Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Samarqand shahriga keldi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazadi. Sergey Lavrov 22-aprel kuni Samarqandga yetib kelgandi.
23-aprel kuni u O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov bilan uchrashib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Vazirlik vakili Mariya Zaxarova Muzokaralar chog‘ida vazirlar xalqaro masalalar, mintaqaviy xavfsizlik, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Markaziy davlatlar hamdo‘stligi va “Markaziy Osiyo—Rossiya” doirasidagi hamkorlikka e’tibor qaratilishini, G‘alabaning 80 yilligini nishonlashga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilinishini aytgandi.
Kunning ikkinchi yarmida turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Yetakchilar muzokaralar o‘tkazishi va qator tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)