo‘lgan.
Izoh (0)