“Team Alpha Male” jamoasi a’zosi, 28 yoshli yengil vazn toifasidagi asli afg‘onistonlik bo‘lgan jangchi Ahmad Hasanzoda (12-3) AQShning Sakramento shahrida voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy tajovuz qilishda gumon qilinib hibsga olindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, jinoyatchi va jabrlanuvchi o‘rtasidagi farq 10 yoshni tashkil qiladi, bu esa ayblov og‘irligini yanada kuchaytirishi aytilmoqda. Shuningdek, Hasanzoda hodisa sodir bo‘lgan paytda spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani va begona uyga kirib jinoyat sodir etgani haqida taxminlar ham mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ahmad UFC bilan o‘tgan yilning kuzida shartnoma imzolagan va 26-aprel kuni o‘zining debyut jangini o‘tkazishi kerak edi. Biroq sodir bo‘lgan voqea sababli uning turnirdagi ishtiroki bekor qilindi.
Kaliforniya shtati joriy yilning mart oyida og‘ir jinoyatlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirgan. Agar Hasanzodaga qo‘yilgan ayblovlar isbotlansa, u 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, qonunga ko‘ra, hatto ayrim holatlarda o‘lim jazosi ham qo‘llanishi mumkin.
Izoh (0)