“Barselona” yozgi transferlar oynasida “Atletik” vingeri Niko Uilyamsni xarid qilishni ko‘zlayotgani haqida xabarlar chiqmoqda. Biroq kataloniyaliklarning bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik bu transferga unchalik qiziqmayapti.

Ispaniyaning El Nacional nashrining yozishicha, Flik klub rahbariyatidan “Bavariya” safida porlayotgan Jamal Musialani qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishni so‘ragan. Murabbiy Uilyams transferi o‘rniga sobiq shogirdi bilan ishlashni afzal ko‘rmoqda.
Ammo Musialani “Barselona” safiga qo‘shib olish ancha murakkab kechishi mumkin. 22 yoshli futbolchi yaqinda “Bavariya” bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Uning transfer narxi ancha yuqori — Transfermarkt portali Musialaning qiymatini 140 million yevro deb baholamoqda.
Taqqoslash uchun, Niko Uilyamsning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi, biroq uning shartnomasida 60 million yevro miqdoridagi tovon puli bandi mavjud.
Izoh (0)