“Manchester Siti” klubi “Barselona”ning 17 yoshli iqtidorli futbolchisi Lamin Yamal uchun rekord darajadagi — 275 million yevrolik taklif bilan chiqdi. Bu haqda Ispaniyaning Fichajes nashri xabar bermoqda. Agar ushbu transfer amalga oshsa, u futbol tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi.

Yamalning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilgacha mo‘ljallangan. Kataloniya klubi futbolchini jamoada ushlab qolishni istasa-da, bu miqdordagi taklif rahbariyatni jiddiy o‘ylantirishi mumkin. Joriy mavsumda hujumchi 43 o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali uning narxini 180 million yevroga baholagan.
Shuningdek, “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa darvozaboni Edersonning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari sababli, uning o‘rniga Portugaliya terma jamoasi va “Portu” klubi posboni Diogu Koshtani olib kelmoqchi. Ederson 2017-yildan beri “Manchester Siti”ning asosiy darvozaboni bo‘lib, APLda bir necha bor chempionlikni qo‘lga kiritgan hamda 2023-yilda Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan.

Diogu Koshtaning “Portu” bilan shartnomasi 2027-yilgacha amal qiladi. “Manchester Siti” rahbariyati yozgi transfer oynasida uni 50 million yevroga qo‘lga kiritish mumkinligiga ishonmoqda.
Izoh (0)