21-aprel kuni Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tayotgan Laureus World Sports Awards – 2025 taqdirlash marosimida “Real Madrid” jamoasi “Yil jamoasi” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Bu haqda Championat nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, madridliklar mazkur sovrin uchun kurashda bir necha mashhur jamoalarni ortda qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ushbu mukofot uchun quyidagi jamoalar ham da’vogar bo‘lgan:
• AQSHning “Boston Celtics” basketbol klubi;
• Ispaniyaning ayollar futbolidagi “Barselona” jamoasi;
• Buyuk Britaniyaning “McLaren” avtosport jamoasi;
• Ispaniya erkaklar futbol milliy jamoasi;
• AQSH erkaklar basketbol terma jamoasi.
Laureus mukofoti nominatsiyalari short-listlari dunyoning 70 dan ortiq mamlakatidan 1000 dan ziyod sport OAV vakillari tomonidan berilgan ovozlar asosida shakllantiriladi. G‘oliblarni esa Laureus Butunjahon sport akademiyasi aniqlaydi.
Izoh (0)