Angliyaning “Manchester Siti” klubi “River Pleyt” safida porlayotgan 17 yoshli iqtidor egasi Franko Mastantuononi xarid qilish niyatida. Bu haqda taniqli jurnalist Martin Liptonga tayanib Euro-Football nashri xabar berdi.

Mastantuono uzoq vaqtdan beri Yevropaning top klublari “radarida” bo‘lib turibdi. Biroq “River Pleyt” futbolchini qo‘yib yuborish uchun 45 million yevroga yaqin tovon puli talab qilmoqda, bu esa ko‘plab xaridorlarni ortga chekinishga majbur qilgan. Shunga qaramay, “Manchester Siti” aynan shu banddan foydalanishga tayyor ekani aytilmoqda. Sababi pozitsiyasi hujumkor yarim himoyachi bo‘lgan futbolchini shaxsan “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola olib kelishni istamoqda.
Yosh iqtidor egasining klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning qiymatini 15 million yevro deb baholamoqda.
Franko Mastantuono joriy mavsumda “River Pleyt” safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Izoh (0)