O‘zbekiston Superligasida 6-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. “Daryo” nashriga ko‘ra, ushbu turning ramziy terma jamoasini taqdim etamiz.

Hafta jamoasidan Farg‘onada 4:0 hisobida g‘alaba qozongan “Paxtakor” jamoasidan 3 nafar futbolchi joy oldi. Shuningdek, “So‘g‘diyona”ga qarshi bahsda qiyin g‘alabaga erishgan “OKMK” klubidan ikki futbolchi kiritildi. Garchi Olmaliq klubiga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, jizzaxliklarning ikkita goliga mualliflik qilgan Lyupcho Doriyev ham haftaning eng kuchli 11 futbolchisi qatoriga kiritildi.
“Buxoro”ni taslim etgan “Nasaf”ning ikki a’zosi, Toshkentda “Bunyodkor”dan ilk marta ochko olishni uddalagan “Xorazm”dan ikki futbolchi hamda safarda “Andijon”ni mag‘lub etishda katta ishni bajargan “Dinamo”ning bir nafar futbolchisi ramziy jamoaga kiritildi.
“Daryo” talqiniga ko‘ra O‘zbekiston Superligasi hafta jamoasi:
Darvozabon: Sardor Qobuljonov (“Xorazm”);
Himoyachilar: Igor Golban, Stefan Cholovich (ikkisi ham “Nasaf”), Vladimir Bubanya (“Xorazm”), Ulug‘bek Abdullayev (“Dinamo”);
Yarim himoyachilar: Xurshid G‘iyosov, Asad Sobirjonov (ikkisi ham “OKMK”), Umar Adhamzoda (“Paxtakor”), Lyupcho Doriyev (“So‘g‘diyona”);
Hujumchilar: Igor Sergeyev, Brayan Riaskos (ikkisi ham “Paxtakor”).

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Superligasida 7-tur uchrashuvlari 25-aprel kuni boshlanadi.
Izoh (0)