Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrini o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar berdi.

Biroq futbolchining o‘zi klubini o‘zgartirish niyatida emas. Ma’lumki, Rodri joriy mavsumda jiddiy jarohat tufayli deyarli butun mavsumni o‘tkazib yubordi. U bor-yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hozirda u sog‘lig‘ini tiklash bilan shug‘ullanmoqda. Madridliklar esa uning atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi, agar imkon tug‘ilsa, uni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi.
Shunga qaramay, Rodri futbol olamida katta e’tirofga sazovor bo‘lgan. U Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, amaldagi “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi.
Futbolchining “Manchester Siti” bilan tuzgan shartnomasi 2027-yil 30-iyungacha amal qiladi. Uning transfer narxi esa 130 million yevro deb baholanmoqda.
Izoh (0)