Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga bir vaqtning o‘zida bir nechta APL grandlari qiziqish bildirmoqda. Xususan, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” hamda “Chelsi” Rodrigo uchun kurashga qo‘shilgan.
Londonliklar raqiblarini ortda qoldirish uchun allaqachon futbolchi transferi bo‘yicha taklif tayyorlagan. “Ko‘klar” Rodrigo uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Rodrigoning “Real” bilan shartnomasi 2028-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining narxini 100 million yevroga baholamoqda. Futbolchi joriy mavsum Ispaniya La Ligasi doirasidagi 29 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Izoh (0)